Nazorat savollari:
1. Xalqaro huquq bilan qanday munosabatlar tartibga solinadi?
3. Xalqaro hamjamiyat deganda nima tushuniladi? Qanday tuzilmalar xalqaro hamjamiyat subyektlari hisoblanadi?
4. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
5. Xalqaro huquq va diplomatiya (tashqi aloqalar huquqi) o‘rtasida qanday aloqa mavjud?
6. Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
7. Xalqaro ommaviy huquqning qaysi sohalari yangi paydo bo‘lgan sohalar hisoblanadi?
2-mavzu Xalqaro huquq normalari va manbalari
Reja:
1.Xalqaro huquq normalari.
2.Xalqaro huquq manbaalari tushunchasi.
3.Xalqaro odatlar. Xalqaro shartnomalar.
4.Madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan xalqaro huquqning umumiy prinsiplari.
5.Sud qarorlari.
6.Xalqaro-huquqiy ta’limot (doktrina).
Xalqaro huquq normalari
Huquq sohasida shakl alohida ahamiyatga ega. Qadimgi Rimda shunday deyilardi: forma legalis forma essentialis (yuridik shakl muhim). Agarda xalqaro huquqni uning tartibga solayotgan munosabatlari bilan o‘zaro aloqasini ko‘radigan bo‘lsak, unda u davlatlararo munosabatlarning yuridik shakli sifatida yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zining nisbatan mustaqilligi (o‘ziga xosligini) imkoniyatidan kelib chiqib ushbu shakl davlatlararo munosabatlarga tartibga soluvchi ta’sirni ko‘rsatadi1.
1 Xalqaro huquq normasi – bu subyektlarning kelishuvi asosida yaratilgan, ular uchun huquq va majburiyatlarni o‘rnatuvchi rasmiy qat’iy qoida bo‘lib, uni amalga oshirish yuridik mexanizm bilan ta’minlanadi.
|
Norma so‘zi lotin tilidan tarjima qilinganda qoida, yetakchi, asosiy qonun, namuna degan ma’nolarni bildiradi. Norma xalqaro huquq binosini qurish uchun ishlatiladigan g‘isht bo‘lib xizmat qiladi. Uning alohida jihati huquqiy tizim elementlari ekanligi bilan belgilanadi. Xalqaro huquq normasi deganda davlatlar, boshqa xalqaro huquqning subyektlari tomonidan yuridik jihatdan muqarrar sifatda tan olingan axloq (yurish-turish) qoidalari tushuniladi. Xalqaro huquq normalarini, masalan, xalqaro huquq subyektlarining o‘zaro munosabatlari davomida ham rioya etiladigan odatlardan farqlash lozim. Agar xalqaro huquqiy normalar – bu yuridik jihatdan majburiy bo‘lgan qoidalar bo‘lsa, odatlar yuridik majburlikdan mahrum bo‘lganidir. Xalqaro huquqiy normalarni buzish xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradi, odat normalarini buzish esa bunday javobgarlikni keltirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |