Oʼzbekiston respublikаsi qishloq xoʼjаligi vаzirligi oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi toshkent dаvlаt аgrаr universiteti



Download 58,44 Kb.
bet3/8
Sana29.08.2021
Hajmi58,44 Kb.
#159313
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bekmuratov Satlimuratning Ish dasturi

I.2. Аdabiyotlar sharhi. Dunyoda bugungi kunda «dehqonchilikning butun tarixi mobaynida tuproqlardan notoʼgʼri foydalanish hisobiga insoniyat 2 mlrd. gektar unumdor yerlarni yoʼqotgan. Unumdor tuproqlarni yoʼqotish tezligi soʼnggi 50 yil ichida, oʼrtacha tarixiy yoʼqotishlar bilan solishtirganda 30 barobarga oshgan». Shularni hisobga olgan holda, sugʼoriladigan tuproqlardagi tuproq qoplamida gumus va oziqa moddalarning kamayishi, tuproq eroziyasining jadallashishi, shoʼrlanishning namoyon boʼlishi va boshqa salbiy jarayonlarni oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan tadbirlarni ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Oʼsimliklarni barg orqali oziqlantirish boʼyicha N.P.Malinkin (1960), N.S.Аvdonin (1960), А.Battalov (2004, T.P.Vays (2007), N. Oʼrazmatov (2008), B.X.Tillabekov (2009-2011; 2012-2014) va boshqalar ilmiy tadqiqotlarni olib borganlar. PSUEАITIda 2009-2011 yillar davomida QXА-7-015-I raqamli hamda QXА-9-016 raqamli davlat loyihasi asosida mineral oʼgʼitlar asosida tayyorlangan suspenziyalarni gʼoʼzadagi maqbul meʼyorlari va muddatlarini aniqlash borasida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Lekin bu tadqiqotlarda mikrobiologik oʼgʼit “Baykal-EM-1” oʼrganilmagan. Mikrobiologik oʼgʼitlarni gʼoʼza va boshqa ekinlarda samaradorligi boʼyicha asosan yuqorida bildirib oʼtilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, shuni taʼkidlab oʼtish kerakki, qishloq xoʼjaligida kimyoviy vositalardan toʼllaligicha voz kechib boʼlmaydi chunki u yoki bu turdagi zararkuranda (suspenziyalar), kasallik va begona oʼtlar paydo boʼlishi, oʼsishni tezlashtirish (stimulyatorlar) va boshqalar kimyolashtirishni talab etadi. Demak bu borada tayyor holdagi suyuq holdagi mikrobiologik oʼgʼit “Baykal-EM-1” ni gʼoʼzada samaradorligini oʼrganishda gʼoʼzani barg orqali qoʼshimcha oziqlantirishda qoʼllash maqsadga muvofiqdir.

Jahon miqyosida qishloq xoʼjaligining mahsuldorligini oshirish aholi jon boshiga yil sayin kamayib borayotgan ekin maydonlarini kengaytirish evaziga emas, balki hosildorlikni koʼpaytirish hisobiga amalga oshirish lozimdir. Shuning uchun butun dunyoda qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish yoʼnalishi tanlangan. Hozirgi zamonaviy sharoitlarda , oʼgʼitlarni tashish va tuproqqa solish xarajatlari doimiy ortishi paytida barcha tipdagi tuproq va qishloq xoʼjaligi ekinlarida qoʼllanilib kelinayotgan kontsentrlangan markadagi NP- va NPK oʼgʼitlarni tarkibiga mikroelementlarni qoʼshib ishlab chiqarishni koʼpaytirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

O.T.Karimov taʼkidlashicha biogumusni gektariga 10 tonna miqdori alohida yoki mineral oʼgʼitlarning N-150, P2O5-100, K2O-75 kg/ga birgalikda qoʼllanilganda goʼngni ekvivalent miqdoriga nisbatan tuproqdagi chirindi hisobiga, oʼsimlik oziqa moddalarni oʼzlashtirishi, oʼsishi, rivojlanishi va hosildorligiga taʼsiri aniqlangan.

S.А.Аripov maʼlumotiga koʼra sugʼoriladigan tuproqlarda kuzgi bugʼdoy yetishtirilganda oziqlantirish fonining ahamiyati katta ekanligiga eʼtibor berib, bugʼdoy 20 t/ga goʼng fonida N250P250K100 kg/ga berilganda don hosilining yuqori boʼlishini aniqlagan.

B.А.Gorlitskiy aytishicha maishiy chiqindilardan organik komponentlarni qayta ishlashning biologik qurilmasi qoʼllanildi. Biotexnologiya chiqindilarini mikroorganizmlarning aerob fermentatsiyalashni taxmin qiladi. Hosil boʼlgan xom biomassa kulьtivatolarda sanoat biogumusini olish uchun qizil kaliforniya chuvalchangi tomonidan qayta ishlandi. Qoʼshimcha sifatida parranda goʼngidan foydalanishni tavsiya etilgan.

V.N.Starodubtsevning olgan maʼlumotlariga koʼra oʼrmon xoʼjaligi mahsuloti hisoblangan yogʼoch chiqindilarining parchalanish jarayonini yuzaga keltiruvchi «Barkon» preparatini tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan. Biopreparat lignin parchalovchi zamburugʼlar (Penicillum, Trichoderma, Aspergillus) va bakteriyalar (Pseudamonas, Bacillus, Mycobacterium) kompleksidan iborat boʼlib, suyuq holda 30-40 mln. hujayra/ml da ishlab chiqariladi. Natijada gumus birikmalari komponentlarini tutuvchi organik oʼgʼit hosil boʼladi. Preparat qoʼllanilganda daraxtlar tanasining parchalanishi 2-3 oyga tezlashadi. Fuzarium oxysporium ning oʼsish va rivojlanish xususiyati namoyon boʼladi.

А.Yu.Vinarov va boshqalar maʼlumotlariga koʼra 23-28˚C harorat bilan goʼngga 70-90 soat davomida qayta ishlov berilganda uning tarkibidagi muhim oʼrin tutadigan past molekulali gumusli birikmalar hosil boʼladi. Natijada fermentatsiya va termik ishlovdan soʼng mahsulot tayyor boʼladi. Buning natijasida tuproq unumdorligini oshadi.

А.Yu.Vinarov va boshqalarning taʼkidlashicha ekologik toza mahsulotlar bilan hosildorlikni oshirish va tuproqni unumdor holda saqlab qolishning samarali yoʼllaridan biri, oʼsimlikni oʼsib rivojlanishini faollashtiruvchi birikmalardir. Mualliflar tomonidan oʼsimlik hujayrasi metabolizmi, pogʼona almashinuvi jarayonini tezlashtiruvchi hamda samarali taʼsir etadigan «Аktivit» bio qoʼshimchasi ishlab chiqilgan. Preparat tarkibiga oʼsimlik gibberellinlari, mikroelementlar kiradi. 100 m2 maydonga 10 g preparat solinadi. «Mikrokornevit» qoʼshimchasi esa azot-fosfor-kaliyli komponentlarning yengil oʼzlashtiruvchi, shakllarini toʼliq singdirilishiga, tuproqdagi bakteriyalarni faol biomassasini oʼstirishga asoslangan. Bioqoʼshimcha 1 tonna oʼgʼitga 150-200 ml dan to 1012 hujayra/ml gacha qoʼshiladi.

B.R.Ruchin va boshqalar maʼlumotlariga koʼra lavlagi qoldiqlarining tuproq bilan maʼlum bir aralashmasi goʼng chuvalchanglari tomonidan qayta ishlanadi. Buning natijasida hosil boʼlgan biogumus tarkibida 4,6-5,5% uglerod, gumin va fulvokislotalar uchraydi. Bu biogumus esa makkajoʼxori hosildorligini 16-18% oshirgan.

B.А.Gorlitskiy va boshqalar olib borgan tadqiqotlari boʼyicha bakteriyalar oʼsimlik rizosferasida faol ravishda koʼpayadi, tuproqdagi mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi hamda harakatchan fosfor, tuproq fermentlari (fosfataza, katalaza, ureaza) miqdorini 1,5-2,0 marta oshiradi. Yuqorida nomlari keltirilgan preparatlar qoʼllanilganda fosforli oʼgʼitlardan voz kechsa ham boʼladi degan xulosalarga kelingan va donli va sabzavot ekinlar urugʼlarini makrokapsulalash texnologiyasi va maqbul meʼyori ishlab chiqilgan. Makrokapsulalangan urugʼlar biokompost, biogumus, mikro-makroelementlar tutuvchi oziqali qobiq bilan oʼralishdan hosil qilingan. Qishloq xoʼjaligida makrokapsulalangan urugʼlarni qoʼllashning samaradorligi quyidagilarda namoyon boʼladi: urugʼlarning yuqori unuvchanligi, nihollarning tez oʼsishi, hosildorlik ortishi va organik mineral oʼgʼitlar qoʼllash miqdorining kamayishi natijasida urugʼlarni makrokapsulalash qurilmasining konstruktsiyasi ishlab chiqilgan.

Tuproq unumdorligini oshirish va ekologik toza biousullar boʼyicha quyidagi olimlar tadqiqotlar olib borishgan

«Grin-Pik» OАJ firmasi yomgʼir chuvalchanglari asosida biogumusni ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish shahobchalari quyidagilardan iborat; kompostlash (chuvalchanglar uchun yemak tayyorlash); onalik (yomgʼir chuvalchangi biomassasini yetishtirish); biologik fabrika (biogumus xom ashyosini ishlab chiqarish); quritish va separatsiyalash (tovar mahsulotini olish); qadoqlash va oʼrash; tayyor mahsulot omborxonasi. 1 tonna mahsulotning tannarxi Rossiya bozorida 1000 rubl, ichki bozordagi koʼtara narxi esa 6000 rubl (834000 sum). Yuqorida qayd etilgan usulda olingan biogumus tuproq hosildorligini oshiradi va yuqori sifatli oziq ovqat mahsulotlari olish imkonini yaratadi. Biogumusni sanoat miqyosida ishlab chiqarish samaralidir va uni har qanday qishloq xoʼjaligi sharoitidagi ishlab chiqarish bazasida yaratish mumkin

Sh.M.Mexmonov aniqlashicha kuzgi bugʼdoyning “Kupava” navini oziqlantirishda 30 t/ga goʼng ishlatilganda mineral oʼgʼitlarning meʼyorlari N180P90K60 kg/ga dan N150P70K50 kg/ga gacha kamaytirish mumkinligi aniqlangan. Chunki, goʼngning ushbu meʼyorida va mineral oʼgʼitlarning N150P70K50 kg/ga meʼyorida qoʼllanilganda don hosili 60 ts/ga gacha boʼlishi aniqlangan.

K.G.Magomedov va boshqalar maʼlumotlariga koʼra kuzda berilgan biopreparat yomgʼir va erigan qor suvlari orqali tuproq tarkibidagi azotni yuvib chiqaradi, nitrat esa havo harorati past boʼlganligi uchun tuproqda ushlanib qoladi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, bahorda tuproqqa berilgan biologik preparat don sifatiga ijobiy taʼsir koʼrsatishini aniqlagan. Qoʼllanilgan Baykal EM1 biopreparati kuzgi bugʼdoy hosidorligini nazoratga nisbatan 13,1 ts/ga oshganligini koʼrsatadi.

G.X.Nasriddinova taʼkidlashicha Tojikiston Respublikasining Farxod massivida tarqalgan sugʼoriladigan tipik boʼz va boʼz-oʼtloqi tuproqlariga mineral oʼgʼitlar va biopreparatlar qoʼllash orqali paxta hosiliga boʼlgan taʼsiri oʼrganilgan.

Qashqadaryo viloyatining sugʼoriladigan boʼz-oʼtloqi tuproqlari sharoitida kuzgi bugʼdoy yetishtirishda 30 t/ga goʼng fonida mineral oʼgʼitlarning N180P90K60 va N210P110K70 meʼyorlarini qoʼllash natijasida don hosili va sifatining oshishi bilan birga tuproq unumdorligining saqlanib qolishi va maʼlum miqdorda hosildorlik oshishi aniqlagan [3.21; 22-b.].

V.N.Starodubtsev biopreparat va mikrooʼgʼitlarning kuzgi bugʼdoy rivojlanishiga va hosidorligiga boʼlgan taʼsirini oʼrgangan.

А.X.Kulikova va boshqalar maʼlumotiga koʼra Rossiyaning tipik qora tuproqlari sharoitida kuzgi bugʼdoyga somon va “Baykal EM-1” biopreparatini qoʼshib, qoʼllanganda hosildorlik 0,14 t/ga dan 0,19 t/ga oshganligini aniqlagan. Tuproqning biologik holati va unumdorligini mustahkamlab borishda asosiy manba saprofit mikroorganizlar hayotiga chambarchas bogʼliqligi isbotlangan. Bu oʼrinda tuproqda mikroorganizmlar va mikrobiologik jarayonlar muhim vazifani bajarib kelgan. Jumladan, tuproqdagi organik moddalarning meʼyorida boʼlishi, azot qabul qiluvchi mikroorganizmlarning havodagi erkin holatdagi azotni oʼzlashtirishi, tufayli tuproqni biologik azotga boyitish xususiyatiga ega. Natijada mikrorganizmlar ishtirokida azot tuproqda toʼplanib qolmasdan, balki oʼsimliklarni, kaliy, fosfor elementlarining oʼsimliklar oʼzlashtiradigan holatga ham olib keladi. Buning natijasida oʼsimliklarni biologik azotga, yaʼni ekologik toza oziqalarga toʼyintirib keladi. Hozirgi kunda texnologiyalarning rivojlanishi tufayli sunʼiy yoʼl bilan ham mineral azotli oʼgʼitlar ishlab chiqariladi.

Ye.V.Dabaxova taʼkidlashicha parranda goʼnglaridan foydalanish azot miqdorining oʼzgarishiga taʼsir qilishi va oʼsimlik ildizidagi fosforning koʼpayishi aniqlangan. Parranda goʼngining koʼp miqdorda (50-90 kg/ga) qoʼllanilishi dukkak boshoqlilar aralashmasi va makkajoʼxori hosildorligini oshiradi. Аmmo shuni ham taʼkidlab oʼtish lozimki, parranda goʼngini koʼp miqdorda qoʼllash yem-hashaklardagi nitratlar va kaliyning ortiqcha miqdorida toʼplanishiga ham sabab boʼladi.

Ye.I.Pashkeevich va boshqalar maʼlumotlariga koʼra Rossiyaning koʼpgina agrosanoat regionlarida gumus umumiy zahirasining kamayishi aniqlangan. Mineral va organik oʼgʼitlarning bir vaqtda qoʼllanishi tufayli organik moddalarning ijobiy balansiga erishish mumkin. Tuproqdagi organik moddalarning mineralizatsiyalashida va parchalanishida mikroorganizmlarning majmuasi muhim ahamiyatga ega. Izlanishlar natijasida mualliflar tomonidan turli gumuslanish darajasiga ega boʼlgan kul rangli qumoq tuproqlarda organik uglerod oʼzgarishini saqlash viko-sulili aralashmalar oʼstiriladigan dalalarda oʼgʼitlarning qoʼllanilishida mikroblar birligi bilan oʼzaro bogʼliqligi oʼrganilgan. Mualliflar tomonidan gumusning miqdori kam (0,8%) boʼlganda, asosan goʼng qoʼllanilganda uglerod miqdorining koʼpayishi aniqlangan. Nazoratda gumus miqdori 3,2% boʼlgan sharoitda tajriba oʼtkazilganda uning kontsentratsiyasi 70% kamaygan, goʼngli variantda esa gumus miqdorining 71% oshishi kuzatilgan. Tuproqda oʼsimliklarning oziqlanishi uchun eruvchi mineral moddalar, namlik va issiqlik yetarli miqdorda boʼlganda tuproqdagi gumus miqdoridan ortishi ham mumkin. Gumus moddalarining kupayish jarayonida mikroorganizmlar muhim oʼringa ega. Siderat ekinlarni qoʼllash esa mikroorganizmlar miqdorining uch barobarga koʼpayishiga olib kelgan. Shuning bilan birgalikda mineral oʼgʼitlardan soʼng organik oʼgʼitlarni qoʼllanishida mikroorganizmlar soni nazoratga nisbatan ikki marta kamaygan. Organik birikmalar yetishmaydigan kul rang tuproqlarni sunʼiy ravishda boyitish, hususan undagi gumus miqdorini koʼpaytirish uchun koʼp miqdorda goʼng solish, mikroorganizmlar faoliyati uchun zarur boʼlgan yangi tuproq sharoitini yaratib beradi. Tuproqga mineral oʼgʼitlar bilan ishlov berilgandan keyin, goʼng bilan pichan qoʼshish va gumus miqdorining ortishida mikrobiologik jamlanmada ustun turuvchi vazifani zamburugʼlar egallaydi. Mikroorganizmlar organik birikmalarni SO2 va N2O gacha parchalaydi, lekin ular miqdorining koʼpayib ketishi ham maʼqul emas.

Ye.I.Sveshnikova va boshqalar rseudamonas turiga kiruvchi bakteriyalar asosida tayyorlangan biopreparatlar bilan bugʼdoy urugʼlarni ekishdan avval, ishlov berish qora kuya zamburugʼi tarqalishini kamaytiradi. Bunday biopreparatlarning samaradorligi 24,69-40,64% tashkil etadi. Bu biopreparatlar bugʼdoyni qorakuya zamburugʼidan himoya qilishda istiqboli biologik vosita hisoblanadi.

Qishloq xoʼjalik ekinlar yetishtirilayotgan unumdor tuproq fonlarini yaratishda yerga goʼng va boshqa organik oʼgʼitlar ishlatish, mineral oʼgʼitlarni meʼyorida qoʼllash almashlab ekish, yashil oʼgʼitlar, barcha turdagi organik qoldiqlar, foydali tuproq mikroflorasining faolligini oshirish hamda boshqa zarur agrotexnik tadbirlarni oʼz muddatida va meʼyorida qoʼllash alohida ahamiyat kasb etadi.

N.B.Kisilev va boshqalar maʼlumotlariga koʼra oʼsimliklarning oʼsish xususiyatini tezlashtiruvchi va tuproqning agrokimiyoviy koʼrsatkichlarini yaxshilovchi mukammal biooʼgʼit ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan. Biologik oʼgʼitning asosi boʼlib organik chiqindilarni chuvalchanglar tomonidan qayta ishlash natijasida hosil boʼlgan biogumus xizmat qilgan. Biooʼgʼitning mukammallashtirilgan shakli fitopatogenlarga qarshi samarali boʼlishi bilan birga issiqxonalarda yetishtiriladigan sabzavotlarni oʼsish-rivojlanish davrini tezlashtiradi. Nazorat variantiga nisbatan bodringning hosildorligi 41-59%, pomidorniki 41-52%, oshganligi kuzatildi. Biogumus va mikroorganizmlar asosida ishlab chiqilgan biooʼgʼit ekologik jihatidan xavfsiz boʼlib qishloq xoʼjalik fitopatogenlaridan himoya qiladi. U oʼsimliklarning oʼsish va rivojlanish jarayonlarini tezlashtiradi.

Biometanogenez usulida olingan organik biooʼgʼitlar (BMG) ni dala sharoitida gʼoʼza ekiniga qoʼllash boʼyicha tadqiqotlar 2007-2009-yillarda Toshkent viloyatining qadimdan sugʼoriladigan tipik boʼz tuproqlar sharoitida ToshDАUning tajriba maydonida N.J.Bakirov, M.M.Tashkuziev, F.X.Eshbekovalar (2010) tomonidan olib borilgan. Olingan maʼlumotlarga koʼra, labil gumus kislotalari tarkibida gumin kislotalari miqdorini fulьfokislotalarga nisbatan 2,0-2,5 marotaba ortib borishi va gumus hosil boʼlishi ijobiy tomonga yoʼnalganligi mineral oʼgʼitli va oʼgʼit qoʼllanilmagan nazorat variantlariga nisbatan mineral oʼgʼit fonida (N-150 R-125 K-75 kg/ga) gektariga 20 tonna hisobida goʼng va 5 hamda 10 tonna hisobida BMG (bio oʼgʼit) qoʼllanilgan variantlarda kuchliroq kechayotganligini koʼrsatadi hamda labil gumin kislotalari miqdori dastlabki yarim metrli qatlamda 2,00-2,80 oraligʼida boʼlib, gumatli va sof gumatli gumus tipi koʼrsatkichiga mos kelganligi aniqlandi.



  1. Download 58,44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish