O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Fuqarolik huquqlarini himoya qilish



Download 209,94 Kb.
bet11/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Fuqarolik huquqlarini himoya qilish
Odatda normal fuqarolik muomalasi nafaqat fuqarolik-huquqiy munosabat subyektlarining subyektiv huquqlarini amalga oshirish balki, ularni ishonchli himoyasi orqali ham namoyon boʻladi. Fuqarolik 55

huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish faqatgina huquqiy choralarni qoʻllash bilan cheklanmaydi. Uning uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga yoʻnaltirilgan siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa harakterdagi choralar ham mavjud.


Fuqarolik huquqlarini himoya qilish fuqarolik huquqi nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri sanaladi.
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish qonunda belgilangan doirada ya’ni himoyaning ma’lum bir shakl, usul va vositalarini qoʻllagan holda amalga oshiriladi. Fuqarolik huquqlarining himoya qilish shakli deganda, fuqarolik huquqlar hamda qonuniy manfaatlarni himoya qilishdagi tashkiliy chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Fuqarolik huquqlarining himoya qilishning ikki – yurisdikstiyaviy (sud orqali) va noyurisdiksiyaviy (sudsiz) shakllari mavjud.
Himoyaning yurisdikstiyaviy shakli buzilgan yoki nizoli huquqlarni himoya qilishda vakolatli davlat organlarining faoliyatida namoyon boʻladi. Uning mohiyati shundaki, huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxs oʻz huquqlarini tiklash uchun vakolatli davlat organiga murojaat etadi.
Asosan buzilgan fuqarolik huquqlari protsessual qonunlarda yoki shartnomada belgilab qoʻyilganidek, ishlar qaysi sudlovga taalluqli boʻlishiga qarab, sud, xoʻjalik sudi yoki hakamlik sudi tomonidan himoya qilinadi. Zero Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oʻninchi bobida koʻrsatilishicha, “davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. Har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari va mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi”.
Yurisdikstiyaviy shakl oʻz navbatida buzilgan huquqlarni himoya qilishning umumiy va maxsus tartiblariga ega. Umumiy qoidalarga koʻra fuqarolik huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sud tartibida amalga oshiriladi. Fuqarolik-huquqiy nizolarning asosiy qismi fuqarolik sudlariga toʻgʻri keladi. FPKning 31-moddasiga muvofiq fuqarolik sudlarga taraflardan hech boʻlmaganda bittasi fuqaro boʻlgan nizolarga doir ishlar (qonunda bunday nizolarni hal qilish xoʻjalik sudi yoki boshqa organlarga topshirilgan hollar bundan mustasno) FPKning 279-moddasida sanab oʻtilgan alohida tartibda koʻriladigan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar, fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni oʻlgan deb e’lon qilish toʻgʻrisidagi ishlar, fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlar, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlar, taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, ular boʻyicha huquqlarni tiklash toʻgʻrisidagi ishlar (chaqirib ish yuritish) hamda qonun bilan sudlarning vakolatiga berilgan boshqa ishlar taalluqli boʻladi.
Xoʻjalik sudlari tomonidan XPKning 23-moddasi talablariga muvofiq, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir, tashkilotlar va yakka tadbirkorlarning huquqlari vujudga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash, bankrotlik va boshqa ishlar koʻriladi.
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, ba’zilari xoʻjalik sudiga, boshqalari esa umumiy yurisdikstiya sudiga taalluqli boʻlgan bir necha talab birlashtirilgan taqdirda, hamma talablar umumiy yurisdikstiya sudida koʻrilishi kerak.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida vujudga keluvchi xoʻjalik nizolarini hal etishda agar taraflarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish uchun topshirish haqidagi kelishuvi – hakamlik bitimi mavjud boʻlsa nodavlat organ hisoblangan hakamlik sudlari ishni koʻrib hal qiladi.
Sud himoyasining asosiy vositasi da’vo hisoblanadi. Da’vo deb huquqni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatning himoya qilinishi toʻgʻrisida sudga yoki boshqa vakolatli tashkilotga murojaat etishga aytiladi. Ba’zi bir holatlarda sud himoyasining vositasi ariza va shikoyatlar ham hisoblanadi.
Fuqarolik huquqlari va qonuniy manfaatlarni himoya qilishning maxsus tartibi ma’muriy tartibdagi himoya hisoblanadi. Bu umumiy qoidadan istisno sifatida ya’ni qonunda bevosita koʻrsatilgan hollardagina qoʻllaniladi. Ma’muriy tartibdagi fuqarolik huquqlari va qonuniy manfaatlarni himoya qilishning vositasi bu shikoyatdir. U huquq buzilgan shaxs tomonidan tegishli vakolatli davlat organiga beriladi. Ba’zi bir holatlarda qonunga muvofiq holda aralash ya’ni ma’muriy – sud tartibidagi himoya usullari ham qoʻllaniladi. Bunda sudga da’vo bilan chiqishdan oldin huquqi buzilgan shaxs sudga shikoyat bilan murojaat qilishdan oldin davlat boshqaruv organiga chiqishi lozim boʻladi. Bularga patent bilan bogʻliq nizolar, boshqaruv doirasidagi huquq buzarliklarni hal qilish kabilar kiradi. Fuqarolik huquqlari va qonuniy manfaatlarni himoya qilishning noyuridik shakli davlat va boshqa vakolatli organga murojaat etmasdan huquqi buzilgan shaxsning oʻzi mustaqil, oʻz xohishi bilan harakat qilishi tushuniladi.
Biroq bunda himoya ma’lum shartlar asosida amalga oshirilmogʻi lozim. Ular FKning 13-moddasida nazarda tutilgan. Unga asosan shaxsning oʻzi tomonidan fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari huquqni buzish darajasi bilan baravar boʻlishi hamda huquqni buzishga yoʻl qoʻyish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi lozim. Masalan, iste’molchi oʻziga sotilgan nuqsonli tovarni ushlab qolib, yetkazilgan zarar va neustoyka toʻlanmaguncha qaytarib bermaslikka haqli. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari deganda qonun tomonidan mustahkamlangan majburiy tusdagi moddiy-huquqiy choralar tushuniladi. Ushbu choralar yordamida buzilgan (nizolashayotgan) huquqlarni tiklash va huquqbuzarga muayyan ta’sir oʻtkazish amalga oshiriladi. Ularning umumiy roʻyxati FKning 11-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan. Ular quyidagilardan iborat:
1) huquqni tan olish (masalan, asarning, birov tomonidan oʻzlashtirilib nashr etilgani toʻgʻrisida nizo boʻlgani holda, shu asarga nisbatan mualliflikni tan olish);
2) huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tugʻdiradigan harakatlarning oldini olish (masalan, mulk egasi oʻz mulkidan foydalanish huquqining har qanday ravishda buzilishini bartaraf etish va kelgusida mulkdan foydalanishda xalaqit bermaslik majburiyatini buzuvchi shaxsga yuklash);
3) bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash(FKning 116-125-moddalari talablariga asosan, bitim haqiqiy emas deb topiladi. Haqiqiy boʻlmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq boʻlgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir. Bitim haqiqiy boʻlmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim boʻyicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha (shu jumladan olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki koʻrsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin boʻlmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan boʻlmasa, uning qiymatini pul bilan toʻlashi shart);
4) davlat organining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish (Bu himoya usuli fuqarolik qonun hujjatlariga yangi kiritilgan usullardan biri boʻlib hisoblanadi. Fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzadigan, fuqaroning oʻz huquqlari va erkinliklarini roʻyobga chiqarishiga monelik tugʻdiradigan hamda fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majburiyat yuklatilishiga sabab boʻlgan xatti-harakatlar vujudga keltiruvchi turli hujjatlari (qarorlari) shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqini vujudga keltiradi. Bunday hujjatlarni haqiqiy emas deb topish sud tartibida amalga oshiriladi. );
5) shaxsning oʻz huquqlarini oʻzi himoya qilishi (mazkur usul noyurisdikstiyaviy usul hisoblanib, oʻz huquqini himoya qilayotgan shaxsdan himoyaviy chora-tadbirlarni qonun talablariga muvofiq amalga oshirishni talab etadi. Bu holatda oxirgi zarurat va zaruriy mudofaa chegaralaridan chetga chiqmaslik, uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlariga putur yetkazmaslik shart, ya’ni FKning 13-moddasi talablariga muvofiq, fuqarolik huquqlarini shaxsning oʻzi himoya qilish usullari huquqni buzishga mutanosib boʻlishi hamda huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak);
6) burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish (masalan, sotilgan ashyo sotuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda topshirilmaganida uning oluvchisiga majburiy tarzda olib berish);
7) zararni toʻlash (shaxs huquqi buzilganligi tufayli koʻrgan zararini toʻla qoplanishini talab qilishi qonun bilan kafolatlanadi. Zararlarni qoplash buzilgan huquq va manfaatlarni uni buzishda aybdor boʻlgan shaxs hisobiga tiklashdir. Majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda kreditorga yetkazilgan zararni toʻlash majburiy hisoblanadi);
8) neustoyka undirish (neustoyka (jarima va penya) majburiyatlarni oʻz vaqtida, lozim darajada bajarilishini ta’minlaydigan muhim usullardan biridir. U qonunda yoki shartnomada oldindan belgilangan taraflarga ma’lum boʻlgan va majburiyatlar bajarilmay qolganda toʻlanishi lozim boʻlgan huquqiy chora sifatida namoyon boʻladi);
9) ma’naviy ziyonni qoplash (huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) oqibatida jabrlanuvchining boshidan kechirgan ma’naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy ogʻriq, zarar koʻrish, noqulaylik va boshqa) azoblar ma’naviy ziyon hisoblanib, bu azoblarning xususiyati ziyon yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi hamda pul bilan qoplanadi);
10) huquqiy munosabatni bekor qilish yoki oʻzgartirish;
11) davlat organining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qoʻllamasligi;
12) qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar.
Shaxs oʻz buzilgan huquqi yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida vakolatli organga murojaat qilganda yuqoridagi usullardan biri yoki bir nechasini qoʻllashni soʻrab murojaat etadi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish