O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet99/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

E’tibor qarating!
Konsullik huquqi konsullik muassasalari va ular personalining ma’lum bir huquqiy maqomini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini tartibga solishga qaratilgan xalqaro huquqiy hujjatlar yig‘indisi. Davlatlar konsullik munosabatlarini o‘zaro rozilik asosida yo‘lga qo‘yadi. Agar boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, diplomatik aloqalarning yo‘lga qo‘yilganligi konsullik aloqalarining yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi. Hozirda amaliyot konsullik muassasalarining ikki xil ko‘rinishlarini ifoda etadi. Birinchisi, diplomatik vakolatxonalar qoshidagi konsullik bo‘limlari va ikkinchisi, alohida faoliyat olib boruvchi konsullik muassasalari.
Konsul yoki boshqa har qanday konsullik faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs lavozimiga tayinlangandan e’tiboran o‘z missiyasini bajarishga kirishgan hisoblanadi. Ko‘pchilik davlatlarda konsullarni lavozimga tayinlash va boshqa davlatlarning konsullarini qabul qilish tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Konsullik huquqi diplomatik huquq kabi tashrif buyurayotgan davlatning oldindan roziligini (agreman) talab qilmaydi. Biroq ikki tomonlama davlatlar o‘rtasidagi shartnomalarda konsullik muassasalari uchun rozilik talab etiladi. Konsul tomonidan o‘z vazifalarini bajarishga kirishishi u tomonidan konsullik patenti va ekzekvaturasini olishni talab etadi.
Konsullik patenti – bu biror bir davlatni ifoda etayotgan konsullik muassasasi rahbarining vakolatlarini tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan beriladigan hujjat.
Konsullik patentida konsullik lavozimiga tayinlanayotgan shaxsning to‘liq nomi, uning fuqaroligi, rangi (darajasi), egallab turgan lavozimi, konsullik okrugi va konsullik muassasasining joylashgan hududi bayon qilinadi.
Konsullik patentini tegishli ravishda konsul vakil qilingan davlat vakolatli organiga taqdim etadi va mazkur organ konsulga ekzekvatura, ya’ni konsulning o‘z vazifalarini bajarishiga rozilik bildirishi mumkin. Ekzekvaturani olgandan so‘ng konsul o‘z vazifalarini bajarishga kirishishi mumkin.
Konsullik muassasalarida shtatsiz asosda faoliyat olib boruvchi shaxslar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Konsullik korpusi ekzekvaturani eng oldin olgan konsul tomonidan – duayen tomonidan boshqariladi.
Diplomatik vakolatxona konsullik bo‘limlari uchun konsullik patenti talab etilmaydi. Konsullik munosabatlari quyidagi holatlarda tugatilishi mumkin:
1) vakil qilib yuborgan davlatning o‘z konsulini chaqirib olishi bilan;
2) konsul kelgan davlat tomonidan ekzekvaturaning bekor qilinishi bilan;
3) konsullik patenti muddatining tugashi bilan;
4) konsullik muasasasining yopilishi bilan;
5) konsullik munosabatlarining tugatilishi va boshqa holatlarga ko‘ra.
Konsullik muassasalari darajalari va personali. Mustaqil konsullik muasasalari quyidagi darajalarga bo‘linishi mumkin:
1) bosh konsullik muassasalari;
2) konsulliklar;
3) vitse konsulliklar;
4) konsullik agentliklari.
Konsullik muassasalarining darajalari davlatlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida belgilanadi.Ushbu muassasalarga mos ravishda konsullik muassasalar rahbarlari darajasi ham belgilanadi.
Konsullik muassasalari faoliyatini, ya’ni konsullik organlari maqomini, funksiyalarini, strukturasini aniqlashda va chet el konsullik muassasalari faoliyatini tartibga solishda davlatning milliy qonunchiligi juda katta ahamiyatga ega.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish