O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Fuqrolik huquqiy munosabat elementlari



Download 209,94 Kb.
bet8/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Fuqrolik huquqiy munosabat elementlari
sub’yektlar
ob’ektlar
mazmuni
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning turlari (tasnifi) qarolik-huquqiy munosabatlar mazmunan bir necha turga bo‘linadi:
1) Mulkiy harakterdagi va mulkiy harakterda bo‘lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar. Mulkiy harakterdagi munosabatlar deganda, muayyan moddiy-iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, masalan, mol-mulk bo‘yicha belgilanadigan, oldi-sotdi, ijaraga qo‘yish va boshqacha shaklda bir subyektdan boshqasiga o‘tkazish, umuman mulkiy muomala bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar anglashiladi.
Mulkiy harakterda bo‘lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar shaxs (fuqarolar va yuridik shaxslar)ning o‘zi bilan bevosita uzviy bog‘liq bo‘lgan, o‘z sohibidan, egasidan begonalashtirilishi va birovga o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy huquqlar, chunonchi, shaxsning o‘z asariga nisbatan mualliflik nomiga bo‘lgan huquq , sha’ni, qadr-qimmati va boshqa shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlardan iborat.
2) Mutlaq (absolyut) va nisbiy huquqiy munosabatlar. Mutlaq huquqiy munosabatlarda subyektiv huquq egalari o‘z huquqlarining buzilmasligini, ularga rioya qilinishini har kimdan va hammadan talab qila oladilar. Mutlaq huquqlar1 nomuayyan doiradagi shaxslar tomonidan buzilishi mumkin bo‘lgani sababli har kimdan qo‘riqlanadi. Bunday huquqlarga mulk, mualliflik huquqlari, shaxsiy huquqlar va shu kabilar kiradi. Nisbiy huquqiy munosabatlarda esa faqat bir subyekt (yoki subyektlar)gina huquq yoki majburiyat oladi. Nisbiy huquqlar zimmasida majburiyat yuklangan ma’lum shaxs (yoki shaxslar)ga nisbatangina kuchda bo‘ladi. Shartnomalarga asoslangan barcha fuqarolik huquqlari nisbiy huquqlar hisoblanadi. Nisbiy huquqlarga asoslangan talablarga rioya qilishi, majburiyatlarning bajarilishi, qarzga olingan pulning to‘lanishi bo‘yicha o‘z zimmasiga shartnoma asosida majburiyat olgan subyektlardangina talab qilish mumkin bo‘ladi.
3) Mulkiy huquqiy munosabatlar. Mulkiy huquqiy munosabatlar moddiy harakterga ega hamda ashyolarni, mol mulklarni egallash, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishga shuningdek, ular bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni amalga oshirishga qaratiladi. Mulkiy huquqiy munosabatlarda ushbu huquq sohibi bo‘lgan subyektlar boshqalarni 49

qo‘llab-quvvatlashi va ruxsat berishlariga yoki boshqacha ijobiy harakatlariga muhtoj bo‘lmay o‘z huquqlarini o‘zlari bevosita amalga oshirish va ro‘yobga chiqarish imkoniyatlariga egadirlar. Demak, bunday huquqiy munosabatlar mutloq (absolyut) huquqiy munosabatlardir.


Ulardan farqli ravishda majburiyat munosabatlari nisbiy harakterga ega bo‘lib zohiran olganda majburiyat munosabatlarining aksariyat ko‘pchiligi mulkiy harakterga ega (ba’zi hollarda majburiyat munosabatlari shaxsiy harakterga ega bo‘lishi istisno etilmaydi). Odatda, majburiyat munosabatlari fuqarolik huquqi subyektlari tomonidan o‘z huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish jarayonida vujudga keladi. Masalan, fuqaro tomonidan oldi-sotdi shartnomasi asosida kiyim-kechak harid qilish, mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kapital qurilish shartnomasi asosida o‘z ofisini qurish to‘g‘risida qurilish tashkiloti bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishishi.
Majburiyat munosabatlarining ba’zilari shartnoma bilan bog‘liq bo‘lmasdan balki, zarar yetkazish (delikt) yoxud mol-mulkni asossiz olish yoki tejash bilan bog‘liq munosabatlar (kondikt) bo‘lib hisoblanishi mumkin.
4) Korporativ munosabatlar. Bozor munosabatlari tizimida fuqarolik huquqiy munosabatlarni o‘ziga xos turi korporativ huquqiy munosabatlar paydo bo‘ldi. Korporativ huquqiy munosabatlar o‘z harakteriga ko‘ra tashkiliy, mulkiy va majburiyat huquqiy harakterga ega bo‘lishi mumkin. Korporativ munosabatlar deganda – tijorat yuridik shaxslari, ishtirokchilari, muassislari, mulkdorlarini tijorat yuridik shaxsni tashkil etish, ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, mol-mulkini shakllantirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish, amalga oshirish, tugatish, qayta tashkil etish bo‘yicha o‘zaro bir-birlari bilan, tijorat yuridik shaxsi bilan, tijorat yuridik shaxsi tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligini amalga oshirish bo‘yicha tarkib topadigan munosabatlar majmui hisoblanadi.
Korporativ huquqiy munosabatlar odatda ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan tijorat yuridik shaxsi tashkil etilganda vujudga keladi. Tijorat yuridik shaxsi ishtirokchilarini turli yig‘ilishlar o‘tkazish, bir birlari bilan individual va guruh uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlari, tashkiliy-huquqiy munosabatlar bo‘lib hisoblanadi. Tijorat yuridik shaxsi ishtirokchilarini ustav fondini shakllantirish, molm mulk qo‘shish bo‘yicha munosabatlari mulkiy munosabatlar hisoblanadi. Tijorat yuridik shaxslari foydasidan ulush, daromad olish munosabatlari majburiyat huquqiy munosabatlar tarkibiga kiradi.
5) Bundan tashqari ba’zi mualliflar “imtiyozli fuqarolik huquqiy munosabatlar” mavjudligi to‘g‘risida fikr bildiradilar. Bunda fuqarolik huquqiy munosabatning muayyan ishtirokchisi boshqa subyektlarga nisbatan muayyan manfaat ko‘rish bo‘yicha imtiyozga, afzallikka egaligi qonun yoki shartnomada belgilab qo‘yiladi. Masalan, garov bilan ta’minlangan asosiy majburiyat ijro etilmagan taqdirda garovga oluvchi tomonidan garov predmetiga nisbatan o‘z talablarini imtiyozli qanoatlantirish huquqi yoxud umumiy ulushli mulkdagi ulush sotilganda sherik mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqiga ega (FKning 224-moddasi).

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish