motor va sekretor funksiyalarning izdan chiqishi bilan o’tadi. Mo’ynali hayvonlar
orasida keng tarqalgan kasallik bo’lib, ko’pincha diareya bilan o’tadi. Buzilgan,
zararsizlantirilmagan oziqalarning hazm kanali bo’ylab tez o’tishi tufayli boshqa
hayvonlarga nisbitan mo’ynali hayvonlarda gastroenterit qisqa vaqt ichida (4-6
Kelib chiqishiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi, kechishiga ko’ra, o’tkir va
surunkali, yallig’lanishining xarakteriga ko’ra, kataral, yarali va gemorragik kabi
turlari farqlanadi. Hamma turdagi mo’ynali hayvonlar, asosan yosh hayvonlar
kelmaydigan oziqalarni (ipak qurti pillasining lichinkasi, krapiva, yog’larning
ortiqchaligi, maydalanmagan oziqalar), kimyoviy konservantlar bilan ishlangan
Sobollarning gastroenterit bilan kasallanishiga ularni ochiq qoldirilishi sabab
7
Ikkilamchi gastoenteritlar ko’pchilik yuqumli kasalliklar (kolibakterioz,
salmanellyoz, o’lat, askaridioz va b.) asorati sifatida rivojlanadi.
Belgilari. Ishtaha yomonlashadi yoki yo’qoladi. Qayd qilish, dipressiya va
diareya kuzatiladi. Tezak shakllanmagan, suyuq, shilimshiq modda, gazlar
aralashgan, ko’kimtir och binafsha, ko’k yoki qo’ng’ir rangda, tezaklash aktlari
tezlashgan bo’ladi. To’xtovsiz ich ketishi oqibatida to’g’ri ichak tashqariga
chiqishi mumkin. Teri qoplamasi hurpayadi. Gemorragik gastroenterit tez
rivojlanib, tezakga shilimshiq aralashgan, suyuq holda, ko’pincha tezak dyogat
rangida bo’ladi. Kasallangan hayvonlarda qon aralash qayd qilish, holsizlanish,
shilliq pardalar anemiyasi va sianozi, chanqoqning kuchayishi qayd etilib
ko’pincha bir sutka ichida o’lim kuzatiladi.
Tashxisi. Gastroenterit paytida tezakning rangi va konsistensiyasining
o’zgarishi xarakterli bo’ladi. Lekin birlamchi gastroenteritlarni ayrim yuqumli
kasalliklardan farqlash lozim. Kolibakterioz bilan asosan 1-10 kunlik,
salmonellyoz bilan 3 haftalik va undan katta yoshdagi hayvonlar kasallanib, katta
yoshdagi hayvonlarda diareya kuzatilmaydi.
O’lat paytida ich ketishi bilan bir vaqtda kon’yuktivit, rinit va dermatitlar
kuzatiladi.
Davolash. Sifatsiz oziqalar berish to’xtatiladi, rasionga asidofilin, ABK,
bakterin kabilar kiritiladi. Sobollar rasioniga yaxshi pishmagan olma qo’shilishi
yaxshi natija beradi. Oziqalar bilan antibiotiklar (tetrasiklin, neomisin, streptomisin
va boshqalar) preparatlari, sulfanilamidlar 3-7 kun davomida kuniga ikki marta
beriladi. Degidrotasiyani kamaytirish maqsadida 20%-li glyukoza eritmasi (10-80
ml), 20% li kamfora yog’i (0,5-1 ml), oqsili gidrolizatlar (0,5-20 ml) teri ostiga
inyeksiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: