O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Umumiy mulk huquqi tushunchasi va turlari



Download 209,94 Kb.
bet65/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Umumiy mulk huquqi tushunchasi va turlari
Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida boʻlgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻladi.
Mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi alohida bir shaxsga (fuqaro, yuridik shaxs, davlat, ma’muriy-hududiy tuzilma) tegishli boʻlsa, mulk bir subyektli hisoblanadi. Shunga muvofiq, bu holda mulkdorga qarshi turgan barcha uchinchi shaxslar, ushbu shaxsning mulkdan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etish bilan bogʻliq vakolatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi barcha xatti-harakatlardan oʻzlarini tiyishlari kerak. Agar mol-mulkka nisbatan mulk huquqi ikki yoki undan koʻproq shaxsga tegishli boʻlsa, umumiy mulk vujudga kelib, bu holda uni ishtirokchilarining barcha uchinchi shaxslar bilan tashqi munosabatlaridan tashqari, ushbu mulk ishtirokchilarining oʻrtasida ichki munosabatlar ham mavjud boʻladi. Bunday shaxslar (sherik mulkdorlar) oʻrtasidagi ichki munosabatlarni tartibga solish zaruriyati umumiy mulk instituti deb ataluvchi, mulkdorlarning oʻzlariga tegishli umumiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bogʻliq vakolatlarini amalga oshirishda sherik mulkdorlarning irodasini muvofiqlashtirishga moʻljallangan huquqiy normalar tizimini yuzaga keltirdi.
Umumiy mulkning barcha turlariga taalluqli oʻziga xos xususiyatlar boʻyicha quyidagilarni qayd etish mumkin:
– birinchidan, u ikki yoki undan koʻproq shaxsga tegishli, ya’ni koʻp subyektlidir;
– ikkinchidan, uning predmetini umumiy toifaga kiruvchi muayyan bir mol-mulk tashkil etadi;
– uchinchidan, umumiy mulkchilikda sherik mulkdorlarning barcha uchinchi shaxslar bilan tashqi munosabatlaridan tashqari, ularning oʻrtasida ichki munosabatlar ham mavjud boʻladi.
Yuridik adabiyotda bir necha shaxsga tegishli mulkni belgilash uchun ayrim payt “jamoa mulki” singari atama ishlatiladi, bu esa huquqiy jihatdan uncha toʻgʻri emas, chunki “jamoa mulki” tushunchasida gap mulkni huquqiy subyekt yaxlitligini tashkil etuvchi biron jamoaga tegishli ekanligi toʻgʻrisida borishi faraz qilinadi. Vaholanki, koʻp subyektli mulk munosabatlarida gap mulkning yagona huquq subyektini tashkil etmaydigan bir necha shaxsga tegishli ekanligi xususida boradi. Buning ustiga ayrim hollarda jamoaviy deb yuridik shaxslarga tegishli mulk tushuniladi. FKning 216-moddasi ikkinchi qismga muvofiq umumiy mulkning ikki xil: ulushli va birgalikdagi turlari farqlanadi. Har bir ishtirokchining ulushi belgilangan mulk ulushli boʻladi, demak-ki, ulushlar belgilanmagan mulk birgalikdagi hisoblanadi.
Qonun faqat qat’iy belgilangan hollardagina birgalikdagi mulk munosabatlari vujudga kelishiga yoʻl qoʻyadi. Sababi shuki, birgalikdagi mulk ishtirokchilari tomonidan vakolatlarni amalga oshirish juda oʻziga xos boʻlib, ular tomonidan FK va maxsus qonunchilik qoidalarining qoʻllanilishi ular oʻrtasidagi munosabatlarning yuqori darajada ishonchli deb faraz qilinadi. Aynan shuning uchun ham qonun, birgalikdagi mulkni ulushli mulkka aylanishiga ruxsat bersa ham, umumiy qoida boʻyicha buning teskarisiga yoʻl qoʻymaydi.
Qayd etish lozimki, birgalikdagi mulkda mol-mulkning umumiyligi ulushli mulkka nisbatan koʻproq darajada ifodalangan. Buni, birgalikdagi mulk ishtirokchilari (er-xotin, dehqon xoʻjaligi a’zolari va h. ) oʻrtasidagi munosabatlar ancha ishonchli va barqaror xususiyatga egaligi bilan tushuntirish mumkin. Ammo bu birgalikdagi mulkda umuman ulush yoʻqligini anglatmaydi. Bu masaladagi farq shundan iboratki, ulushli mulkdagi har bir ishtirokchining ulushi, odatda, avvaldan belgilangan, birgalikdagi mulkda esa ulush faqat umumiy mulk taqsimlanganda yoki ajratilganda, ya’ni birgalikdagi mulk munosabatlari tugatilgan paytda aniqlanadi. Bu holda ham ulushli, ham birgalikdagi (yuqorida koʻrsatilgan holatlarda) mulkdagi ulushlar, qonun yoki shartnomada oʻzgacha tartib belgilanmagan boʻlsa, teng deb faraz qilinadi.
Umumiy birgalikdagi mulk oʻz vazifasini oʻzgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin boʻlmagan (boʻlinmaydigan ashyolar) yoki qonunga koʻra taqsimlanishi mumkin boʻlmagan mol-mulk ikki va undan ortiq shaxs mulkiga oʻtgan paytda vujudga keladi. Mol-mulkka nisbatan umumiy mulkchilik, uning boʻlinmaydigan mol-mulkligidan, qonunga binoan boʻlinishi mumkin boʻlmagan mol-mulkligidan yoki boʻlinadigan mol-mulkligidan qat’i nazar vujudga kelishi mumkin. Basharti mol-mulk vazifasini oʻzgartirmagan holda taqsimlanishi yoki qonunga koʻra taqsimlanishi mumkin boʻlmasa, unga nisbatan umumiy mulkchilik mol-mulkka xos boʻlgan funkstional sifatlar yoxud uning huquqiy rejimi oqibatida paydo boʻladi. Mol-mulk boʻlinuvchi sirasiga kirsa, unga nisbatan umumiy mulkchilik faqatgina qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan holatlardagina vujudga keladi.
FK umumiy ulushli va umumiy birgalikdagi mulkni ta’rifiga ham, vujudga kelish asoslariga ham turlicha yondashadi. Umumiy ulushli mulkning vujudga kelish asoslari toʻla-toʻkis aniqlanmagan. U qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan holatlarda ham, tomonlarning kelishuvi, sudning qarorida nazarda tutilgan holatlarda ham, shuningdek, umumiy ulushli mulk paydo boʻlishiga sabab boʻladigan boshqa vaziyatlar ta’sirida ham vujudga kelishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining doirasi qonun bilan cheklanmagan. Ular mulkchilikning turli shakllarini turli birikmada ifodalashlari mumkin. Fuqarolar, fuqarolar va yuridik shaxslar oʻrtasida, yuridik shaxslar, ma’muriy-hududiy tuzilmalar, fuqarolar va hokazolar oʻrtasida umumiy ulushli mulkchilik boʻlishi mumkin. Jumladan, meros mol-mulkning qisman egasizlik holatida bir tomondan davlat mulkchiligi, ikkinchi tomondan esa fuqarolar va yuridik shaxslar mulkchiligi vujudga kelishi mumkin. Bu holda qonun mulkchilikning turli shakllarini ifodalovchi subyektlarning umumiy mulkchiligini majburiy toʻxtalishini talab etmaydi. Aksincha, umumiy ulushli mulkchilik faqat qonunda nazarda tutilgan holatlardagina vujudga kelishi mumkin, bunda qonun tomonidan uni ishtirokchilarining doirasi ham qat’iy belgilangan.
Oʻz navbatida, mol-mulkka nisbatan birgalikdagi mulkchilikning paydo boʻlishi faqat qonunda belgilangan hollardagina mumkin (er-xotinning, dehqon xoʻjaligi a’zolarining birgalikdagi mulki). Mol-mulkka birgalikdagi mulk huquqi birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga binoan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning qarori bilan ulushli mulkchilik huquqiga almashtirilishi mumkin. Bunda har bir mulkdorning mulk huquqidagi ulushi belgilanishi lozim.
Birgalikdagi mulk ishtirokchilari oʻrtasidagi yaqin aloqalari bilan ulushlidan ajralib turadi. Birgalikdagi mulk ishtirokchilari ulushga haqli emaslar. Shu sababli umumiy mulkning bunday shaklini ayrim payt ulushsiz deb ham atashadi. Birgalikdagi mulk ishtirokchilari oʻz huquqlarini uchinchi shaxslarga umumiy mulkchilik rejimini toʻxtatmasdan berishga haqli emaslar. Shunday qilib, birgalikdagi mulk ishtirokchilarining tarkibi tasarrufli bitimlar asosida oʻzgarishi mumkin emas. Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining doirasi qonunda aniq belgilangan. Birgalikdagi mulk ishtirokchisining tasarruf imkoniyatlari ulushli mulkka nisbatan sezilarli darajada cheklangan. U nafaqat oʻz huquqlarini boshqaning tasarrufiga oʻtkazishi, balki, boshqa ishtirokchilar bilan munosabatlarini ulushli mulk munosabatlariga oʻzgartirmasdan turib birgalikdagi mulk ajratilishini yoki taqsimlanishini ham talab qilishga haqli emas. Bunda birgalikdagi mulk ishtirokchilari kelishuv yoʻli bilan uni ulushli mulk sifatida qayta tuzishga, shakllantirishga haqli. Qayta tuzish toʻgʻrisida ham, ulushlarning miqdori toʻgʻrisida ham kelishuvga erishilmagan taqdirda qaror sud tomonidan qabul qilinadi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish