Mavuning dolzarbligi. Mahsulot tannarxi korxona yoki ishlab chiqarish birlashmasi moliya-xo‘jalik faoliyatining hamma tomonlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish tizimida birlashma va korxonalar faoliyatini baholashda foyda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich qilib olingan. Ammo bu mahsulot tannarxi ko‘rsatkichining ahamiyatini kamaytiradi, degan gap emas. Korxonalar-ning ishlab chiqarish-moliya rejasini tuzishda mahsulot tannarxi iqtisodiy ko’rsat-kichiga alohida ahamiyat beriladi.
Korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan e’tibor, muhim ustivor vazifani hal qilishda ishlab chiqarish resurslarini to’g’ri sarflash, belgilan-gan sarflash normativlariga rioya qilish, iqtisod qilish tartibini amalda keng qo’l-lash lozim. Shuning uchun hozirgi sharoitda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatisya qilishni to’g’ri tashkil qilishga kata ahamiyat berilmoqda.
Bugungi kunda korxonalar foydasini shakllanish jarayoni va uning taqsim-lanishi har bir birlashmada ishlab chiqarish hisobi va tannarxni to‘g‘ri tashkil qi-lishning imkoniyatlarini shakllantirgan holda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: av-valdan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologiya rejasining mavjudligi, zamo-naviy ishlab chiqarish talablariga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari me’yorining mavjud bo‘lishi, ombor xo‘jaligining to‘g‘ri tashkil qilinishi va ishlab chiqarish zarur o‘lchov asboblari va moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi, ishlab chiqa-rish xarajatlarining analitik schoti, kalkulyatsiya ob’ektlari hamda kalkulyatsiya birligini aniqlash, kalkulyatsiya moddalari, kompleks xarajatlar moddalari nomen-klaturasini ishlab chiqish, kompleks xarajat moddalarini kalkulyatsiya ob’ektlari o‘rtasida taqsimlash usulini tanlash muhim hisoblanadi.Ushbu holat mamlakatimiz hududida mahalliylashtirish dasturini jadallashtirishda eng muhim ustuvor vazifa-larni belgilaydi. Bu haqida mamlakatimiz sobiq rahbari I.A.Karimov mamlakati-mizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljal-langan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida quyidagicha to‘xtalib o‘tganlar: “Mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish borasida to‘plagan tajribamiz biz-ning tashqi omillarga bog‘liqligimizni kamaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorlarimizni zarur iste’mol tovarlari hamda butlovchi mahsulotlar bilan to‘ldi-rish, tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’-minlash, valyuta resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, aholi bandligi-ni ta’minlash bo‘yicha muhim rol o‘ynashini amalda tasdiqlamoqda”. Bu borda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda korxonalarda xarajat-larni hisobga, xarajatlarni to‘liq va ishonchli aks ettirish korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishini aniq maqsadga yo‘naltirish dolzarb vazifalardan biri ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |