O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
Agrologistika va biznes fakulteti
Agrobiznes va investitsion faoliyat
KURS ISHI
Mavzu: O`zbekistonda agroturizm rivojlantirish imkoniyatlari va yo`nalishlari
Bajardi: Agrobiznes va investitsion faoliyat yo‘nalishi III kurs 20 – 90-guruh talabasi Avazova Laziza Akmal qizi
Tekshirdi:
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………………... 3
I BOB. O`ZBEKISTONDA TURIZM
1.1 Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, ichki turizmning o’rni va
ahamiyati va ularni rivojlantirish yo’nalishlari va mintaqalarda turistik
resurslardan samarali foydalanish ........................................................... 6
Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el
fuqarolari ............................................................................................... 10
II BOB. O`ZBEKISTONDA AGROTURIZM
2.1. Agroturizm yo‘nalishida turistlarni qabul qilish ................................... 15
2.2. Turistik qishloqlar va fermerlarning agroturizmga bo`lgan
munosabati ............................................................................................ 17
XULOSA VA TAKLIFLAR ................................................................................... 23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ................................................................ 25
KIRISH
XX asrning dastlabki yillaridan boshlab butun insoniyat hayotida ulkan o`zgarishlar namoyon bo`lgan. Bunday katta o`zgarishlar fantexnika taraqqiyotida, zamonaviy texnologiyalar yaratilishida hamda boshqarish sohalarida o`z aksini ko`rsatmoqda. So`nggi yillarda xalqaro turistlar oqimi yiliga o`rtacha 7-10 foizga o`sayotganligi kuzatilmoqda, bu esa turizm sanoatini jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foizdan ortiqrogʻini tashkil etuvchi eng yirik va tez suratlarda oʻsib borayotgan iqtisodiy tarmoqlarning biriga aylandi va mazkur sohaga 2020 yilda xalqaro turistlar soni 900 million kishidan oshganligini koʻrsatmoqda. Jahon miqyosida turizm sanoatining bandlik imkoniyatlarini oshirish, chet el valyutasini olib kelish, to`lov balansi afzalliklarini ta’minlash va infratuzilmani rivojlantirish vositasi sifatida qaraladi hamda u dunyodagi xizmatlar eksportining taxminan 35% va eng kam rivojlangan mamlakatlarda 70% dan ortigʻini tashkil qilmoqda.
Turizm XX asrga kelib insonlarning sayyohlik sohasiga intilishlari kuchaydi va turizm sanoatining rivojlanishiga katta turtki bo`ldi. Shu sababli ham, uni iqtisodiy faoliyat sifatida ko`proq jalb qilishga e’tibor o`tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlangan va butun dunyo bozorida eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri ham turizm tarmog`i hisoblanadi. Xalqaro turizm oqimlari va daromadlari so`ngi yillarda barqaror o`sishini ko`rsatmoqda. Shuningdek, xizmat ko`rsatish sohasi O`zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning eng muhim manbai va omili hisoblanadi. Bu esa turizm sohasining qanchalik darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shunisi ahamiyatliki, turizm rivojlanishi natijasida qishloq xo`jaligi, sanoat, transport, bozor infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik, qishloq hududlari va boshqa xizmat ko`rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi. Turizm sohasi bilan hamkorlik qilish iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini faollashtiradi, mintaqalardagi mavjud resurslardan samarali foydalanishga, qishloq hududlarining zamonaviy rivojlanishiga, odamlarning yashash darajasi va farovanligini yaxshilashga hamda xizmat ko`rsatish sohasi xodimlarining malakasi oshib borishiga ijobiy ta’sir qiladi. Bu albatta, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan hisoblanadi. Taraqqiyot bu rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham inson hayoti va atrof-muhit sifati barqarorligini belgilaydigan omil hisoblanadi. Turizm iqtisodiyotning bevosita o`ziga xos bo`lgan sohasi bo`lib, u mamlakat iqtisodiyotiga ham o`zining salmoqli hissasini qo`shadigan sohadir. O`zbekiston iqtisodiyoti va yalpi ichki mahsulotining yildan yilga o`sib borishda bevosita qishloq xo`jaligi va turizm sohalari muhim o`ringa ega. Shu boisdan, qishloq xo`jaligi va qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishda turizm sohasini ulushi bugungi kunda chet el mamlakatlari tajribasida ham o`z isbotini ko`rsatmoqda. Turizmning juda ko`p turlari mavjud bo`lib, ularni bir qancha belgilari bo`yicha tasniflash mumkin. Mazkur tadqiqotda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishda agroturizmning ahamiyatini o`rganishga qaratilgan. Turizmning bu shaklini rivojlantirish uchun O`zbekiston yetarli darajadagi potentsial va imkoniyatlar ega mamlakat hisoblanadi.
Agroturizm dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida “agroturizm”, “agriturizm”, “farm turizmi”, “qishloq xo`jaligi turizmi” yoki “qishloq xo`jaligidagi ko`ngilochar” kabi turli xildagi nomlar va tushunchalar bilan tanilgan. Turizm bu turi, insonlarning bo`sh vaqtlarini ochiq va toza tabiat sharoitida madaniy dam olishlari, yangi bilimlarni, ta’lim olishni va fermer xo`jaliklariga qo`shimcha daromad olish uchun qishloq xo`jaligi tomonidan olib boriladigan har qanday agrobiznes faoliyatlar sifatida belgilanadi. Biror qishloq xo`jaligi faoliyati bilan bog`liq boʻlgan agro va agrobiznes faoliyatini kuzatish yoki shu jarayonda ishtirok etish uchun qishloq xo`jaligi faoliyati bilan shug`ullanadigan korxona(fermer xoʻjalik)larga tashrif buyurishni anglatadi. Bu mehmondoʻstlikni o`zida mujassam etgan va shu bilan birga tashrif buyuruvchilarga dehqonchilik-chorvachilik ishlarida yordam berish imkoniyatini beruvchi fermer xoʻjaliklaridagi dam olish shaklidir. Agroturizm atamasi bir qancha tadqiqotchilar tomonidan turli ta’riflarda berilgan. Shu sababli agroturizmga oid mavjud adabiyotlarni ko`rib chiqish shuni ko`rsatadiki, hozirgacha agroturizm tushunchasiga aniq ta’rif berilmagan. Ilmiy adabiyotlarda qishloq xo`jaligiga asoslangan turizmda qo`llaniladigan bir qancha atamalar mavjud: fermer xo`jaligiga asoslangan turizm; dehqonchilik turizmi, fermada turizm, qishloq turizmi, agroturizm.
Oʻzbekistonda agroturizm faoliyati hali rivojlanmagan boʻlsa-da, mamlakatda agroturizmning afzalliklaridan foydalanish uchun qulay sharoitlar mavjud. Oʻzbekiston asosan qishloq xoʻjaligi mamlakatidir, boshqa tomondan turizm hozirgi vaqtda mamlakatda eng tez rivojlanayotgan sohalardan biridir. Ayniqsa, taxminan soʻngi ikki oʻn yillik davomida sayyohlik uchun qulay muhit yaratildi, bu mamlakatning boy tabiiy va madaniy resurslari bilan muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda agromurizm muhim rol oʻynashi mumkin boʻlgan barqaror turizmni rivojlantirish strategiyasiga ega boʻlishning muhimligi ta’kidlanmoqda. Jamiyat asosidagi turizm va turistik qishloqlarni turizmni rivojlantirish strategiyasi (2021- 2026), qishloq xoʻjaligi, oʻrim-yigʻim mavsumi, yovvoyi tabiat, dehqonchilik amaliyoti, san’at, madaniyat va din bilan bogʻliq boʻlgan turistik faoliyatga asoslangan qiymat oʻzgarishini oshirish kerak. Bunday istiqbolli rejalar mahalliy aholining ishtirokiga asoslangan boʻlib, bu agroturizmni rivojlantirish uchun ijobiy asoslarni yaratmoqda. Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekiton qishloq xoʻjaligi tarmogʻining iqtisodiyijtimoiy farovonligini oshirish uchun samarali va erishiladigan muqobil amaliyot sifatida qaralishi mumkin boʻlgan agroturizmning afzalliklaridan foydalanishini, bu esa qishloqlarning rivojlanishiga olib keladi. Shunday sababli ham, ushbu tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatidagi fermer xoʻjaliklari uchun muqobil daromad manbai sifatida agroturizmni rivojlantirish imkoniyatlari va muammolarini aniqlashdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |