O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ
XO‘JALIGI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
70812101 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi
mutaxassisligi bo‘yicha
Normaxmatov Samar Shuhrat o‘g‘lining
“HAR XIL EKISH USULIDA O‘STIRILGAN DORIVOR GREEK SHAMBALASI (Trigonella foenum-graecum) NAVLARINING HOSILDORLIGI”
(Surxondaryo viloyati Termiz tumani misolida).
mavzusidagi magistrlik
Ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha 2022 yil yanvar, fevral, mart oylari
H I S O B O T I
Termiz tumani–2022
|
H I S O B O T
“Har xil ekish usulida o‘stirilgan dorivor Greek shambalasi (Trigonella foenum-graecum) navlarining hosildorligi” (Surxondaryo viloyati Termiz tumani misolida) mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini bajarish bo‘yicha yillik ilmiy ishchi dastur, kalendar reja ishlab chiqildi. Bundan tashqari, tajriba qo‘yish rejasi tuzib chiqildi hamda dala va laboratoriya daftarlari tayyorlanib raqamlandi va muhrlandi.
Surxondaryo viloyati sharoitiga mos Greek shambalasi bo‘yicha adabiyotlar to‘plandi. Tajriba qo‘yish uslublari o‘rganildi va yanvar oyining 20 sanasida yerga ishlov berildi, aprel oyida ekiladigan maydonga agrotexnik ishlov berildi, begona o‘tlar ildizlari tozalandi, ekish sxemasi chizib olindi. Yerni ekin ekishga tayyorlash maqsadida tajribaga muvofiq organic va meniral o‘g‘itlar berildi.
Fevral oyining 19 sanasida yerga traktor yordamida har xil sxemada 70 sm, 60 sm, 80 smlik egatlar tortildi va 5 ta variantda 1 ta qaytariqda qilib yer tayyorlandi.
Bunda 1 takrorlashda bajariladigan variantlar tagma-tag qo‘yidi. Har delyankada 10 tadan qator mavjud bo‘ladi. Jami uzunligi 40 metr +10 metr (variantlar orasiga 2 tadan ariq uchun 2 m dan qoldirildi.) 70x30x1 sexemada tayyorlandi.
Birinchi variantga 2,1 kg fosfor, 1,2 kg kaliy
Ikkinchi variantga 2,22 kg fosfor 1,3 kg kaliy
To’rtinchi variantga 56 kg biogumus
Beshinchi variantga 84 kg biogumus solindi.
Ekinlar bo‘yicha adabiyotlar tahliliga va imkon qadar mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitiga mos navlarini tanlashga alohida e’tibor qaratildi.
Fevral oyining 26 sanasida Ilmiy tadqiqot institutidan Greek shambalasi urug’i olib kelindi. Mart oyining 2 sanasida Angor tumanidan biogumus olib kelindi, va shu kuni Termiz tumani Salovat mahallasidan 5 qop unumdor tuproq olib kelinib biogumus bilan aralashtrilib maxsus stakanchalarda pomidorning zakovat navi ekildi.
Bundan tashqari Greek shambalasini yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha adabiyotlar tahlili davom ettirilib, ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganildi hamda ulardan tadqiqot ishlarida foydalanish maqsad qilib qo‘yildi.
Fenugreek ekinlarining o'sishi fosforli o'g'itlarni qo'llash orqali sezilarli darajada oshadi
O'simlik noaniq o'sish odatiga ega va shuning uchun fizik va kimyoviy mutatsiyaga uchragan moddalar orqali hosil bo'lgan mutant populyatsiya aniq va tez o'sadigan odatlarga ega o'simliklarni yaratishda muvaffaqiyatli bo'lganligi xabar qilingan. Ekinga hasharotlar, zamburug'lar, bakteriyalar va biologik bo'lmagan kasalliklar, masalan, mikronutrient etishmasligi, suv toshqini, sho'rlanish, turg'un suv kabi bir qancha biologik omillar ta’sir qilgani aniqlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |