O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 147,94 Kb.
bet3/7
Sana30.06.2022
Hajmi147,94 Kb.
#718381
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amirov Shohjahon kurs ishi Moliyaviy hisob va hisobot

Kurs ishining maqsadi: korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va foy-dasi bilan bog’liq tushuncha va ko’rsatkichlarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtiso-diy mazmunini ochib berish, chuqurroq tahlil qilish orqali korxonalar ishlab chiqa-rish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.


Kurs ishining predmeti. Korxonalarning foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi.


Kurs ishining ob’ekti. Bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatayot-gan turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan masalalar kurs ishining ob’ekti sanaladi.


ADABIYOTLAR SHARHI
O'zbekiston Respublikasi Qonuni "Buxgalteriya hisobi to'g'risida".-T.: O'zbekiston. 2016 yil
Ushbu qonunda taqsimlanmagan foydaning shakllanishigacha bo’lgan bosqichlar to’liq va tushunarli qilib keltirib o’tilgan. 14 – son “Xususiy kapital to’g’risida hisobot” BHMS da yetarlicha ma’lumot berib o’tilgan.
R.D.Do'stmuradov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya”, 2013 . 287-290 bet.
Darslik “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta’lim yo’nalishining namunaviy dasturi asosida yozilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoiti uchun aktivlarni baholash, kalkulyatsiyalash uslublari va ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jara-yonlarini so’ngida esa yakuniy moliyaviy natijalar taqsimlanmagan foyda xusu-siyatlari yoritilgan. Darslik barcha materiallar yangi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, jumladan buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida bayon qilingan.

    1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi.

Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (lorxona,firma) o’z faoli-yati natijalaridan ko’proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samarador-ligi darajasiga bog’liq.
Korxonalar faolioyat yuritish jarayonida moddiy pul xarajatlarini sarflay-dilar. Korxonalarning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng kata salmoqga ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqa-rish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalarda shuningdek, mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlari, ya’ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va boshqa) xarajatlari ham amalga oshiriladi.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy
mazmunga ko’ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:

  • moddiy xarajatlar;

  • asosiy vositalar amortizatsiyasi;

  • mehnatga haq to’lash bilan bog’liq xarajatlar;

  • ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;

  • boshqa xarajatlar.

Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining eng kata qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60-80 foizini tashkil qilishi mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

  • xomashyo va materiallar xarajatlari;

  • texnologik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i va energiya;

  • xarid qiluvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor mahsulotlar;

  • sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;

  • mashina va asbob uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;

  • boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;

  • xizmat davri 1 yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi aktivning eskirishi yoki har bir instrument, inventor, labaratoriya uskunalari va maxsus kiyimbosh uchun eng kam bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravar miqdorigacha qiymati;

  • tabiiy xomashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’gim va boshqa to’lovlar;

  • ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizligi tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar;

  • tabiiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxs mavjud bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar.

Amortizatsiya ajratmalari miqdoriga teng bo’lgan asosiy ishlab chiqa-rish aktivlarining eskirishi xarajatlarning yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy aktivlarining tezlashgan amortizatsiyasi va uning indek-satsiyasini kritish mumkin.
Mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar – korxonalarning asosiy ishlab chiqarish personali mehnatga haq to’lashga sarflanadigan xara-jatlar bo’lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofotlar, rag’bat-lantiruvchi va kompensatsiya to’lovlari, jumladan, qonunchilikda belgilangan me’yorlar chegarasida narxlarning o’sishi va indeksatsiya uchun to’lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo’lmagan, lekin asosiy ishlab chiqa-rishda band bo’lgan ishchilar uchun to’lanuvchi haqni o’z ichiga oladi.

Mazkur xarajatlar elementlari qatoriga quyidagilar kiritilgan:



  • amalda bajarilgan ish uchun ta’rif stavkalari, lavozim maoshlari va shu kabilar asosida to’lanuvchi ish haqi;

  • xodimlarga natural to’lov shaklida beriluvchi mahsulotlar qiymati;

  • ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beriluvchi mukofot va boshqa to’lovlar;

  • qonunchilikka asosan ba’zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va hokazolar qiymati;

  • har yillik mehnat va o’quv ta’tili uchun amalga oshiriluvchi to’lovlar;

  • korxonalarni tashkil qilish, shtatlar qisqarishi tufayli ishdan boshatilgan xodimlarga to’lanuvchi mablag’lar.

Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar nobudjet ijtimoiy fondlarga (nafaqa fondi, ijtimoiy sug’urta fondi, bandlik fondi va hokazo) ajratiluvchi mablag’larni anglatadi.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxidagi boshqa xarajatlar – qonunchilikda bel-gilangan tartibda maxsus nobudjet fondlarga o’tkazuvchi to’lovlar va soliqlar, yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdordagi chiqindilar uchun to’lovlar, korxona mulkini majburiy sug’urtalash; ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofotlar, qonunchilikda belgilangan stavkalarda kreditlar bo’yicha to’lovlar, mahsulotni sertifikatlash uchun bajarilgan ishlarga haq to’lash; qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo’yicha xizmat sarflariga haq to’lash, yog’inga qarshi kurash va qo’riqlash muassasalariga haq to’lash, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlar tanlashni tashkil qilish, aloqa xizmati, hisoblash markazlari, banklar xizmatiga haq to’lash; asosiy ishlab chiqarish aktivlarini ijaraga olganlik uchun haq to’lash; nomoddiy aktivlarning eskirishi va boshqalar.
Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati moddiy va mehnat xarajatlari bilan bog’liq. Xarajatlarning asosiy hissasi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’-ladi. Ishlab chiqarish jami xarajatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi va ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulot korxonaga qanchaga tush-ganini aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog’liq xarajatlarni ham amalga oshirishadi. Bunday xarajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki davr xarajatlari ham deyiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi nizom” ga muvofiq korxonalarning xarajatlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;

  • ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy imkoniyatidan olina-digan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xara-jatlar;

  • korxona umumxo’jalik faoliyatidan olinadigan foyda yoki zararni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo’yicha xara-jatlar;

  • favqulotda zararlar;




Download 147,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish