O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Davlat ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boshqa ishtirokchilar kabi muayyan huquq va majburiyatlarga egaligi



Download 209,94 Kb.
bet24/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Davlat ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boshqa ishtirokchilar kabi muayyan huquq va majburiyatlarga egaligi
Davlat ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boshqa ishtirokchilar kabi muayyan huquq va majburiyatlarga ega boʻladi. Chunki huquqiy munosabatning mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Fuqarolik huquqlari va burchlarga ega boʻlmagan shaxslar huquqiy munosabatda mustaqil subyekt sifatida qatnasha olmaydilar. Huquq va burchlarga ega boʻlish holati esa, fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchisining fuqarolik huquq layoqatiga ega boʻlishini ifodalaydi. Oʻz navbatida davlat ham fuqarolik huquqining boshqa subyektlari kabi huquq layoqatiga ega boʻladi. Lekin davlat huquq va muomala layoqatining oʻziga xosligi uning boshqa subyektlar layoqatidan ajralib turishiga sabab boʻladi. Davlat ham fuqarolik huquqining boshqa subyektlari kabi mulkdor boʻlish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish (garchi davlat sof ma’nodagi tadbirkor hisoblanmasa-da, uning organlari va u tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxslar tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari mumkin. Lekin tom ma’noda davlatning huquq layoqati turli xildagi yuridik shaxslar va fuqarolarning huquq layoqati bilan bir xil boʻlishi mumkin emas. Ba’zi holatlarda davlatning huquq layoqati fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq layoqatidan kengroq boʻlsa, ba’zi holatlarda davlatning huquq va burchlari cheklanadi. Masalan, fuqarolar huquq layoqatining mazmunini tashkil etuvchi huquqlar jumlasiga shunday huquqlar kiritilganki, bunday huquqlar davlatda mavjud boʻlmaydi. Masalan, FKning 18-moddasiga muvofiq, fuqarolar mol-mulklarini vasiyat qilib qoldirishlari, yollanma mehnatdan foydalanishlari, mashgʻulot turini va yashash joyini tanlashlari, intellektual faoliyat natijalarining mualliflik huquqlariga ega boʻlishlari mumkin. Davlatda esa, bunday huquqlar mavjud emas. Fuqarolik huquqining boshqa subyektlarida shunday huquqlar borki, bunday huquqlar davlatga tegishli boʻlmaydi. Masalan, mulkni meros qilib qoldirish, alohida turdagi shartnomalar (franshizing va boshqalar) tuzish, oʻzining firma nomiga ega boʻlishlik, fan, adabiyot va san’at asarlari muallifi boʻlish kabilar.
Umumiy qoidaga koʻra, davlat fuqarolik muomalasida oʻz manfaatlari uchun emas, ommaviy hokimiyatni foydaliroq tatbiq etish uchun qatnashadi. Bunday maqsadlar davlat huquq layoqatining mohiyatini yanada toʻldiradi.
Biroq, davlatda shunday imkoniyatlar (huquqlar) mavjudki, bu huquqlar fuqarolik huquqining boshqa subyektlarida uchramaydi. Masalan, merosxoʻrlari boʻlmaganda mol-mulkni egallash, qimmatli qogʻozlar chiqarish kabi. Shu bilan birga, maxsus huquqiy munosabatlar sohasi ajratilganki, garchi fuqarolik huquqining boshqa subyektlari ham ushbu munosabatlarda ishtirok etishlari mumkin boʻlsa-da, ularning toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etishlari taqiqlanadi.
Davlatning huquq layoqatini maqsadli deb hisoblash mumkin. Zero, fuqarolik huquqi munosabatlarida davlat ishtirok etar ekan, faqat bitta maqsadni koʻzlab harakat qiladi va u tomonidan amalga oshirilgan har qanday huquqiy xatti-harakat xalq manfaati va uning farovonligini oshirishga qaratiladi. 92

Aytish kerakki, davlat huquq layoqatining asosiy holatlaridan yana biri – davlatning qonun chiqarish huquqdorligidir. Bu huquqdorlik davlat huquq layoqatida katta ahamiyatga ega boʻladi. Davlat qonun chiqarish faoliyatini amalga oshirish mobaynida oʻziga tegishli huquqlarni, ya’ni xalq manfaatini amalga oshirishga qaratilgan huquqlarni oʻz maqsadini (xalq va uning har bir a’zosi farovonligini ta’minlash) amalga oshirishga yoʻnaltiradi.


Munitsipal organlar ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi oʻziga xos subyekt hisoblanadi. Munitsipal organlar jumlasiga tegishli hududdagi davlat hokimiyati organlari kiradi. Munitsipal organlarning huquq layoqati davlatning huquq layoqatiga qaraganda biroz torroq boʻlsa-da, oʻziga xos xususiyatlarga ega. Bunday oʻziga xoslik munitsipal organlarning mol-mulkka ega boʻlishi, oʻz budjetini tashkil etishi, bitimlar tuzishi, majburiyatda ishtirok etishi orqali namoyon boʻladi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish