O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro – huquqiy ta’limot (doktrina)



Download 454,89 Kb.
bet16/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro – huquqiy ta’limot (doktrina)
Xalqaro Sud Nizomiga muvofiq Sud “huquqiy ta’limot normalarini aniqlash uchun yordamchi vosita sifatida turli millatlarning ommaviy huquq bo‘yicha o‘ta malakali mutaxassislarini qo‘llaydi”.
F.F.Martensning fikriga ko‘ra, “xalqaro huquqning tarixi va fani mavjud xalqaro odatlar va bitimlarning haqiqiy ma’nosini aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi; ular odat normalari va bitimlarda aks ettirilgan xalqlarning huquqiy ongini sof holda tasavvur etishlari imkonini beradi, hamda u, shak-shubhasiz, xalqaro huquqning manbasi qatoriga kiradi”.
Ta’limot (doktrina)ga uni xalqaro huquqning manbasi sifatida qaralmaydi. U faqatgina normalarni aniqlash uchun yordamchi vosita sifatida gavdalanadi. Agar ta’limot huquqni qo‘llash bosqichida qo‘llanilsa, unda huquq ijod qilish bosqichida foydalanishga ancha ko‘p asos bo‘ladi. Fanni xalqaro huquq ijodkorligida keng foydalanish zarurati Xalqaro huquqning instituti tomonidan asosli ravishda ko‘rsatib o‘tiladi.
Hozirgi paytda xalqaro huquqqa oid yirik asarlarga havola qilishni BMT ning xalqaro huquq Komissiyasi materiallarida, arbitraj va ayrim sud qarorlarida, Xalqaro sud a’zolarining alohida fikr-mulohazalarida kuzatish mumkin. Ta’limot xalqaro huquq yordamida hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni, xalqaro munosabatlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini, usul va yo‘llarini zamonaviy tarzda tushuntirishni taqazo etadi
Albatta, xalqaro huquq masalalarini chuqur o‘rganish bo‘yicha yuridik jihatdan benuqson, asoslantirilgan xulosalar xalqaro sudyaning, hakamning, xalqaro huquq Komissiyasi a’zosining, muzokaralarda qatnashayotgan delegatsiyaning huquqiy maslahatchisining tegishli fikrlarini shakllanishiga ta’sir qilmasdan qolmaydi.
Xalqaro tashkilotlarning hujjatlari
Xalqaro tashkilotlarning qarorlari Xalqaro Sud Nizomining 38-moddasida ko‘rsatilgan ro‘yxatda qayd qilinmagan. Shunday bo‘lsa ham ilmda shunday qarorlar (asosan BMT doirasidagi) ko‘pincha xalqaro huquqning yordamchi manbasi sifatida kiritiladi.
Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning hujjatlari maqomi ularning Nizomlariga muvofiq belgilanadi. Vakolat doirasida ushbu tashkilotlarning organlari asosan tavsiyaviy xarakterga ega hujjatlar yoxud huquqni qo‘llashga oid hujjatlarni qabul qiladilar. BMT Nizomining 10, 11, 13- moddalariga muvofiq Bosh Assambleya “tavsiya berish” vakolatiga egadir, ammo 25-moddaga ko‘ra BMT a’zolari Xavfsizlik kengashining qarorlariga itoat etishlari lozim, lekin ushbu qarorlar huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liq.
O‘z-o‘zidan xalqaro tashkilot xalqaro “qonun chiqaruvchi” ga aylanib qolish huquqiga ega emas. Shu bilan birga, tashkilot a’zolari – davlatlar ushbu tashkilot hujjatlaridan foydalanishlari mumkin. BMT Bosh Assambleyasi sessiyalarida xalqaro shartnomalar doirasida ishlab chiqilgan (tayyorlangan), tashkilot nomidan ma’qullanganlikni belgilovchi rezolyutsiyalar qabul qilinadi.
Bu 1968-yildagi “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi Shartnoma, 1971-yildagi “Kosmik obyektlar orqali yetkazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik to‘g‘risida”gi Konvensiya, 1966-yilgi Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro paktlar, 1979-yilgi “Insonlarni garovga olishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiya va boshqa hujjatlarga nisbatan ham taalluqlidir. Ushbu holda hujjatning matni Bosh Assambleya rezolyutsiyalariga ilova sifatida BMT ning hujjatlarida chop etiladi. Aynan shartnoma (uni davlatlar tomonidan imzolanishi va kuchga kirishi bilan) rezolyutsiya emas, xalqaro huquq manbasi sifatida ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro sud tomonidan 1996-yildagi Yadro qurolining qonuniyligi va undan foydalanish xususida konsultativ xulosasida: “Bosh Assambleya rezolyutsiyasida, agarda ular umummajburiy bo‘lmasa ham, ba’zida normativ qiymatiga ega bo‘ladi. Ular ayrim sharoitlarda opinio jurisning vujudga kelishiga va uning mavjudligidan muhim dalolat berishi mumkin”.
Shu munosabat bilan xalqaro tajribada “yumshoq huquq” tushunchasi qo‘llanilmoqda. BMT Bosh Assambleyasi, boshqa tashkilotlar, jumladan, BMTning maxsus muassasalari tomonidan xalqaro munosabatlarning turli masalalar bo‘yicha ko‘p miqdordagi rezolyutsiyalar, tavsiyalar va boshqa hujjatlarni qabul qilinishi xalqaro huquq subyektlarida qiziqish ahamiyatiga ega. Ushbu hujjatlar asosan tavsiyaviy xarakterga ega.
Misol tariqasida, BMT Bosh Assambleyasining 1948-yilgi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, 1960-yilgi “Mustamlaka davlatlar va xalqlarga mustaqillik berish to‘g‘risida”gi Deklaratsiya, 1974-yilgi “Xalqaro huquqning Agressiyani aniqlash haqidagi prinsiplari to‘g‘risida”gi Deklaratsiya, 1994-yilgi “Xalqaro terrorizmga barham berish choralari to‘g‘risida”gi Deklaratsiya v.b.ni keltirish mumkin.
Bunday rezolyutsiyalar o‘zida yurish-turish namunalarini ifoda etadi. Ular xalqaro huquq normalarining paydo bo‘lish jarayonida ma’lum o‘ringa ega: ushbu hujjatlarda ifodalangan yurish-turish qoidalari keyinchalik (xalqaro huquq subyektlari tomonidan tegishli tarzda tan olinganda) shartnomaviy yoki odat xalqaro-huquqiy normalariga aylanshi mumkin. Bunday ahamiyatga 1975-yilgi Yakuniy akt, 1990-yilgi Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi, YXHKning boshqa hujjatlari ega. Bularning barchasi o‘z-o‘zidan yuridik jihatdan majburiy hisoblanmaydi, biroq YXHK ga a’zo davlatlar uchun majburiy bo‘lgan hujjatlar mavjud. Misol tariqasida, 1975-yilgi Yakuniy aktda e’lon qilingan chegaralarning mustahkamligi prinsipini keltirish mumkin.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish