O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Umumiy mulkdan ulush ajratish



Download 209,94 Kb.
bet68/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Umumiy mulkdan ulush ajratish
Mulkdorning ulushi arzimas bo’lsa Amalda ajratib berish mumkin bo’lmasa Umumiy mulkdan foydalanishdan katta manfaatga ega bo’lmagan hollarda Imtiyozli sotib olish huquqi
Umumiy mulk sherik mulkdorlarni uchinchi shaxslar bilan bogʻlaydigan tashqi munosabatlar va sherik mulkdorlarni oʻzaro bir-biri bilan bogʻlaydigan ichki munosabatlarning murakkab bogʻlanmasi bilan tavsiflanadi. Sherik mulkdorlar umumiy mulk munosabatlaridan chiqib ketayotgan kishining oʻrnini kim olishiga befarq emaslar. Bundan tashqari, mulkdorlar oʻzlariga tegishli ulush miqdorini koʻpaytirishdan manfaatdor boʻlishlari mumkin. Oʻz-oʻzidan ravshanki, oʻrtalarida umumiy mulk munosabatlari saqlanib qolayotgan shaxslarning hamda butun umumiy mulkka egalik qilish, ya’ni umumiy mulkdan bir subyektli mulkka oʻtishni istaydigan shaxslarning manfaatlari shu tarzda hisobga olinishi lozimki, bunda har bir sherik mulkdorning oʻz ulushini erkin tasarruf etish huquqi cheklanmasligi kerak. Sotib olishning imtiyozli huquqi toʻgʻrisidagi qonunda mustahkamlab qoʻyilgan taomillar aynan oʻzaro manfaatlarning qat’iy hisobga olinishda qaror topadi.
Sotib olishning imtiyozli huquqi umumiy mulk ishtirokchilarining mulkdorlar sonini qisqartirishga boʻlgan manfaatini ifodalab, bu ularning har biri uchun umumiy mulkning qadrini, shuningdek, har bir ishtirokchi ulushining koʻpaytirishga boʻlgan imkoniyatini oshiradi. Bundan tashqari, ushbu huquq vositasida ishtirokchilar ma’lum darajada birgalikdagi egalarning shaxsiy tarkibini nazorat qilish imkonini qoʻlga kiritadilar, bu ham ular uchun sezilarli manfaatdir. Sotib olishning imtiyozli huquqi mexanizmi shundan iboratki, umumiy mulkning boshqa ishtirokchilari belgilangan muddat ichida ulushini sotgan ishtirokchi tomonidan tuzilgan umumiy mulk huquqining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha oluvchi (xaridor)ning huquq va majburiyatlarini oʻzlariga oʻtkazishga haqlidirlar. Bu huquq, sotuvchi boshqa ishtirokchilarni ulush sotilishi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilish boʻyicha oʻziga yuklatilgan majburiyatni bajarganidan qat’i nazar kelib chiqadi.
Qonunda imtiyozli sotib olish huquqining doirasi belgilab berilgan. Bu huquq toʻgʻrisida, birinchidan, ulush umumiy mulk ishtirokchilari jumlasiga kirmagan uchinchi shaxsga sotilganda, ikkinchidan esa, ulush (boshqacha tarzda tasarrufdan chiqarilmasdan) aynan sotilganda gap borishi mumkin. Bundan ikkita muhim amaliy xulosa kelib chiqadi. Sherik mulkdorlar, ulush ulardan biriga sotilayotganda yoxud u sotilmasdan, qonunda yoʻl qoʻyilgan boshqa biron usulda tasarrufdan chiqarilayotganda imtiyozli sotib olish huquqidan foydalana olmaydilar. Har ikkala holda ham sotib olishning imtiyozli huquqi toʻgʻrisida gap yuritish mumkin emas. Birinchi holda – oʻz ulushini sotish uchun umumiy mulk ishtirokchilaridan istalgan kishini tanlab olish huquqi aynan sotuvchiga tegishli boʻlgani uchun: sotuvchi ulardan xohlagan birini tanlashi mumkin. Ikkinchi holda esa ulush hech kimga sotilmasdan, boshqacha tarzda (masalan, hadya sifatida) tasarrufga oʻtkazilgani uchun, bunda uni imtiyozli sotib olish huquqi ham boʻlmaydi. Sherik mulkdor, qachonki u ulushni sotuvchi taklif etgan narxda hamda taklif etilgan va barchaga teng boʻlgan boshqa shartlarda sotib olishga tayyor boʻlsa, imtiyozli sotib olish huquqidan foydalanishi mumkin.
Ulushni imtiyozli sotib olish huquqi faqat umumiy ulushli mulkning (sotuvchidan) boshqa ishtirokchilariga tatbiq qilingani sababli mazkur huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kim oshdi savdosining maqsadi mol-mulkni (va shu jumladan ulushni ham) boshlangʻichga nisbatan eng baland narx taklif qilgan shaxsga sotishdan iborat boʻlgani sababli, ulush kimoshdi savdosida sotilganda imtiyozli sotib olish huquqi qoʻllanilmaydi. Shu bilan birga sherik mulkdorlar kimoshdi savdosida umumiy asosda ishtirok etishlari mumkin. Ulush qonunda nazarda tutilgan hollarda barcha sherik mulkdorlarning roziligi boʻlmaganda ham kimoshdi savdosida sotilishi mumkin, masalan, umumiy ulushli mulk ishtirokchisining majburiyatlari boʻyicha undiruv uning mol-mulkiga qaratilgan taqdirda. FKning 224-moddada nafaqat sherik mulkdorlar tomonidan imtiyozli sotib olish huquqining mazmuni ochib beriladi, balki mazkur huquqni amalga oshirishning tomonlarning manfaatlarini hisobga oluvchi tartib-amaliyoti ham belgilanadi. Sotuvchi zimmasiga oʻz ulushini oʻzga shaxsga sotish niyati haqida umumiy mulkning boshqa ishtirokchilariga yozma ravishda ma’lum qilib, ulushning narxini va uni sotishning boshqa shartlarini koʻrsatish majburiyati yuklanadi.
Shu sababli qonun sherik mulkdorlar uchun ulushni sotib olish taklifiga javob qaytarish muddatini belgilaydi: gap koʻchmas mulkdagi ulushni sotish toʻgʻrisida borayotgan boʻlsa, bu muddat bir oyni, koʻchadigan mol-mulkdagi ulush sotilganda esa oʻn kunni tashkil etadi. Muddat ulushini sotish niyati haqida sherik mulkdorlarga xabar berilgan kundan hisoblanadi. Oʻzining yuridik tabiatidan kelib chiqilsa, bu huquqning mavjudlik davri, amal qilish muddati boʻlib, u, da’vo muddatidan farqli ravishda, na toʻxtatilishi, na uzilishi va na tiklanishi mumkin emas. Basharti sherik mulkdorlar ulushni sotib olishdan voz kechsalar yoki sotuvchining taklifiga hech bir usulda javob qaytarmasalar, koʻrsatilgan muddatlar (mos ravishda oʻn kun yoki bir oy) oʻtib boʻlganidan soʻng sotuvchi ulushni istalgan shaxsga sotib yuborishga haqli boʻladi. Sherik mulkdorlarning sukut saqlashi bu oʻrinda, ular ulushni imtiyozli sotib olish huquqini yoʻqotishi sifatida yuridik ahamiyat kasb etadi.
Basharti ulush imtiyozli sotib olish huquqini buzgan holda sotilgan taqdirda (masalan, sotuvchi ulushini sotishi toʻgʻrisida boshqa sherik mulkdorlarni xabardor qilmagan yoki javobni kutish muddati tugashini kutmagan boʻlsa yoxud ulushini chet shaxsga sherik mulkdorlarga taklif qilinganidan koʻra imtiyozliroq shartlarda sotgan boʻlsa), umumiy mulkning boshqa har qanday ishtirokchisi uch oy mobaynida sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini oʻzlariga oʻtkazishni sud tartibida talab qilishga haqlidir.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish