Bog'liq Diplom ish Doiyorov Mansurbek alisher o\'g\'li (Автосохраненный)
3.2.Tadqiqotlarning joyi, ob’yekti va uslubi
Bitiruv-malakaviy ish mavzusi bo’yicha tadqiqotlar Angor tumanidagi “ Zang gilambob” MFY hududida joylashgan Tilovov Sarvarga qarashli shaxsiy tomorqa yer xo’jaligidagi 0.04 gektardan iborat issiqxona sharoitida olib borildi. Ushbu issiqxonada bodringning navi ekilgan.
Tadqiqotlarning ob’yekti sifatida bodring yetishtirilgan issiqxona sharoitida tarqalgan va katta iqtisodiy zararyetkazadigan bir necha turdagi zararkunandalar, ya’ni o’rgimchakkana (Tetranychus urtlcae Koch.), oqqanot (Trlaleurodes vaporarloum West) va o’simlik bitlari (Aphldldae), kuzgi tunlam (Agrotls segeturn Den.et Schltl), karadrina (Sphadoptera exigua Nb.), g’ovakhosil qiluvchi pashshalar (Agromyzidae) olindi.
Oddiyo’rgimchakkana(Tetranychis unticae Koch.)ning kechki ekilgan bodringda rivojlanishfenologiyasi Toshkent viloyati “Qo’yliq” agrofirmasi uch yillik ma’lumotlari ., (2020) asosida o’rganidi. Issiqxonada Bodring zararkunandalarini hisobga olish uchun esa dalaning ikki cheti va o’rtasidan tanlab olingan parallel qatorning 20 joyidan 5 tadan o’simlik, jami 100 ta o’simlik tanlab olinib hisob ishlari o’tkazildi.
Hisobga olish ishlarida ekin maydonlarining diagonali bo’yicha har 25 metrdan namuna olindi.
Barglarni zararkunanda bilan zararlanish darajasi – o’simlik qattiq zararlangan vaqti kuzatiladi.Hisoblashlar olib borishda kuzatiladigan maydonning 10 ta joyidan shaxmat usulida ekin maydoni bo’ylab joylashtiriladi va har bir o’simlik (kamida 100 ta) ko’zdan kechirildi.
Zararkunandalarning har bir fazasining rivojlanishi uchun kerak bo’ladigan foydali harorat yig’indisi Ye.D.Sanders va M.L.Pirs ishlab chiqqan formulasi bilan hisoblanadi (Spaxov, 2003).
SET = n· (t-x); n - rivojlanish kunlarining soni
t –rivojlanishi tugallanadigan harorat
x – rivojlanish bo’sag’asidagi harorat
t·x – foydali harorat
Entomofaglarni sonini aniqlash uchun (o’rgimchakkana va lichinkasi, oltinko’z lichinkasi) maydon hajmi 25x25sm bo’lgan namuna olinib, 1m² dagi o’rtachasi hisoblanadi.(Rekomendatsiya po uchyotu i vqyavleniyu vrediteley i bolezney selьskoxozyaystvennqx rasteniy, 1984).
Bodring ekini zararkunandalarining tabiiy kushandalarini o’rganish Korchagin (1996) va B.P. Adashkevich, E.Shiyko (1983) lar taklif qilgan uslubiy qo’llanmalar asosida olib borildi.
Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kimyoviy preparatlarni biologik samaradorligini o’rganishda umumiy qabul qilingan uslubiy qo’llanmalar (VIZR, 1986 va O’HQITI, 2004) hamda SH.Nurmatov va boshq.(2007) uslubiy qo’llanmalaridan foydalanildi. Zararli organizmlarga qarshi preparatlarning biologik samaradorligini aniqlash Abbot (1925) formulasiga asosan olib borildi.