O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


-mavzu Diplomatik va konsullik huquqi



Download 454,89 Kb.
bet89/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

11-mavzu Diplomatik va konsullik huquqi
1. diplomatik huquq tushunchasi, predmeti va tizimi,
2. diplomatik huquqning manbalari,
3. davlatlarning tashqi aloqa organlari tizimi
4. diplomatik immunitet va imtiyozlar,
5. Maxsus missiya huquqi,
6. konsullik huquqi tushunchasi va manbalari,
7. konsullik muassasalarining funksiyalari to‘g‘risidagi jihatlari
Diplomatik huquq tushunchasi, predmeti va tizimi
Diplomatik huquq – davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari o‘rtasidagi aloqalar tartibiga taalluqli prinsip va normalarni o‘z ichiga olgan xalqaro huquqning sohasidir. Shu bilan birga, diplomatik huquq – xalqaro huquqning qadimiy va alohida mustaqil sohasidir. Diplomatik va konsullik huquqini bir-biridan farqlash maqsadga muvofiqdir, chunki ularning oxirgisi davlatlararo munosabatlarning maxsus va yetarli darajada tor sohasini ifodalaydi.
Shuningdek, diplomatik huquq – xalqaro-huquqiy normalarning nisbatan mustaqil tizimi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda davlatlar vakilligini tartibga soladi. Mazkur munosabatlarning ishtirokchilari davlatlarning o‘zlari bo‘lib, ushbu xalqaro munosabatlar huquqiy munosabatlar xarakterini oladi. Tegishli diplomatik muassasalar funksiyasi o‘z davlati manfaatlarini u ishtirok etayotgan turli xalqaro (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) munosabatlarda himoya qilishdir.
Diplomatik huquq, umuman, garchi cheklangan doiralarda bo‘lsa-da, konsullik munosabatlarini ham qamrab oladi.
Diplomatik huquq, avvalambor, davlatning tashqi aloqa idoralarining huquqiy holati va faoliyati hamda hukumatlararo tashkilotlarning va ularning xodimlari imtiyoz va immunitetlari masalalarini tartibga soladi.
Diplomatik huquq – “tashqi aloqalar huquqi” deb nomlash lozim bo‘lgan xalqaro huquq institutining bir qismidir, chunki xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarda nafaqat davlatlar, balki boshqa subyektlar, xususan, xalqaro tashkilotlar – universal, mintaqaviy va mahalliy, xalqaro organlar va o‘z tashqi aloqalarini ular nomidan qatnashuvchi tuzilmalar orqali ifoda etuvchi boshqa xalqaro institutlar ishtirok etadi. E’tibor qarating!
Tashqi aloqalar huquqi – xalqaro-huquqiy normalarning shunday tizimiki, u xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq subyektlari vakilligini tartibga soladi. Bu, asosan, odat normalari sanaladi. Biroq universal xarakterdagi konvensiyalar (masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi 1946-yilgi konvensiya va Ixtisoslashgan muassasalar imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi 1947-yilgi konvensiyasi) ham mavjud.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish