O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro huquqbuzarlik tushunchasi



Download 454,89 Kb.
bet85/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro huquqbuzarlik tushunchasi Xalqaro huquqbuzarlik – bu xalqaro huquq subyektining harakati va harakatsizligi bo‘lib, uning natijasida subyekt xalqaro huquq normalari va o‘zining xalqaro majburiyatlarini buzadi, xalqaro huquqning boshqa subyektlari yoki butun xalqaro hamjamiyatga moddiy yoki nomoddiy xarakterga ega ziyon keltiradi.
Bunda javobgarlik xalqaro huquq subyektining xalqaro huquqqa zid qilmishi va keltirgan zarar o‘rtasida sababiy bog‘liqlik mavjud bo‘lganda kelib chiqadi.
Shunday qilib, xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradigan xalqaro huquqbuzarlikning tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi: subyektning xalqaro huquq normalarini buzadigan harakati va harakatsizligi (qilmish); xalqaro huquq subyektining huquqbuzarlikni sodir eta olishi; xalqaro huquq subyektining boshqa xalqaro huquq subyekti va subyektlar guruhiga zarar yoki ziyon yetkazilishi. Xalqaro huquq normalarini bilmaslik yoki uni noto‘g‘ri qo‘llaganlik yoxud talqin qilganlikni ro‘kach qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Deyarli barcha huquqbuzarliklar ongli tarzda, o‘ylangan reja asosida va aybli ravishda amalga oshiriladi.
Xalqaro huquqda barcha xalqaro huquqbuzarliklarni, ularning xavflilik darajasi, miqyosi va oqibatidan kelib chiqqan holda, uchta katta guruhga ajratish mumkin:
a) xalqaro jinoyatlar;
b) xalqaro xarakterga ega bo‘lgan jinoyatlar;
d) boshqa xalqaro huquqbuzarliklar (xalqaro deliktlar).
Xalqaro jinoyat – bu xavfli xalqaro huquqbuzarlik bo‘lib, davlatlar va millatlarning muhim hayotiy manfaatlariga, hayotiy asoslariga putur yetkazadi, xalqaro huquqning muhim prinsiplari va normalarini qo‘pol ravishda buzadi, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladi va zarar yetkazadi.
BMTning Xalqaro huquq Komissiyasi tomonidan tayyorlangan Davlatlarning javobgarligi to‘g‘risidagi Moddalar loyihasida xalqaro hamjamiyatning hayotiy manfaatlarini ta’minlashga asos bo‘ladigan xalqaro majburiyatning davlatlar tomonidan buzilishi natijasida vujudga keladigan xalqaro-xuquqiy qilmishga xalqaro hamjamiyat oldidagi jinoyat deb qaraladi va xalqaro jinoyatni tashkil etadi.
Bunday xalqaro jinoyatlar sirasiga: agressiya, genotsid, aparteid, mustamlakachilik, harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar va boshqalar kiradi.
Bunday jinoyatlar xalqaro hamjamiyatga aloqador bo‘lgani sababli, davlatlar BMT Ustaviga asosan, ularning oldini olish uchun kollektiv choralar ko‘rish huquqiga egadirlar2.
Xalqaro xarakterga ega bo‘lgan jinoyat – bu bir necha yoki barcha davlatlarning manfaatlariga tajovuz qiladigan, umumiy Xalqaro xavf-xatar keltirib chiqaradigan qilmishdir. Xalqaro xarakterga ega bo‘lgan jinoyatlar qatoriga quyidagilar kiradi: qulchilik va qullar bilan savdo qilish, giyohvandlik moddalari va psixotrop vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatish, havo kemalarini noqonuniy egallab olish, xalqaro terrorizm va boshqalar.
Boshqa xalqaro huquqbuzarliklar (Xalqaro deliktlar) – bu alohida davlatga yoki Xalqaro huquq subyektlarining cheklangan doirasiga zarar yetkazuvchi huquqqa zid xatti-harakatlardir. Bunday hollarda javobgarlik munosabati huquqbuzar davlat bilan huquqbuzarlikdan jabr ko‘rgan davlatlar o‘rtasida paydo bo‘ladi, huquqbuzarlik davlatlar va millatlarning mavjudligiga va hayotiy asoslariga zarar yetkazmaydi va bunday huquqbuzarlik yuqorida ko‘rsatilgan ikki guruhga kirmaydi.
Bunday xalqaro huquqbuzarlikka diplomatik vakillarning faoliyatiga qarshi qaratilgan noqonuniy harakatlarga nisbatan davlat organlarining beparvoligi (harakatsizligi), savdo majburiyatlarini buzish va shu kabilar kiradi. Huquqbuzarlikda g‘arazgo‘y maqsadlar va huquqqa zid harakat bo‘lmasa, bunday huquqbuzarlik xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish