O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti Agrobiznes va investitsion faoliyat kurs ishi mavzu


Agroturizm yo‘nalishida turistlarni qabul qilish



Download 2,93 Mb.
bet4/7
Sana07.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917058
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Laziza Kurs Ishi

2.1 Agroturizm yo‘nalishida turistlarni qabul qilish
Agroturizm Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Fransiya kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan. Bunda sayyohlar ma’lum muddat qishloqda yashagan holda mahalliy urf-odatlar, yashash tarzi bilan tanishib, an’anaviy qishloq mehnatlarida ishtirok etadi. Masalan, Buyuk Britaniyada fermerlarning 60 foizi turizm sohasidan tizimli ravishda daromad olishni yo‘lga qo‘yishgan, o‘rtacha yillik daromad 10-50 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
Yurtimizda ham turizmning mazkur yo‘nalishini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Boisi o‘ziga xos tabiatga ega so‘lim qishloqlarimiz, u yerdagi sayyohlar e’tiborini tortadigan turmush tarzi, mahalliy urf-odatlar ko‘pchilik uchun qiziq.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida namunali fermer xo‘jaliklarini sayyohlarga xizmat ko‘rsatishga moslashtirish, ularga sayyohlarni jalb qilish hamda xorijliklarning mamlakatimizda bo‘lish muddatlarini uzaytirish maqsadida agroturizmni rivojlantirishga doir vazifalar belgilangan.
O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi chet ellik sayyohlarning mamlakatimizda sayohat qilish vaqtini uzaytirish, mahalliy turistlar uchun dam olishning yangi turlarini tatbiq etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan agroturizmni rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda. 
2018 yil uchun davlat dasturining 104-punkti - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar ijrosi maqsadida 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Agroturizmni rivojlantirish dasturi" tasdiqlandi. 
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan xorijiy sayyohlarning yurtimizda bo‘lish muddatlarini uzaytirish, mahalliy sayyohlar uchun yangi dam olish turlarini tashkil etish maqsadida agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
– Mamlakatimiz bo‘ylab agroturizm yo‘nalishida turistlarni qabul qiladigan obyektlar ro‘yxati shakllantirilmoqda, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bosh mutaxassisi Aziz Maxsumov. – Qo‘mitaning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida agroturizm obyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar, turoperatorlar tomonidan turizm dasturlari shakllantirildi. Ular muctaqil ravishda tashrif buyuradigan sayyohlarga ham beriladi. Bu orqali sayyohlar ushbu obyektlarga borishi hamda turizmning yangicha yo‘nalishlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Agroturizm yo‘nalishida faoliyat olib borish istagida bo‘lganlar qo‘mitaning @Agroturizm telegram guruhiga a’zo bo‘lishi mumkin. Guruhda sohaga oid yangiliklar, agroturizm obyektlari ro‘yxati, xorij tajribasi, statistik ma’lumotlar, innovatsion g‘oyalar va tashabbuslar haqida ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.
Bugungi kunda agroturizmga sayyohlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Ushbu yo‘nalishda o‘z xizmatlarini taklif etayotgan maskanlardan biri Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida joylashgan “Mehrigiyo” sihatgohidir.
Tajribali shifokorlar, fitoterapevtlar va xalq tabobati xodimlarini birlashtirgan ushbu maskanda mijozlarga zamonaviy dori-darmonlar hamda qadimiy sharq tabobati an’analari asosida xizmat ko‘rsatiladi. Maskanga qarashli xo‘jalikda 30 dan ortiq turdagi dorivor o‘tlardan choylar, shifobaxsh yog‘ va ekstraktlar ishlab chiqariladi.
Bu yerda sayyohlar tabiiy yetishtirilayotgan dorivor giyohlar, jumladan, zaytun, rozmarin, guava va boshqa ko‘plab dorivor buta va o‘simliklardan shifobaxsh ichimliklar tayyorlash jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi va tatib ko‘rishi, o‘ziga ma’qul bo‘lgan dori vositalarini xarid qilishi mumkin.
Bundan tashqari, ushbu maskandagi shinam tamaddixonalar, plantatsiyalar, dam olish xonalari ham sayyohlarga manzur bo‘lmoqda.
Keyingi yillarda Samarqand viloyatiga xalqaro va mahalliy sayyohlar tashrifi sezilarli darajada oshgan. 2019-yilda viloyatga jami ikki million sayyoh, jumladan, 650 ming xalqaro va 1,5 million mahalliy sayyohlar tashrif buyurgan. Bu hudud oʻzining goʻzal tabiati, tarixi, boy tabiiy resurslari, rang-barang geografiyasi va boy madaniy-merosi bilan mashhur. Samarqand O„zbekistonning eng mashhur sayyohlik yo„nalishlaridan biri bo„lib, ushbu viloyatning poytaxti hisoblanadi. Viloyatning Urgut, Payariq, Nurobod va Samarqand tumanlari diqqatga sazovor joylari, ziyoratgohlari, agroturizm resurslari va sport turizmi bilan mashhur sayyohlik maskanlari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, turizm sohasi Samarqandda asosiy daromad keltiruvchi sohalardan biridir hisoblanadi

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish