1.2§ Dorivor o’simliklar seleksiya, urug’chiligi va agrotexnologiyasi labaratoriyasi xaqida O’simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot institutida qoshida Dorivor o’simliklar seleksiyasi, urug’chiligi va agrotexnologiya laboratoriyasi tashkil etildi.
Hozirgi kunda mazkur laboratoriyada 4670 sonli qarorda keltirilgan 50 ta yetishtirilishi kerak bo’lgan dorivor o’simliklarni 6 ta turi va introduksiya qilinayotgan xamda farmasevtika sanoatida xom ashyoga talab yuqori bo’lgan dorivor o’simliklar ekib ularni agtotexnikalari ilmiy asosda o’rganilmoqda.
1.2.1 jaddval Dorivor o’simliklarni seleksiyasi, urug’chulugi va agrotexnologiyasi laboratoriyasiga ekib o’stirilayotgan dorivor o’simliklar ro’yxati.
Dorivor o’simliklar seleksiyasi, urug’chiligi va agrotexnologiya laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar asosida dorivor o’simliklarda fenologik kuzatuvlar va ularningg maqbul variantlarini tanlash hamda agrotexnik tadbirlarni dorivor o’simliklarga qo’llash muddatlari tajribalar asosida aniqlanmmoqda. Dorivor valariana introduksiya qilingan hudud O’rmon yerlari bo’lganligi uchun ularni soya yerda o’stirish va sug’orishnni ishlarini o’simlik tabiiy tarqalgan hududdagi namlikni usghlab turish uchun xam bir muncha ishlar qilindi.
Dorivor o’simliklarni yetishtirishda asosiy e’tibor berish kerak bo’lgan jixati ularning tarkibidagi biofaol moddaning miqdori va to’planish dinamikasi hisoblanadi.
Bir turdagi dorivor o’simlik turli tuproq iqlim sharoitida yetishtirilsas tarkibidagi baofaol modda miqdori xam tabiiyki xar xil bo’ladi. Masalan: Shimoliy iqlim mintaqalaridagi sorivor o’simliklar tarkibida Vitamin C miqdori shu turning Janubiy xududlarda tarqalgan dorivor o’sinliklar tarkibidan ancha yuqori bo’ladi. Tarkibida flavonoidlar saqlaydigan dorivor o’simliklar esa aksincha Janubiy xududlarda ko’proq to’planishi aniqlangan bunda dorivor o’simliklarni tuproq iqlim sharoitlaridan kelib chiqib mabul joy tanlash juda muhim.
Dorivor o’simliklarni yetishtirishda tajriba maydonida Quyosh nuri kamroq tushadigan yoki daraxtlar orasiga namlikni ko’p talab qiladigan o’simliklar, namlikni kamroq talab qiladigan o’simliklar esa ochiq dalaga ekish va tajribani shu asosda amalga oshirishga alohida e’tibor berilgan va natijalar olinmoqda.