2.3. Dendrobatsillin, lepidotsid preparatlarining qishloq xo’jaligida qo’llanilishi
Dendrobatsillin. Paxtachilikda denrdrobatsillin, 30 mlrd. Spora/gr preparati keng qo’llanilgan. Keyinchalik preparatning tarkibida 60 va 100 mlrd. spora/ gr bo’lgan formalari ham ishlab chiqarilgan. Bu preparat sporali kristall hosil qiluvchi bakteriya- Bacillus thuringiensis subsp. dendrolimus (sotto) ning IV serotipi asosida ishlab chiqariladi. U kulrang kukin bo’lib, asosan sporalar va inert to’ldirgichlardan tashkil topgan. Dendrobatsillinning preparat formalari, zararkunanda turlari va ekinlarga qarab, gektariga 0,8 dan 4 kg ga qadar qo’llanilib, yer mexanizmlari yoki aviatsiya yordamida, gektariga 100- 200 l suspenziya holida purkaladi. Dendrobatsillin qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari hisoblangan tangachaqanotlilardan karam kuyasi, karam oq kapalagi va boshqa zararkunandalarga qarshi ham qo’llaniladi.
Asosan bu preparatlar paxtachilikda ko’p qo’llaniladi. Chunki bu mikrobiopreparatning ahamiyati juda katta bo’ladi, ular qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalari hisoblangan ayniqsa, har xil kapalaklariga nisbatan kurash choralari olib boriladi.
Lepidotsid. P (BA- 300 EA/mg). Preparat Bt subsp. Kurstaki spora va kristallari asosida yaratilgan. XX asrning 80- yillari laboratoriya sharoitida un parvonasi epizootiyasi davrida E.R. Zurabova kasallangan qurtlardan Bacillus thuringiensis subsp. Kurstakining Z- 52 shtammini ajratgan. Preparat dastlabki shaklining konsentratsiyasi 100 mlrd. spora/gr titridan iborat bo’lgan. Bu bakteriyaning boshqa kenja turlaridan farqi- subsp. Kurstaki 1 spora hisobidan 2-5 kristall endotoksin hosil qilishdir. Bu preparat g’o’za va boshqa ekinlar hamda mevali va manzarali daraxtlar barg kemiruvchi kapalaklar qurtlariga qarshi qo’llash uchun tavsiya etilgan. Lepidotsid g’o’zada ko’sak qurtiga qarshi gektariga 1 kg normada, 200 l suyuqlik sarflangan holda, 1980- 1985- yillari sinab ko’rilgan. Bunda uning biologic samaradorligi 85- 90 % ga yetadi.
Uning stabillangan, titri 70 mlrd spor/gr bo’lgan yangi kukun formasi 1990- yili M.V. Shternshis va E.R. Zurabova hamkorligida yaratilgan. Yangi preparat formasining farqi- tarkibidagi kaolin suvda eruvchi ingredient bilan to’liq almashtirilganidir. U konsentrlangan lepidotsiddan uzoq muddat saqlanishi bilan ham farqlanadi.
Lepidotsid, SK (BA-300 EA/mg). Lepidotsidning Berd biopreparatlar zavodida ishlab chiqilgan yangi, suyuq preparativ shakli suspenzion konsentar 1999- yili RF davlat katalogiga kiritilgan. Bu preparat shaklining afzalligi zamonaviy texnik vositalar UQXP (UMO, aerozol generator) yordamida suspenziya holida qo’llanilishidir. Preparat kara, olma, tok va boshqa o’simliklar tangachaqanotli zararkunandalariga qarshi kurash uchun mo’ljallangan.
Lepidobaktotsid, J. Preparat asosini 200 EA/mg titrli, biologik faol Bt subsp.kurstaki spora kristallari kompleksi tashkil qilgan. Preparat bargli va ignabargli daraxtlarning tangachaqanotli zararkunandalariga qarshi kurashda tavsiya etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |