O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatdagi ishtirokining o’ziga xos xususiyatlari



Download 209,94 Kb.
bet25/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatdagi ishtirokining o’ziga xos xususiyatlari
fuqarolik huquqi sub’yektlari amal qiladigan qonunlarni oʻzi belgilaydi
fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi boʻladigan hujjatlar chiqarishi
Davlat immunitetdan foydalanadi
Huquq va muomala layoqatini cheklash boʻyicha boshqa sub’yektlarga taalluqli boʻlgan
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi
ishtiroki shakllari
Fuqarolik huquqi subyektlari tizimida davlat alohida subyekt hamda “yagona va boʻlinmaslik” jihatiga ega boʻlishi bilan birga, boshqa subyektlarning huquqiy maqomini, subyektiv huquq va majburiyatlarini, faoliyati va mavjudlik holatini belgilab beruvchi hamdir. Shu bilan birga, davlat xususiy munosabatlarda garchi, oʻzining hokimiyat vakolatlaridan foydalanmasligini oʻzi tomonidan qabul qilinadigan qonun hujjatlarida e’tirof etsa-da, har qanday fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlatning hokimiyat vakolatlari sohibi ekanligi sezilib turadi. Bu, ayniqsa, natsionalizatsiya, rekvizitsiya va majburiyat munosabatlarida oʻz ifodasini topadi. “Yagona va boʻlinmaslik” holatidan kelib chiqib, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda aslida davlat nomidan bitta subyekt – Oʻzbekiston Respublikasi qatnashadi. Bunda uning vakolatlarini Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shu bilan birga, mazkur munosabatlarda davlat nomidan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, maxsus vakolatli organlar qatnashadi.
FKning 79-moddasiga asosan davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda ularning boshqa ishtirokchilari bilan bab-baravar asoslarda ishtirok etadi. Davlatning mamlakat ichki fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki quyidagilarda namoyon boʻladi:
a) davlat oʻziga qarashli mol-mulkka nisbatan mulkdor sifatida harakat qilganida, masalan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish munosabatlarida;
b) egasi boʻlmagan yoki egasi noma’lum boʻlgan ashyo egasiz hisoblanib, u sud qarori bilan davlat egaligiga oʻtkazilganida (FK, 191-modda);
v) Fuqarolik kodeksining 193-moddasi 2-qismiga asosan ashyoni topib olgan shaxs topilgan ashyoni mulk qilib olishdan bosh tortsa, ashyo davlat mulkiga oʻtganda;
g) har bir fuqaro vasiyat boʻyicha oʻzining butun mulkini yoki uning bir qismini davlatga vasiyat qilib meros tariqasida qoldirishida (FK, 1120-modda);
d) Oʻzbekiston Respublikasi davlati huquq subyekti sifatida ba’zi fuqarolik-huquqiy harakterda boʻlgan kredit munosabatlarida, masalan, davlat zayomi obligatsiyalarini sotishida, qarz shartnomasida ishtirok etganida;
e) tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vazifalarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini koʻzlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini toʻlagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qoʻyilishida (rekvizitsiya). Bunda rekvizitsiya oʻtkazilishiga sabab boʻlgan vaziyatlarning amal qilishi toʻxtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni oʻziga qaytarib berishni talab qilishga haqli ekanligida (FK, 203-modda);
yo) mol-mulk musodara qilinganida, ya’ni qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki oʻzga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq toʻlamasdan mulkdordan olib qoʻyilishida (FK, 204-modda);
j) davlat ba’zi hollarda mualliflikka oid huquqiy munosabatlarda, masalan, asarni nashr etish huquqini sotib olganida, ixtirochilik munosabatlarida ixtiroga boʻlgan patentni sotib olganida huquq subyekti sifatida ishtirok etishida. Bunday huquqiy munosabatlarda davlatning ishtirok etishi natijasida olingan daromadlar ham davlat budjetiga oʻtkaziladi. Shu bilan birga, davlat mablagʻlari hisobiga yaratilgan intellektual mulk obyektiga nisbatan ham davlat mulk huquqini qoʻlga kiritadi;
z) davlat, shuningdek, chet ellik investorlar bilan konsessiya va mahsulot taqsimotiga oid bitimlarlarda ham qatnashadi. Unga koʻra, davlat chet ellik investor bilan kelishib olingan shartlar asosida muayyan xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish; yer osti boyliklarini ishlab chiqarish va foydali qazilmalarni kavlab olish, korxonalar qurish va ekspluatatsiya qilish hamda boshqa huquqlarni beradi;
i) davlat chet mamlakatlarda koʻchmas mulkni sotib olishida;
k) xalqaro ommaviy va xususiy-huquqiy munosabatlarda davlat oʻz zimmasiga olgan majburiyatni bajarmagan hollarda uning oʻrniga vujudga kelgan voris davlat majburiyatni oʻtmishdosh-davlat tuzgan shartlar asosida bajarishi lozim boʻlgan hollar va h.k. Davlat oʻzining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari boʻyicha oʻz mulki boʻlgan mablagʻlari bilan javob beradi.
Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan yuqorida aytganimizdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.
Ichki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan aksariyat hollarda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va davlat qoʻmitalari qatnashadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi davlati nomidan harakat qiluvchi organlar tizimida xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, moliya vazirligi va markaziy bank alohida mavqega ega.
Davlat idoralarining fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki ikki xil koʻrinishda boʻladi: bevosita va bilvosita. Bevosita ishtirokda davlat oʻz nomidan fuqarolik muomalasiga kirishadi. Bilvosita ishtirokda esa davlat nomidan uning organlari ishtirok etadi. Shuningdek,:
1. Davlat nomidan ishtirok etish. Bunda – muayyan organ davlat nomidan harakat qiladi va davlat uchun huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi (Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chet el kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasi bunga misol boʻla oladi).
2. Davlat organi fuqarolik muomalasida oʻz nomidan harakat qiladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ishlar boshqarmasining doʻkonlardan idora jihozlarini sotib olishi. Bunda faqat Oliy Majlisga biriktirilgan mol-mulkka nisbatan huquq va majburiyatlar yuzaga keladi.
Davlat ba’zi hollarda subyekt sifatida oʻzining mansabdor shaxslari yoki organlari tomonidan yetkazilgan mulkiy zararni toʻlashda javobgar boʻladi (masalan, dastlabki tergov, tergov, prokuratura, sud organlarining mansabdor shaxslari fuqarolarga nisbatan qilgan gʻayriqonuniy harakatlari natijasida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladilar).
FKning 15-moddasida belgilanganidek, davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan toʻlanishi kerak.
Ayni vaqtda Oʻzbekiston davlati tashqi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ham mustaqil huquq subyekti sifatida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan obyektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro foydali hamkorlik oʻrnatishda, bunday hamkorlikni rivojlantirishda barcha amaliy harakatlarni roʻyobga chiqarish uchun foydalanadi. Jumladan, davlat organi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi oʻz faoliyatida respublika nomidan ish olib borib, barcha tashqi iqtisodiy aloqalarni koordinastiya qiladi, tartibga soladi, nazorat qiladi va boshqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqari va xorijda respublika nomidan barcha tashqi iqtisodiy masalalar boʻyicha uning manfaatlarini koʻzlab harakat qilish bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi. Vazirlik oʻz faoliyatini bevosita Vazirlar Mahkamasi rahbarligida amalga oshiradi. Vazirlik oʻz faoliyatida Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy bank bilan uzviy hamkorlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolarining qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, tashqi iqtisodiy sohada bevosita oʻzaro foydali aloqalarni oʻrnatish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar huzurida Oʻzbekiston Respublikasining savdo yoki oʻzga vakolatxonalari ta’sis etiladi. Bu vakolatxonalar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, oʻzlari toʻgʻrisidagi nizomga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hamda vakolatxona joylashgan davlatlar ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi.
FKning 80-moddasiga binoan qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat oʻzi tuzgan yuridik shaxs majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi. Davlat majburiyati yuzasidan yuridik shaxs ham javobgar boʻlmaydi. Ushbu qoidalar davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha oʻz zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari boʻyicha oʻz zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat ishtirokining monistik (davlat nomidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda faqat bitta organ ishtirok etishi) va plyuralistik (davlat nomidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bir nechta organning qatnashishi) ishtiroki farqlanadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Nima uchun davlat fuqarolik huquqining alohida subyekti? Bu “alohidalik” nimalarda koʻrinadi?
2. Davlatning fuqarolik huquq layoqati? Davlatning fuqarolik-huquqiy qiyofasi qanday?
3. Qonun hujjatlarida ayrim mol-mulklar, jumladan, qabristonlar davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan obyektlar sirasiga kiritilgan.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish