Limon kislota biosentizi tarixi Birinchi marta limon kislotasi 1784 yilda shved farmatsevti Karl Scheele tomonidan pishmagan limon sharbatidan ajratilgan va 1930-yillarga qadar u asosan italiyada sitrus mevalaridan ishlab chiqarilgan. 1933 yilda Chexoslovakiyada, 1935 yilda sobiq sovet ittifoqida shakardan Aspergillus niger mog'or zamburug’lari yordamida biokimyoviy sintez yo'li bilan limon kislotasi ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Limon kislotasini ishlab chiqarish eng qadimgi va eng ko'p o'rganilgan biotexnologik jarayonlardan biridir (Захорскии AQSH патент1065358, 1913. 2., Currie 1917). Har qanday biotexnologik ishlab chiqarishda foydalaniladigan biologik ob’yektning genetik va fiziologik xususiyatlarini bilish biosintez jarayonini boshqarishning fundamental ilmiy asosidir Limon kislota ishlab chiqarish bo’yicha gipoteza Limon kislotasining produtsent mikroorganizmlari mikroskopik zamburug‘lar (Aspergillus niger), achitqilar (Candida lipolytica, Candida quilliermondii) va bateriyalar (Corynebacterium, Arthrobacter) hisoblanadi. Uglevodlardan kislotalarni sintez qilishning birinchi sxemalaridan biri 1925 yilda frenzen va shmitt tomonidan taklif qilingan limon kislotasining hosil bo'lishi haqidagi gipotezadir. Ular glyukoza glyukozid, so'ngra shakar kislotasiga oksidlanishini taklif qilishdi. Ikkinchisi, suvni yo'qotib, diketoadipik kislotaga o'tadi, undan limon kislotasi qayta tartibga solish yo'li bilan olinadi, bu benzil kislotaning o'zgarishi (Franzen 1925) deb nomlanadi. Bu gipoteza Challenger, Walker va Subramaniam tomonidan qo'llab-quvvatlandi va quyidagi sxemaga aylantirildi: Shakar → glyukonik kislota → shakar kislotasi → atsetondikarboksilik kislota → malon kislotasi + sirka kislotasi → glikolik kislota → glikolat kislotasi oksalat kislotasi → karbonat kislotasi. Aspergillus niger shtammlarini ajratish va o’rganish Aspergillus niger turiga mansub mikroskopik zamburug‘larning kolleksion kulturalari O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining “mikroorganizmlar kollektsiyasi” laboratoriyasidan olindi va tarkibdagi chapek muhitida saqlangan. Undan tanlab olingan shtamlari va Respublikamizdagi turli xududlaridan turli xil substratlardan olingan shtamlarni ushbu instituti Enzimalogiya labaratotiyda Katta ilmiy xodim Po’latova Ozoda ustoz ridir suslo glukozali, Ca li, mikroelenintlarga boy bo’lgan boshqa seliktiv ozuqa muhitlaiga ekib 50 ortiq tabiiy shtamlarni olgan va ularni turli xildagi metod va analitik usullar bilan limon kislota xosil qilish qobiliyatiga ega 35 dan ortiq shtamni tanlab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |