O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Umumiy mulk huquqining rejimi



Download 209,94 Kb.
bet66/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Umumiy mulk huquqining rejimi
FKning 217-moddasi 1-qismiga koʻra, agar ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlari qonun asosida belgilanishi mumkin boʻlmasa hamda uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ulushlar teng deb hisoblanadi. Bu qoida umumiy ulushli mulk ishtirokchilari ulushlari tengligining prezumpsiyasini mustahkamlaydi. Ammo, bu prezumpsiya rad qilinishi mumkin, chunki ulushlar, basharti qonun asosida aniqlanishi mumkin boʻlmasa hamda umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilanmagan boʻlsa teng hisoblanadi.
Qonun chiqaruvchi tomonidan umumiy ulush huquqidagi ulushlarning tengligi prezumpsiyasini ishlatilishi fuqarolik qonunchiligining umumiy tamoyili–fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda oqillik va adolat talablariga rioya qilishning koʻrinishlaridan biridir. Umumiy ulushli mulk munosabatlarining ishtirokchilariga kelishuvga erishish orqali odatiy tartibni oʻzgartirish hamda umumiy mulk huquqidagi ulushlarning oʻzgacha miqdorlarini belgilash imkoni taqdim etilgan.
Ulushlar tengligining prezumptsiyasi tom ma’noda umumiy ulushli mulkka nisbatan mustahkamlangan boʻlsa ham, u umumiy birgalikdagi mulkka nisbatan ham, qachonkim u ajratilgan yoki taqsimlangan holatda barchaning yoxud faqat ajralayotgan sherik mulkdorning ulushini aniqlash zarurati vujudga kelganda amal qilaveradi. Bu xulosa Oila kodeksining er-xotinning umumiy birgalikdagi mulkiga doir, shuningdek, dehqon xoʻjaligi a’zolarining umumiy birgalikdagi mulkiga doir normalarida oʻz tasdigʻini topadi.
Kelishuv bilan ulushni aniqlash tartibi belgilab qoʻyilishi mumkin. Bu holda u barcha ishtirokchilar uchun majburiy boʻlib qoladi va ular ulush miqdorini kelishuvda koʻrsatilganidan boshqacha tarzda hisob-kitob qilishga haqli emaslar.
Basharti ulush miqdorining umumiy mulk obyektiga qoʻshilgan hissaga bogʻliqlik sharti toʻgʻridan-toʻgʻri qayd etilmagan boʻlsa, ammo taraflarning munosabatlari shunday shartni faraz qilsa, u holda ulush miqdori kiritilgan hissani e’tiborga olib tegishli kelishuvga erishish yoʻli bilan, erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilanadi.
Bundan tashqari, ulushlar tengligi prezumpsiyasidan chekingan holda umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq ularning ulushlari har bir shaxsning umumiy mol-mulkni vujudga keltirish va orttirishga qoʻshgan hissasiga muvofiq aniqlanishi belgilab qoʻyilishi mumkin. Ushbu hissa nafaqat umumiy mulkni tashkil etish paytida, balki uning mavjudligi va faoliyatining keyingi bosqichlarida ham unga kiritilgan moddiy, mehnat va oʻzga qoʻyilmalarni hisobga olib aniqlanishi mumkin. Bunday vaziyat, taraflar oʻz hissalarini birlashtirib, umumiy xoʻjalik maqsadiga yetish uchun birgalikda harakat qilishni boshlaydigan oddiy shirkat shartnomasini tuzishda yuzaga keladi. Birgalikdagi faoliyat mobaynida har bir ishtirokchining umumiy mulkka qoʻshgan hissasi sezilarli darajada oʻzgarishi mumkin.
Ulushlarning miqdorini aniqlash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalarni rivojlantirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi FK 217-moddasining uchinchi qismi bunda umumiy mulkka ajralmas yoki ajraladigan yaxshilashlar kiritilganini hisobga olishni taklif etadi.
Yaxshilash deganda qonun chiqaruvchi mol-mulkning qiymatini oshirgan yoki uning iste’mol xususiyatlarini qulaylashtirgan oqilona va oʻrinli oʻzgartirishlarni tushunadi.
Ajratib olinadigan deb ashyodan unga sezilarli ziyon yetkazmasdan ayirib olish mumkin boʻlgan yaxshilashlar tan olinadi. Basharti bunday ajratib olish zararni yetkazsa uning boshlangʻich holatiga nisbatan ashyoning yomonlashuvi muqarrar boʻlsa, yaxshilashlar ajratib olinmaydigan deb hisoblanadi.
Agar ulushli mulk ishtirokchisi belgilab qoʻyilgan tartibga amal qilgan holda umumiy mol-mulkni oʻz hisobidan ajratib olish mumkin boʻlmaydigan tarzda yaxshilagan boʻlsa, u mol-mulk qiymatining ortishiga mutanosib ravishda oʻz ulushining tegishli darajada koʻpaytirilishini talab qilishga haqli boʻladi. Bundan xulosa shuki, belgilab qoʻyilgan tartibga amal qilinmagan boʻlsa (masalan, mol-mulkka yaxshilash kiritish uchun barcha sherik mulkdorlarning roziligi olinmagan boʻlsa), sherik mulkdor oʻz ulushi miqdorini koʻpaytirilishiga haqli boʻlmaydi. Yaxshilashlar ajratib olinadigan boʻlsa, sherik mulkdor yaxshilash kiritish uchun umumiy mulkning boshqa ishtirokchilarini roziligini soʻrashi shart emas, chunki yaxshilashlar umumiy mulkka ziyon yetkazmasdan ajratib olinishi mumkin boʻladi. Ajratib olinadigan yaxshilashlarning taqdiri barcha sherik mulkdorlarning roziligi boʻyicha aniqlanadi. Ular yaxshilashni kiritgan shaxsga umumiy mulkdagi ulushlarni oʻzgartirmagan holda tegishli kompensatsiya toʻlash; yaxshilashni kiritgan sherik mulkdorning ulushini koʻpaytirish va h.k. toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin. Bunday kelishuv boʻlmasa ajratib olinadigan yaxshilashlar ularni kiritgan shaxsning mulkiga oʻtadi.
Ulushli mulkdagi mol-mulk uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan tasarruf etiladi. Amaldagi FK ulushli mulkchilikdagi mol-mulk hamda ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi ulushini tasarruf etishning turli tartibi belgilangan. Jumladan, birinchi holatda umumiy mulkni barcha ishtirokchilarining roziligi talab qilinsa, ikkinchi holda esa ulushli mulk mulk ishtirokchisi ulushini oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf qilishi mumkin. Mol-mulkni tasarruf qilish deb unga nisbatan har qanday bitimlarni tuzish, shuningdek, mol-mulkka nisbatan oʻzga tasarrufiy xatti-harakatlarni (uni oʻzgartirish, qayta qurish, mulkdan voz kechish, mol-mulkni buzish va sh.k.) sodir etishga aytiladi.
Umumiy mulkni tasarruf etishda: umumiy mulk huquqining bir ishtirokchisi – bitta ovoz tamoyili amal qiladi. Ulushni miqdori inobatga olinmaydi; barcha sherik mulkdorlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori zarur boʻladi. Kelishuv boʻlmagan taqdirda nizo sherik mulkdorlardan istalgan birining da’vosi bilan sudda hal etilishi mumkin.
Umumiy qoida boʻyicha, ulushni tasarruf etish uchun boshqa sherik mulkdorlarning roziligi talab etilmaydi. Ulushli mulkning ishtirokchisi oʻz xohish-ixtiyori bilan mulk huquqidagi ulushini sotishi, sovgʻa qilishi, vasiyat qilib qoldirishi, garovga berishi yoki boshqacha tarzda tasarruf qilishi mumkin. Haq olib tasarrufdan chiqarishda ulushli mulk ishtirokchilari tomonidan ulushni imtiyozli sotib olish huquqi amal qiladi.
Ishtirokchilardan biri tomonidan umumiy ulushli mulkdagi mol-mulkni tasarruf qilishga oid bitimlar yoki oʻzga harakatlarning sodir etishi boshqa ishtirokchilarning roziligi boʻlmaganda bunday bitimlarning oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligiga olib keladi, shu bilan u birgalikdagi mulk boʻlgan mol-mulkka nisbatan sodir etilgan bitimlarning nizoli ekanligini nazarda tutuvchi fuqarolik normasi qoidasidan farqlanadi.
Agar umumiy mulkni tasarruf qilish, avvalo, uchinchi shaxslar bilan bitimlar tuzishni nazarda tutsa, umumiy mulkka egalik qilish va undan foydalanish ishtirokchilar oʻrtasidagi mol-mulkning oʻziga, uning foydali xususiyatlarini chiqarib olishga, ashyo ustidan hukmronlik qiliishga doir munosabatlarni qamrab oladi.
Bunda umumiy mulkchilikda boʻlgan mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, uni tasarruf etish ham barcha ishtirokchilarning kelishuviga koʻra, ulardan hech boʻlmasa birining e’tirozi boʻlgan taqdirda esa sud belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Mol-mulkka egalik qilish uning ustidan toʻliq jismoniy nazoratdan iboratdir. Mol-mulkni qoʻriqlash, turarjoyda istiqomat qilish yoki turarjoyga moʻljallanmagan binoda turish egalikning shakllari boʻlishi mumkin. Egalik barcha ishtirokchilar tomonidan umumiy kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Barcha ishtirokchilarning ashyoga teng erishuvi (foydalanishi) kelishuvda nazarda tutilishi shart emas. Agar hech boʻlmaganda bitta ishtirokchi umumiy rozilik bilan ashyoni nazorat qilayotgan boʻlsa, egalik amalga oshirilyapti deb hisoblanishi mumkin. Shunga muvofiq, uchinchi shaxslar tomonidan egalikning buzilishi ishtirokchilardan istalgan biri tomonidan huquqbuzarga qarshi qaratilgan egalikni (mulk huquqini) himoyalash toʻgʻrisida da’vo kiritish huquqini beradi.
Ulushli mulkning ishtirokchilari umumiy mulkdan yaxlit holda yoki uning ayrim qismlaridan foydalanishlari va unga egalik qilishlari mumkin. Tanlov, odatda, umumiy mulk huquqi obyektiga bogʻliq boʻladi. Boʻlinmas ashyolar yagona birlik sifatida ishlatiladi. Masalan, bir yoki bir necha qishloq xoʻjalik tovarlari ishlab chiqaruvchilarning umumiy mulki sifatida xarid qilingan murakkab texnika har bir sherik mulkdor tomonidan mulk huquqidagi ulushiga muvofiq muayyan vaqt ishlatiladi. Umumiy ulushli mulkdagi xonadonga ega oila a’zolari xonalardan bir qismini alohida (masalan, yotoqxona, kabinet va x.k.), boshqa qismidan esa (vannaxona, oshxona, karidor va x. k.) birgalikda foydalanadilar. Ishtirokchilar tomonidan egalik mulkdorlar sifatida amalga oshiriladi, shu sababli ular, oʻzlari uchun egalik qilgan holda, bir paytning oʻzida ashyodan foydalanish huquqini amalga oshirmoqda, uni saqlash boʻyicha majburiyatlarni bajarmoqda va boshqa jihatlardan ham oʻzlarini uning mulkdori sifatida tutishyapti deb faraz qilinadi. Demak, mol-mulkni ishtirokchiga (ulush egasiga) egalikka yoki foydalanishga ajratish bir paytning oʻzida shu mol-mulkka nisbatan mulkdorning barcha huquqlarini alohida kelishuvsiz amalga oshirishni bildiradi. Ammo ashyodan foydani unga egalik qilmasdan ham chiqarib olishning imkoni boʻlsa, bu holda foydalanish alohida kelishuv predmetiga aylanishi mumkin.
Sherik mulkdorlar ulushlarining miqdori nafaqat umumiy mulkka egalik qilish va undan foydalanishda, hosil, mahsulot va daromadlarni taqsimlashda, balki uni saqlab turish, asrash xarajatlarni koʻtarishda ham jiddiy ahamiyat kasb etadi. Har bir sherik mulkdor oʻz ulushiga mutanosib ravishda umumiy mulkni saqlash boʻyicha xarajatlarda ishtirok etishi shart.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish