Nazorat savollari: 1. Xalqaro huquqiy javobgarlik bilan qanday munosabatlar tartibga solinadi?
2. Xalqaro huquqiy javobgarlik va xalqaro jinoyat o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
3. Xalqaro huquqiy javobgarlik bilan bog‘liq qanday xalqaro hujjatlarni bilasiz?
4. Xalqaro huquqiy javobgarlik bilan shug‘ullanuvchi qanday xalqaro institutlar mavjud?
1 – Kazus. 2000-yil 13-iyunda “S” davlat parlamenti “1940-1941-yillardagi “S” davlat okkupatsiyasi davrida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida” qonun qabul qilgan. “S” davlati tashqi ishlar vaziri janob “A” da’voning umumiy summasi 20 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi deb ta’kidlagan.
Ikkinchi Jahon urushiga qadar “S” davlatida botqoqlikdagi boshqa hech narsa bo‘lmagan.
Nemislar okkupatsiyasidan ozod etilganidan so‘ng “S” davlatiga boshqa respublikalardan xarobaga aylangan bir qator shaharlarini qayta tiklash uchun ishchi kuchini olib kelishga to‘g‘ri kelgan. Okkupantlardan xalos bo‘lishi bilanoq “S” davlatiga sovet hukumati tomonidan 200 mln. rubl beg‘araz dotatsiya yordami berilgan.
Agar “S” davlati “R” davlatiga nisbatan da’vo bilan chiqsa, “R” ham qarshi da’vo bilan chiqib, o‘z yerlarini qaytarish, Rossiya xalqiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplab berish, “S”ga kirgizilgan ko‘p milliardlik investitsiyalarni qaytarishni talab qilishi mumkin. Qolaversa “S” davlatining birinchi oltin yig‘imi 1920-yilda ochiq qolgan “R” taqdim etgan 3 mln. oltin rubl hisobiga shakllantirilgan.
1. “S” davlat parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun “R”davlati tomonidan unga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun yuridik asos bo‘la oladimi?
2. “S” davlati hozirda mavjud bo‘lmagan davlat “R” davlati tashkil etilgunga qadar mavjud bo‘lib kelgan “F” davlati ustidan o‘ziga yetkazilgan zararni qoplashni so‘rab “R”davlatidan talab qilishi asoslimi?
2 - Kazus. Kosmik yo‘ldosh orbitadan chiqib ketdi. Natijada, “Ya” davlati hududiga qulab tushdi va tegishli zarar yetkazdi. Jabr ko‘rgan davlat zararni qoplash yuzasidan e’tirozini bildirdi. Kosmik yo‘ldoshni uchirgan davlat o‘zining hech qanday noqonuniy harakat sodir etmaganligini, obyektiv sabablarga ko‘ra yo‘ldosh qulab tushganligini e’tirof etib, zararni qoplash borasidagi vaji o‘rinsiz ekanligi bildiradi.
1. Xalqaro huquqqa ko‘ra kosmik yo‘ldoshni uchirgan davlatning harakatlari huquqbuzarlik hisoblanadimi?
2. “Ya” davlatining kosmik yo‘ldoshni uchirgan davlatga nisbatan e’tirozi haqqoniymi? Agar ha bo‘lsa, mazkur davlatga nisbatan tegishli bo‘lgan javobgarlikka tortish mexanizmini aniqlang.