O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Muddatlarni hisoblash asoslari va tartibi



Download 209,94 Kb.
bet49/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Muddatlarni hisoblash asoslari va tartibi
FKning 145-moddasiga muvofiq muddatlar aniq kalendar sana (masalan, 2014 yil 3 noyabrda yoki 2014 yil 3 noyabrdan yoxud 2015 yil 3 maygacha) bilan, vaqt davrlari: yillar (masalan, uy-joy besh yil ijaraga berilishi mumkin), oylar (masalan, pudrat shartnomasiga koʻra, pudratchi olti oy ichida ishning natijasini topshirishi lozim), haftalar (masalan, fuqaro bilan besh hafta mobaynida sut yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi mumkin), kunlar (fuqaro bilan besh kun mehmonxonada yashash toʻgʻrisida shartnoma tuziladi), soatlar (masalan, katamaran bir soatga prokatga beriladi) bilan belgilanadi.
Shu bilan birga muddat muqarrar yuz berishi kerak boʻlgan voqeani koʻrsatish bilan ham belgilanishi mumkin (masalan, umrbod renta shartnomasining muddati renta oluvchi yoki u koʻrsatgan shaxs hayot boʻlgan davrgacha tuziladi). Muqarrar yuz berishi kerak boʻlgan voqea bilan belgilanadigan muddatlar shartnomalar, bitimlarda foydalaniladigan hodisalardan farq qilib, bunda fuqarolik-huquqiy munosabati ishtirokchilari voqea roʻy berishining aniq vaqtini bilmaydilar. Masalan, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasining muddati boshqa shaxsga beruvchi vafotiga qadar davom etadi. Garchi boshqa shaxsga beruvchi fuqaroning vafot etishi muqarrar yuz berishi kerak boʻlgan voqea hisoblansada, uning qachon roʻy berishi aniq boʻlmaydi.
Muddatlar belgilanishi va hisoblanishiga koʻra ikki turga boʻlinadi: oʻrnatilgan vaqt davrlari (yillar, oylar, haftalar va shunga oʻxshash) bilan belgilanadigan muddatlar va aniq payt (toʻlovni amalga oshirish kuni, ishni bajarishning aniq sanasi) bilan belgilanadigan muddatlar. Odatda, aniq payt bilan belgilanadigan muddatlar vaqt oraligʻi bilan belgilanadigan muddatlar kabi oʻtishi boshlanmaydi, faqatgina belgilangan paytdagina uning oʻtishi boshlanadi va ularni boshlanish vaqtini aniqlash hech qanday qiyinchilik tugʻdirmaydi. Shu bilan birga hisoblash qiyinchilik tugʻdirmaydigan holatlardan yana biri boshlanishi va tamom boʻlishi aniq kalendar sana bilan belgilanadigan muddatlar (masalan, televizorni 1 iyundan 1 oktyabrgacha prokatga olish) yoki soatlar bilan hisoblanadigan muddatlar (bu muddatlar shartnomada belgilangan paytdan boshlanadi va soatlar bilan hisoblanadi. Masalan, qayiq prokatga berilgan paytdan boshlab soatlar bilan hisoblanadi yoxud kunlar bilan hisoblanadigan muddatlar. Bunda tegishli huquqiy munosabat shartlariga koʻra hamma kunlar, shu jumladan muddatlar boshlanishining birinchi kuni ham hisoblanishi lozim. Masalan, fotoapparat dushanba kuni besh kunga prokatga berildi va agar toʻlov hamma kun uchun, shuningdek fotoapparat berilgan kun uchun amalga oshirilsa, muddat chorshanba kuni tamom boʻladi.
Bu muddatlarni hisoblash vaqt oraligʻi hisoblanishini nazarda tutmaydigan hollarda muddatning birinchi kuni ham yillar, oylar, haftalar va hatto kunlar bilan belgilanganda qiyinchilik tugʻdiradi.
FKning 146-moddasi umumiy qoida tarzida vaqt davri bilan belgilangan muddat kalendar sanadan keyingi yoki uning boshlanish kuni deb belgilangan voqea yuz berganidan keyingi kundan oʻta boshlashini belgilaydi. Masalan, pudrat shartnomasiga muvofiq ishning natijasini qabul qilish uchun besh kunlik muddat belgilangan boʻlsa, bu muddat ish bajarilishi toʻgʻrisida buyurtmachi ogohlantirilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi. Bunda ishning natijalarini qabul qilib olish toʻgʻrisida buyurtmachi 17 may kuni ogohlantirilsa, muddatning oʻtishi 18 maydan boshlanadi va 22 may kuni tamom boʻladi. Ushbu qoida muddatlarni hisoblashning aniq tartibini belgilab beradi. Uning ahamiyati shundaki, kalendar boʻyicha yilning boshlanishi va tamom boʻlishi belgilangan vaqtga mos kelmasligi mumkin, ya’ni 1 yanvar va 31 dekabr. Aynan shu holat oylar va haftalar bilan hisoblanadigan muddatlarga ham taalluqlidir. Bunday holatda yillar, oylar va haftalar bilan hisoblanadigan muddatlarga boshlanishi va tamom boʻlishi taraflar uchun maqbul boʻlmagan kunga toʻgʻri kelishi bu esa oʻz navbatida muddatning oxirgi kunini aniqlashda qiyinchilik tugʻdiradi. Masalan, ijara shartnomasi 12 fevral kuni tuzildi va velosiped uch oylik muddatga ijaraga berildi. Agar FKning 146-moddasi mavjud boʻlmaganida edi bu muddatning boshlanishi va tamom boʻlishini aniqlash qiyinchilik tugʻdirardi. Bunday muddatning boshlanishi 1 fevral deb hisoblanishi, 1 mart deb ham hisoblanishi, uning tamom boʻlishi esa, 30 aprel deb yoki 31 may deb hisoblanishi mumkin boʻlardi. FKning 146-moddasi qoidalariga muvofiq esa, belgilangan uch oylik muddat kalendar sanasidan keyingi kundan ya’ni, 13 fevraldan oʻta boshlaydi va 13 may kuni tamom boʻladi.
Vaqt davri bilan belgilangan muddatning tamom boʻlish paytini aniqlash ham fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. FKning 147-moddasiga muvofiq, yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom boʻladi. Masalan, uch yillik umumiy da’vo muddati 2000 yil 21 fevralda boshlangan boʻlsa, 2003 yil 21 fevralda tamom boʻladi. Agar muddat kabisa yilining soʻnggi kuni 29 fevralda boshlangan boʻlsa, unda muddat tegishli yilning tegishli oyining soʻnggi kunida ya’ni 28 fevralda tamom boʻladi.
Yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qoʻllaniladi (FKning 147-moddasi, 2-qismi). Bunda yarim yil sifatida oltinchi oyning soʻnggi kuni muddat tamom boʻlish payti hisoblanadi. Masalan, 3-may kuni boshlangan yarim yillik muddat 3-noyabr kuni tamom boʻladi. Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar tatbiq etiladi. Bu holatda yil choragi uch oyga teng deb hisoblanadi, yil choragining hisobi esa, yil boshidan yuritiladi. Masalan, FKning 520-moddasiga muvofiq doimiy renta yilning har bir choragi tugashi bilan toʻlanadi. Agar renta toʻlash 2003 yil boshlangan boʻlsa, doimiy renta 2003 yil 31 mart kuni yoki FKning 520-moddasi talablariga koʻra 31 martdan keyingi kuni 1 aprelda toʻlanishi lozim.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oxirgi oydagi tegishli kunida tugaydi. Masalan, 15 mayda boshlangan 2 oylik muddat 15 iyulda tamom boʻladi. Agar tegishli muddatda tegishli kun mavjud boʻlmasa, unda shu oyning soʻnggi kuni muddatning tamom boʻlish kuni hisoblanadi. Masalan, 31 may kuni boshlangan muddat qoida boʻyicha 31 iyunda tugashi lozim. Lekin iyun oyining 31 sanasi mavjud emas. Shu munosabat bilan bu muddat 30 iyun kuni tamom boʻladi. Yarim oy deb belgilangan muddatga kunlar bilan hisoblanadigan muddat deb qaraladi va bu muddat 15 kunga teng boʻladi.
Haftalar bilan oʻlchanadigan muddat shu muddatning oxirgi haftasidagi tegishli kunda tugaydi. Masalan, ikki haftalik muddat haftaning chorshanba kuni boshlangan boʻlsa, ushbu muddat oʻta boshlaganidan soʻng, ikkinchi chorshanbada tamom boʻladi va bunda aniq sanalarga qaraganda hafta kunlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Muddatning oʻtishi fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelishiga, oʻzgarishiga va tamom boʻlishiga ta’sir koʻrsatadi. Bunda vakolatli shaxsning yoki qarzdorning biror bir harakatning amalga oshirishi yoki oshirmasligi ahamiyatga ega emas. Chunki, muddatning oʻtishi bilan yuridik oqibat oʻz-oʻzidan kelib chiqadi. Koʻpchilik holatlarda muddatlar tegishli xatti-harakatni, huquq yoki majburiyatni belgilash maqsadida amalga oshirishga qaratiladi (masalan, merosni qabul qilib olish muddati, qarzni qaytarish muddati, ijaraga berilgan mulkni qaytarib olish muddati va h.k. ).Bunday holatlarda nafaqat muddatning oxirgi kuni balki, tegishli kunda amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatni bajarish vaqti ham koʻrsatilishi kerak boʻladi (FKning 148-moddasi).

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish