O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor boʻlishi



Download 209,94 Kb.
bet21/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor boʻlishi
FKning 42-moddasiga asosan yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi. Yuridik shaxslarni ta’sis etish jarayoni ikki bosqichni oʻz ichiga oladi ular tayyorlov bosqichi (davlat roʻyxatidan oʻtgungacha boʻlgan jarayon) va davlat roʻyxatidan oʻtkazish bosqichi (bu bosqichda roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim qilingan hujjatlarni vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlari talabiga mosligini tekshirish, mos boʻlgan taqdirda korxonani yuridik shaxslarning yagona davlat riyestriga kiritish va roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish amalga oshiriladi)
Yuridik shaxslar quyidagi usullarda vujudga kelishi mumkin:
1. Buyruq (farmoyish) orqali. Muassisning buyrugʻi asosida tashkil etiladigan yuridik shaxslar mazkur usulda vujudga keladi. Bu usulda, odatda, davlat korxonalari tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki boshqa vakolatli davlat organlarining qarorga muvofiq tashkil etiladigan korxonalarning vujudga kelishiga mazkur imperativ harakterdagi farmoyish (qaror, buyruq) korxonani tashkil etish uchun asos boʻladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyo’ndagi, PQ–1990-son qaroriga asosan, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruq asosida tashkil etilgan.
2. Murojaat qilish usuli. Bunda muassislar tomonidan tuzilishi kutilayotgan yuridik shaxslarning vujudga kelish imkoniyati qonun tomonidan oldindan belgilab qoʻyilmagan boʻladi. Ya’ni, yuridik shaxsni tashkil etish istagida boʻlgan shaxs - muassis qonunda taqiqlanmagan istalgan faoliyat turiga ixtisoslashgan hamda xohlagan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxsni tashkil etishi mumkin. Binobarin, bunday hollarda davlat organi xuddi shunday yuridik shaxsning tashkil etilish va etilmasligining maqsadga muvofiqligini tekshirmaydi, faqat uning ta’sis hujjatlari qonunga muvofiqligi tekshiriladi. Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi PQ-357-sonli qaroriga asosan tashkil etilayotgan korxonalar (banklar va ommaviy axborot vositalari bundan mustasno) aynan murojaat usuli orqali vujudga kelmoqda.
3. Ruxsat olish usuli. Bunday usulda tashkil topadigan yuridik shaxslarning vujudga kelish imkoniyatlari qonunlarda oldindan belgilab qoʻyiladi va binobarin, ularning tashkil boʻlish-boʻlmasligi maqsadga muvofiqligi tekshirilmaydi, balki ta’sis hujjatlarining qonunga muvofiqligi tekshiriladi, xolos. Hozir yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu bevosita FKning 44-moddasida oʻz ifodasini topgan. Lekin amalda ba’zi korxonalar aynan shu usulda tashkil etilmoqda. Mamlakatimizda tijorat banklari ruxsat olish usulida tashkil etilmoqda (“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi).
Hozirgi kunda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning uchta shakli amalda qoʻllanilmoqda. Ular soddalashtirilgan (bir darcha), odatiy va maxsus shakllar (NNT, OAV va boshqalar)dir. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va asoslari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar faoliyatining bekor boʻlishi uni qayta tashkil etish va tugatish asosida amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarning bekor boʻlishi har doim subyektning tugatilishini topishini anglatishi bilan birga ba’zi holatlarda yangi subyektning vujudga kelishi uchun asos sifatida ahamiyatli boʻladi. Yuridik shaxslar bekor boʻlishining birinchi usulida aynan shu holat roʻy beradi. Qayta tashkil etish orqali yuridik shaxslar bekor qilinganda vujudga kelgan subyekt oldingi yuridik shaxsning vorisi sifatida e’tirof etilsa-da, u mutlaqo yangi huquq subyekti sanaladi. Qayta tashkil etish qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, tashkiliy huquqiy shaklini oʻzgartirish shakllarida amalga oshirilishi mumkin (FKning 49-moddasi).
Yuridik shaxs qoʻshib yuborilganda ikki yoki bir necha tashkilot oʻzining mustaqil ravishda ish olib borishini bekor qiladi va yagona tashkilotga birlashadi, ularning huquq va majburiyatlari yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Yuridik shaxs boʻlinganda oʻz faoliyatini bekor qiladi va uning negizida ikki yoki bir necha yuridik shaxs paydo boʻladi hamda avvalgisining huquq va majburiyatlari yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga oʻtadi.
Yuridik shaxsni qoʻshib olishda bir yuridik shaxsning huquq va majburiyatlari uni qoʻshib olayotgan yuridik shaxsga oʻtadi hamda qoʻshib yuborilgan yuridik shaxs oʻzining mustaqil ravishda faoliyat yuritishini toʻxtatadi.
Ajratib chiqarish shaklida esa faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tarkibidan mustaqil tashkilot ajralib chiqadi va oʻz holicha yuridik shaxs huquqini oladi.
Oʻzgartirishda yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgaradi.
Masalan, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16 oktabr 2000 yilgi PF-2737-son Farmoniga muvofiq, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi etib oʻzgartirilgan.
Birlashish va qoʻshilish topshirish balansi, boʻlinish va ajralishda boʻlinish hujjati asosida mol-mulk universal vorislik asosida oʻtadi. Huquqiy vorislik boʻyicha huquq va majburiyatlar toʻla (universal) yoki qisman (singulyar) asosda qayta tashkil etilayotgan yangi subyektga oʻtadi.
Yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi. Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshilganida, bu yuridik shaxsga qoʻshilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq oʻtadi. Yuridik shaxs boʻlingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga oʻtadi. Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga oʻtadi. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilganida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi. Singulyar huquqiy vorislikda huquq va majburiyatlarning belgilangan ma’lum bir qismi oʻtadi.
Yuridik shaxsni bekor qilishning ikkinchi shakli – uni huquq subyekti sifatida tugatish hisoblanadi. Korxonani tugatish uning huquq va burchlarini huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga oʻtmasdan bekor boʻlishiga olib keladi. Yuridik shaxslarni tugatish ularni qayta tashkil etishdan farqlanadi. yuridik shaxs qayta tashkil etilganda kreditorlarning talabi vorislik asosida yangidan tashkil etilgan korxonaga vorislik boʻyicha oʻtadi. Tugatilganda esa yuridik shaxs oʻz-oʻzidan huquq subyekti sifatida barham topadi va shu bilan birgalikda uning huquq va burchlari ham tugaydi. Shuning uchun ham korxonani tugatishda kreditorlarning huquq va burchlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. FKning 53-moddasida yuridik shaxslarni tugatish asoslari quyidagicha belgilangan: 1) yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) ning yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan, yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil etishdan koʻzlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik shaxsni tashkil qilish chogʻida qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib boʻlmasa, sud yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazishni haqiqiy emas deb topganida, 2) yuridik shaxs faoliyati ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun bilan taqiqlab qoʻyilgan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek, FKda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq tugatiladi, 3) yuridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning tugatilishiga olib keladi.
Yuridik shaxs tugatilayotganda, tugatish komissiyasi tayinlanadi. Tugatish komissiyasi yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi ma’lumotlar bosib chiqarilgan matbuot organlarida yuridik shaxsning tugatilishi hamda uning kreditorlar tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati haqida xabar e’lon qiladi (FK, 55-modda). Bu muddat tugatish haqida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam boʻlishi mumkin emas.
Yuridik shaxs yagona davlat reyestridan chiqarilgandan soʻng tugatilgan hisoblanadi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish