MEXNATNI MUXOFAZA QILISH …………….....
|
|
|
XULOSALAR..................................................................................
|
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI .................
|
|
|
ILOVALAR.......................................................................................
|
|
KIRISH
Bugungi kunda muxtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev tomonidan mamlakatimiz aholisining oziq-ovqatga, chorvacilikni yuqori konsentratsiyali to’yimli ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish, shuningdek, sanoatni zarur xom-ashyolar bilan ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga katta axamiyat berilmoqda.
Jahon olimlari tomonidan qishloq xo’jaligi ekinlarining zararkunandalari tufayli yo’qotilayotgan hosilni saqlab qolish maqsadida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bo’yicha yirik ilmiy tadqiqotlar jadallashgan. Atrof muhitning globallashuvi jarayonida qishloq xo’jaligi ekinlarining zararkunandalariga qarshi ekologik sof kurash usullarini qo’llash yil sayin kengayib bormoqda. O’simliklarni biologik himoya qilish usullarida nanotexnologiyalarni yaratish va qo’llash bo’yicha Xitoy, Frantsiya mamlakatlarida yirik loyihalar ishlab chiqilgan.
Jaxonda atrof muhitning keskin o’zgarishi, inson tomonidan tabiatning shiddat bilan o’zlashtirilishi, o’sha joyga hos bo’lgan biotsenoz jonzotlarini butkul yo’qolib ketishiga olib kelmoqda. Bu esa qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda jiddiy xavf tug’dirmoqda. Albatta bu havfni oldini olish maqsadida insoniyat tomonidan turli tuman vosita va usullarni shiddat bilan qo’llanilishi ushbu arealga xos bo’lgan foydali organizmlarni qirilib ketishi bilan birga, biotsenozdagi bioxilma-xillik muvozanatining buzilishiga, atrof muhitning ifloslanishiga, ayrim zararkunandalarning keskin ko’payib ketishiga olib kelmoqda hamda issiqqonli jonzotlarga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi xodimlari va olimlari oldiga seleksiya ishlarini yaxshilash, qishloq xo‘jalik ekinlarining yuqori hosil beradigan, tezpishar, zararkunandalar va kasalliklarga chidamli navlarini yaratish, yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida hosildorlikni oshirish birinchi darajali axamiyatga molik vazifa qilib qo‘yilgan.
O’zbekiston Respublikasining «Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish to’g’risida»gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29 martdagi 148-son «O’simliklarni himoya qilish xizmati tuzilmasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifida Qiziriq tumanidagi ma’ruzasida qishloq xo’jaligi maxsulotlarini yetishtirishda biologik kurash usullarini rivojlantirish takliflari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida keng ko’lamli islohatlar olib borilib, qishloq xo’jaligi ekinlarini zararkunandalardan himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, Respublikamiz aholisining ortib borishi hamda eksport jarayonining jadallashishi tufayli yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va qo’llash dolzarb bo’lib qolmoqda. Jumladan Surxondaryo viloyatining ichki bozorlarida ortgan mahsulotlar eksportga yunaltirilmoqda.
Jumladan aholi jon boshiga yetarli mikdorda qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va iste’mol qilish bo’yicha eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish respublikada olib borilayotgan agrar siyosatning negizi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bozor munosabatlariga o’tish davrida barcha yetishtirilayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini jaxon bozor talablariga javob beradigan darajada sifat ko’rsatkichlariga ega bulishini taqazo etadi. Endilikda qishloq xo’jaligining barcha sohalarida islohatlar o’tkazilib, maxsulot yetishtirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |