Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar.
Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmunga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruh-ga ajratiladi:
ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
ishlab chiqishga tegishli bo’lmagan ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
asosiy vositalar va ishlab chiqish ahamiyatiga ega bo’lmagan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lmagan boshqa xarajatlar.
ishlab chiqarishda ishlovchi xodimlarga hisoblangan ish haqi ko’rinishidagi xarajatlar
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari. Konserva mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Fayz” xususiy korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidagi ma’lum bir hisobot davrida sarflagan moddiy xarajatlari haqida ma’lumot:
-
№
|
Nomlanishi (schot)
|
o’lchov birligi
|
miqdori
|
narxi, so’m
|
summa
|
1
|
Karam (1010)
|
kg
|
10 000
|
150
|
1 500 000
|
2
|
Shakar (1020)
|
kg
|
1 500
|
4 800
|
7 200 000
|
3
|
Shisha idish (1060)
|
dona
|
3 500
|
1 600
|
5 600 000
|
4
|
Qopqoqchalar (1060)
|
dona
|
3 500
|
630
|
2 205 000
|
5
|
Sirka (40%) (1020)
|
litr
|
80
|
7 000
|
560 000
|
6
|
Tuz (1020)
|
kg
|
410
|
1 000
|
410 000
|
7
|
Ziravorlar (1020)
|
kg
|
25
|
20 100
|
502 500
|
8
|
Gaz (6990)
|
m/kt
|
270
|
450
|
121 500
|
9
|
Elektr energiya (6990)
|
kv.soat
|
800
|
380
|
304 000
|
10
|
Suv (6990)
|
m/kub
|
110
|
110
|
12 100
|
11
|
Oqova suv (6990)
|
m/kub
|
110
|
80
|
8 800
|
|
Jami:
|
|
|
|
18 423 900
|
Bundan ko’rinib turibdiki korxona ma’lum bir davr ichida o’z faoliyati davomida 18 423 900 so’mlik ishlab chiqarish moddiy xarajatlarini amalga oshirgan.
Ushbu xarajatlarni buxgalteriya ikki yoqlama yozuvida aks ettiramiz
-
debet
|
kredit
|
summa
|
2010
|
1010
|
1 500 000
|
2010
|
1020
|
8 672 500
|
2010
|
1060
|
7 805 000
|
2010
|
6990
|
446 400
|
Shu davr mobaynida mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar:
Asosiy ishlab chiqarishda ishlovchi xodimlarga hisoblangan ish haqi – 15 260 000
Ma’muriy xodimlarga hisoblangan ish haqi – 4 840 000 so’m
Hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy soliq hisoblandi – 2 412 000
Quyidagi xo’jalik muomalalarini buxgalteriya ikki yoqlama yozuvida akslantiramiz:
-
debet
|
kredit
|
summa
|
2010
|
6710
|
15 260 000
|
9420
|
6710
|
4 840 000
|
2010
|
6410
|
1 831 200
|
9420
|
6410
|
580 800
|
Ko’rib turganimizdek quyidagi xo’jalik muomalalarida xarajatlar ikki turda chegiriladigan (2010) va chegirilmaydigan (9420) xarajat sifatida akslantirilmoqda lekin ikkala xarajatniyam biz majburiyat (6710;6410) sifatida tan olamiz.
Korxonada foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblandi:
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga – 552 000 so’m
Ma’muriy maqsadlarda foydalanilgan asosiy vositalarga – 328 000 so’m
Mahsulotlarni sotishda ishtirok etadigan asosiy vositalarga – 110 000 so’m
-
debet
|
kredit
|
summa
|
2010
|
0200
|
552 000
|
9420
|
0200
|
328 000
|
9410
|
0200
|
110 000
|
Mahsulotlarni sotishda foydalaniladigan do’kon uchun to’lanadigan ijara haqi:
Ijara uchun – 1 100 000 so’m
-
debet
|
kredit
|
summa
|
9410
|
6910
|
1 100 000
|
Xususiy korxonaning hisobot davrida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tayyor mahsulotlari haqiqiy tannarxida omborga qabul qilindi.
-
debet
|
kredit
|
summa
|
2810
|
2010
|
36 067 100
|
Xususiy korxona hisobot davrida ishlab chiqargan mahsulotni haqiqiy tannarxida sotishga chiqardi va xaridorlarga shartnoma asosida 60 000 000 so’mga sotdi. Ushbu jarayonda mahsulotni yetkazib berish bilan bog’liq 600 000 so’mlik sotish xarajatlari yuzaga keldi. Yetkazib berish xizmatlarida “Na’muna” MCHJ xizmatlaridan foydalanildi.
-
debet
|
kredit
|
summa
|
9110
|
2810
|
36 067 100
|
4010
|
9010
|
60 000 000
|
9410
|
6010
|
600 000
|
Xususiy korxona aylanmadan olinadigan soliq to’lovchisi hisoblanadi. Belgilangan soliq stavkasi - 4%.
Hisoblash: 60 000 000 * 4% = 2 400 000 so’m.
Bu yerda korxona uchun foyda solig’i bilan bog’liq xarajat yuzaga keldi. Ushbu xarajatni hisobga olamiz:
-
debet
|
kredit
|
summa
|
9610
|
6410
|
400 000
|
Shu va shunga o’xshash boshqa xarajatlar korxona faoliyati davomida amalga oshiriladi va hisobga olinadi. Hisobot davri oxirida esa daromadlardan xarajatlar ayrilib hisobot davrining foydasi aniqlanadi. Foydaning aniqlanishini kurs ishimizning keyingi rejasida ko’rib chiqamiz.
Moliyaviy natijalar va ularni aniqlash hisobi
Foyda - tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi.
Bozorda narxlar oʻzgarmay kelgan taqdirda xarajatlarning pasayishi foydani koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali foydani koʻpaytiradi. Shu sababli foydani koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda foydaning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab ortib, ularning bozor narxi oshsa, oʻz-oʻzidan va xarajatlardan qat’iy nazar, foyda ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi foyda koʻrish mumkin emas. Har qanday firma foydani eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, foyda mikdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi.
Foyda tashkilotning iqtisodiy rivojlanishining asosi bo'lib, ishlab chiqarish samaradorligini, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va sifatini, mehnat unumdorligi holatini, tannarx darajasini to'liq aks ettiradi. Shu bilan birga, bu tijorat hisobini kuchaytirish va ishlab chiqarishni intensivlashtirishga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Bozor munosabatlari sharoitida korxona maksimal foyda olishga, ya'ni korxonaga nafaqat o'z mahsuloti bo'yicha bozorda o'z savdo mavqeini mustahkam ushlab turishga, balki raqobat sharoitida o'z ishlab chiqarishining dinamik rivojlanishini ta'minlashga imkon beradigan hajmga erishishga intilishi kerak. Shuning uchun har bir korxona mahsulot ishlab chiqarishni boshlashdan oldin qanday foyda, qanday daromad olishi mumkinligini belgilaydi. Demak, foyda - bu tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi, uning yakuniy natijasidir.
Moliyaviy natijalar – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o’ziga qarashli mablag’ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yo’li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |