O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar inistituti


Sabzavotlardan o’rtacha suv bug’lanish tezligi, sutkada g/t



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/238
Sana23.01.2022
Hajmi2,5 Mb.
#404586
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   238
Bog'liq
Ўқув услубий мажмуа 20 йил

Sabzavotlardan o’rtacha suv bug’lanish tezligi, sutkada g/t 
(E.P. SHirokov, V.I. Polegaev ma’lumoti) 
Sabzavotlar 
Saqlash davri 
kuzda 
qishda 
bahorda 
Lavlagi 
650 
280 
480 
Sabzi 
550 
270 
480 
Piyoz 
480 
210 
420 
Karam 
800 
630 
700 
Kartoshka 
290 
170 
290 
Meva va sabzavotlarni saqlash uchun sun’iy  usulda sovutgichlarda va tabiiy usulda ventilyatsiya 
tashqi havo yordamida muzlatiladi. Meva va sabzavotlarning muzlashi 0,5 dan 3

S gacha  yuz beradi. 
Mevalarning muzlash harorati ular tarkibidagi suvning miqdoriga bog’liq. 
Mevalar  qanchalik  tez  sovitilsa  zararli  mikroorganizm-larning  rivojlanishi  va  biokimyoviy 
jarayonlar sekinlashadi, natijada mahsulotning saqlanish muddati uzayadi va nobudgarchilik kamayadi. 
Muzlatishda meva va sabzavotlar tarkibidagi suv turli muddatlarda muzlaydi. Avvalo erkin suv, ya’ni 
hujayra  oralig’idagi  suv  keyin  esa  hujayra  tarkibidagi  suv  muzlaydi.  Kichik  idishlardagi  va  to’kma 
qilib joylangan mevalar, hajmi kichik mevalar odatda tez muzlaydi. 
Ko’pincha  qattiq  muzlatish  natijasida  hujayralarning  suvsizlanib  qolishi,  oqsillar  va  plazmaning 
hamda  boshqa  kolloid  moddalarning  qaytarilmaydigan  kaogulyatsiyasi  natijasida  mevalar  nobud 
bo’ladi. Mexanik shikastlangan mevalar ularning sovuqdan nobud bo’lishini kuchaytiradi. 
Meva  va  sabzavotlarning  issiqlik  xossalari  ham  ularni  saqlashda  muhim  ahamiyatga  ega.  Ular 
issiqlikni  va  haroratni  yomon  o’tkazishi  bilan  xarakterlanadi.  SHu  sababli  hamda  g’ovakligi  katta 
bo’lganligi uchun ular juda sekinlik bilan soviydi va isiydi. 
Meva va sabzavotlarning issiqlik va harorat o’tkazuvchanligi yomon bo’lganligi uchun omborlarda 
o’z-o’zidan  qizish  jarayoni  paydo  bo’ladi  va  natijada  saqlanayotgan  mahsulotning  bir  qismi 
yo’qotiladi.  
Omborlardagi havoning harorati, namligi meva va sabzavotlarni saqlashda ularning issiqlik ajratib 
chiqarish  tezligiga  bog’liq.  Meva  va  sabzavotlarning  issiqlik  ajratib  chiqarish  xususiyati  nafas  olish 
tezligiga bog’liq u ajralib chiqadigan karbonat angidrid miqdoriga qarab hisob qilinadi. 
Meva  va  sabzavotlarning  tarkibida  suv  ko’p  bo’lganligi  sababli  ularning  issiqlik  sig’imi  baland. 
Odatda  meva  va  sabzavotlarning  issiqlik  sig’imini  hisoblashda  undagi  suvning  miqdori  hisobga 
olinadi. Masalan, pomidorning tarkibida  86% suv bo’lsa, uning issiqlik sig’imi 860 kkal/t 

S ga teng 
bo’ladi.  Meva  va  sabzavotlarning  issiqlik  sig’imini  va  undan  ajralib  chiqadigan  issiqlik  miqdorini 
bilgan  holda  ombordagi  mahsulotning  harorati  qanchalik  oshganligini  hisoblash  mumkin.  Masalan, 
kartoshka saqlanadigan omborda issiqlik ajralib chiqishi 15

S da sutkasiga 570 kkal/t ga teng bo’ladi. 
Issiqlik sig’imi esa agar  tuganakda 85% suv bo’lsa, 850 kkal/t°S bo’ladi.  Bunda kartoshka uyumida 
haroratning oshishi sutkasiga 570:850q0,67°S ni tashkil qiladi. 
Meva  va  sabzavotlar  haroratining  oshishini  aniqlash  orqali  biz  qaysi  vaqtda  shamollatish 
zarurligini  bilishimiz  mumkin.  Aks  holda  haroratning  oshishi  issiqlik  ajralib  chiqishi  va  nafas  olish 
jarayonini tezlashtiradi.  Oqibatda o’z-o’zidan qizish jarayoni avj olib ketadi. SHu bilan birga, bunda 
mikroorganizmlarning rivojlanishi ham tezlashadi. 
Meva va sabzavotlarni omborlarga joylashtirishda ularning mexanik  pishiqligi  asosiy  ko’rsatkich 
hisoblanadi. 
Meva  va  sabzavotlarning  mexanik  pishiqligi  deganda  ularning  bir  sm
2
  iga  ta’sir  ko’rsatganda 
solishtirma  qarshiligi  tushuniladi  va  kg/sm
2
  bilan  o’lchanadi.  Meva  va  sabzavotlarning  solishtirma 


12 
 
qarshiligi  ularning  bir  qator  xossalariga,  strukturasining  pishiqligiga,  qattiqligiga,  og’irligiga  va 
o’lchamlariga bog’liq. Masalan, kartoshkaning solishtirma qarshiligi 17 dan 25 kg/sm
2
 gacha bo’ladi. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish