2.O‘rta Osiyoda xalqaro huquqning rivojlanishi.
Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro huquq fani jadal rivojlanib kelmoqda. Bu yerda dunyoning boshqa mintaqalaridagiga o‘xshash institutlar rivojlandi va rivojlanmoqda. Bu mintaqadagi xalqaro huquq tarixini Rossiya imperiyasiga to'liq qo‘shilgunga qadar xalqaro huquq subyektlari bo‘lgan Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonlMari tarixi bilan bog'laymiz. Shu bilan birgalikda ta’kidlash joizki, Movarounahr Markaziy Osiyo hududida xalqaro tan olingan ilk davlat boigan. A. Temur esa tarixda gumanitar va sof ma’nodagi diplomatik huquq ning asoschisi sifatida kirdi. Temur tuzuklarida o‘z zamonasi uchun ilg‘or boTgan diplomatic va gumanitar huquqqa xos boTgan normalar ushbu fan sohalari vujudga kelishidan qariyb 500 yil oldin o‘z isbotini topdi. Mintaqaning asosiy xalqaro huquq institutlari elchilik, shartno- ma, gumanitar huquq va urush huquqi edi. Aytish kerakki, bu institut- laming muhim o‘ziga xosligi bor edi. Masalan, shartnoma huquqida shartnomaning og‘zaki shakli keng tarqalgan bo‘lib, shartnomalar odatda bir necha hujjatlarda rasmiylashtirilar edi, elchilik huquqida - diplomatik vakolatxonalaming bir joyda to‘planishi (kumulyatsiyasi),urush huquqida - musulmon davlatlariga ko‘proq insoniy munosabat va boshqalar. 1917-yilgi Oktyabr to'ntarishidan so‘ng bu davlatlar o'mida paydo bo'lgan davlatlar ma’lum muddat xalqaro munosabatlar subyekti bo‘lib turdilar, biroq Sovet hokhniyati o‘matilishi bilan ular subyekt maqomini yo'qotdilar va ulaming keyingi rivoji Sovet davlati tarixi bilan boglandi. Sobiq Ittifoqning tarqab ketishi va uning o'mida mustaqil dav latlaming vujudga kelishi Markaziy Osiyo davlatlarini xalqaro siyo- siy-huquqiy munosabatlarga ildam qadamlar bilan kirishlariga yo‘l ochib berdi. 0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilhgiga erishishi bilan xalqaro munosabatlarga ildam kirisha boshladi, buni biz respublika- mizning BMT, SHHT va boshqa bir qancha nufuzli xalqaro tashki lotlar va birlashmalar tizimlariga kirishi, xorijiy davlatlar bilan diplo matik va konsullik aloqalari o‘matilishi, davlatimizga xorijiy davlat boshliqlarining rasmiy tashriflari, I.A. Karimovning esa rivojlangan davlatlarga rasmiy safarlari misol bo‘la oladi. Hozirgi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi 160 dan ortiq davlatlar bilan diplomatik va konsullik aloqalarini o‘matdi, 200 dan ortiq ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalaming ishtirokchisiga aylandi va 60 dan ortiqroq xalqaro hukumatlararo tashkilotlaming to‘la huquqli a’zosi bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |