Tashxis rasionlarni tahlil qilish hamda qondagi gemoglobin miqdorini
aniqlash asosida qo’yiladi. Qondagi gemoglobin miqdorining 20 g/l gacha
kamayishi anemiyaning rivojlanishidan dalolat beradi.
Davolash. Kasallangan hayvonlarga 0,5-1 ml/kg dozada ferroglyukin,
ferrodeks yoki boshqa temir saqlovchi preparatlar muskul orasiga inyeksiya
qilinadi. Shuningdek, simptomatik davolash sifatida oqsil gidrolizatlari, glyukoza,
V
2
, S va A vitaminlari tavsiya etiladi.
Profilaktikasi. Tarkibida trimetilaminoksid saqlovchi baliqlarni rasionning baliq
go’shti qismidagi miqdori katta yoshdagi hayvonlar uchun 35%, yosh hayvonlar
uchun esa 50% dan oshmasligi kerak. Anemiyaning oldini olish uchun temir
saqlovchi preparatlardan foydalaniladi.