O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar



Download 147,94 Kb.
bet4/7
Sana30.06.2022
Hajmi147,94 Kb.
#718381
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amirov Shohjahon kurs ishi Moliyaviy hisob va hisobot

Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar.
Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmunga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruh-ga ajratiladi:

  • ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan mehnatga haq to’lash xarajatlari;

  • ishlab chiqishga tegishli bo’lmagan ijtimoiy sug’urta ajratmalari;

  • asosiy vositalar va ishlab chiqish ahamiyatiga ega bo’lmagan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lmagan boshqa xarajatlar.

  • ishlab chiqarishda ishlovchi xodimlarga hisoblangan ish haqi ko’rinishidagi xarajatlar

Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari. Konserva mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Fayz” xususiy korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidagi ma’lum bir hisobot davrida sarflagan moddiy xarajatlari haqida ma’lumot:





Nomlanishi (schot)

o’lchov birligi

miqdori

narxi, so’m

summa

1

Karam (1010)

kg

10 000

150

1 500 000

2

Shakar (1020)

kg

1 500

4 800

7 200 000

3

Shisha idish (1060)

dona

3 500

1 600

5 600 000

4

Qopqoqchalar (1060)

dona

3 500

630

2 205 000

5

Sirka (40%) (1020)

litr

80

7 000

560 000

6

Tuz (1020)

kg

410

1 000

410 000

7

Ziravorlar (1020)

kg

25

20 100

502 500

8

Gaz (6990)

m/kt

270

450

121 500

9

Elektr energiya (6990)

kv.soat

800

380

304 000

10

Suv (6990)

m/kub

110

110

12 100

11

Oqova suv (6990)

m/kub

110

80

8 800




Jami:










18 423 900

Bundan ko’rinib turibdiki korxona ma’lum bir davr ichida o’z faoliyati davomida 18 423 900 so’mlik ishlab chiqarish moddiy xarajatlarini amalga oshirgan.




Ushbu xarajatlarni buxgalteriya ikki yoqlama yozuvida aks ettiramiz



debet

kredit

summa

2010

1010

1 500 000

2010

1020

8 672 500

2010

1060

7 805 000

2010

6990

446 400

Shu davr mobaynida mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar:


Asosiy ishlab chiqarishda ishlovchi xodimlarga hisoblangan ish haqi – 15 260 000
Ma’muriy xodimlarga hisoblangan ish haqi – 4 840 000 so’m
Hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy soliq hisoblandi – 2 412 000
Quyidagi xo’jalik muomalalarini buxgalteriya ikki yoqlama yozuvida akslantiramiz:



debet

kredit

summa

2010

6710

15 260 000

9420

6710

4 840 000

2010

6410

1 831 200

9420

6410

580 800

Ko’rib turganimizdek quyidagi xo’jalik muomalalarida xarajatlar ikki turda chegiriladigan (2010) va chegirilmaydigan (9420) xarajat sifatida akslantirilmoqda lekin ikkala xarajatniyam biz majburiyat (6710;6410) sifatida tan olamiz.

Korxonada foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblandi:


Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga – 552 000 so’m
Ma’muriy maqsadlarda foydalanilgan asosiy vositalarga – 328 000 so’m
Mahsulotlarni sotishda ishtirok etadigan asosiy vositalarga – 110 000 so’m



debet

kredit

summa

2010

0200

552 000

9420

0200

328 000

9410

0200

110 000

Mahsulotlarni sotishda foydalaniladigan do’kon uchun to’lanadigan ijara haqi:
Ijara uchun – 1 100 000 so’m



debet

kredit

summa

9410

6910

1 100 000

Xususiy korxonaning hisobot davrida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tayyor mahsulotlari haqiqiy tannarxida omborga qabul qilindi.

debet

kredit

summa

2810

2010

36 067 100

Xususiy korxona hisobot davrida ishlab chiqargan mahsulotni haqiqiy tannarxida sotishga chiqardi va xaridorlarga shartnoma asosida 60 000 000 so’mga sotdi. Ushbu jarayonda mahsulotni yetkazib berish bilan bog’liq 600 000 so’mlik sotish xarajatlari yuzaga keldi. Yetkazib berish xizmatlarida “Na’muna” MCHJ xizmatlaridan foydalanildi.





debet

kredit

summa

9110

2810

36 067 100

4010

9010

60 000 000

9410

6010

600 000

Xususiy korxona aylanmadan olinadigan soliq to’lovchisi hisoblanadi. Belgilangan soliq stavkasi - 4%.
Hisoblash: 60 000 000 * 4% = 2 400 000 so’m.
Bu yerda korxona uchun foyda solig’i bilan bog’liq xarajat yuzaga keldi. Ushbu xarajatni hisobga olamiz:



debet

kredit

summa

9610

6410

  1. 400 000

Shu va shunga o’xshash boshqa xarajatlar korxona faoliyati davomida amalga oshiriladi va hisobga olinadi. Hisobot davri oxirida esa daromadlardan xarajatlar ayrilib hisobot davrining foydasi aniqlanadi. Foydaning aniqlanishini kurs ishimizning keyingi rejasida ko’rib chiqamiz.

    1. Moliyaviy natijalar va ularni aniqlash hisobi

Foyda - tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi.
Bozorda narxlar oʻzgarmay kelgan taqdirda xarajatlarning pasayishi foydani koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali foydani koʻpaytiradi. Shu sababli foydani koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda foydaning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab ortib, ularning bozor narxi oshsa, oʻz-oʻzidan va xarajatlardan qat’iy nazar, foyda ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi foyda koʻrish mumkin emas. Har qanday firma foydani eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, foyda mikdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi.
Foyda tashkilotning iqtisodiy rivojlanishining asosi bo'lib, ishlab chiqarish samaradorligini, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va sifatini, mehnat unumdorligi holatini, tannarx darajasini to'liq aks ettiradi. Shu bilan birga, bu tijorat hisobini kuchaytirish va ishlab chiqarishni intensivlashtirishga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Bozor munosabatlari sharoitida korxona maksimal foyda olishga, ya'ni korxonaga nafaqat o'z mahsuloti bo'yicha bozorda o'z savdo mavqeini mustahkam ushlab turishga, balki raqobat sharoitida o'z ishlab chiqarishining dinamik rivojlanishini ta'minlashga imkon beradigan hajmga erishishga intilishi kerak. Shuning uchun har bir korxona mahsulot ishlab chiqarishni boshlashdan oldin qanday foyda, qanday daromad olishi mumkinligini belgilaydi. Demak, foyda - bu tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi, uning yakuniy natijasidir.

Moliyaviy natijalar bu xo’jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o’ziga qarashli mablag’ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yo’li bilan aniqlanadi.



Download 147,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish