29
Mavzu: Kanakunjutning morfobiologik hususiyatlari va navlarining farqli
belgilari
Reja:
1. Kanakunjutning axamiyati va ekilish tarixi.
2. Botanik ta’rifi va biologik xususiyatlari.
3. Kanakunjut navlarining qimmatli xo’jalik belgilari.
4. Kanakunjut kasalliklari.
5. O`zbekistonda ekish uchun tavsiya etilgan kanakunjut navlarining tavsifi.
Tayanch iboralar:
kanakunjut, texnik moy,
alkaloid, ko’sakchasi chatnaydi, bir
yillik, ko’p yillik, past bo’yli, baland bo’yli, ko’sakchasi tikonli.
Darsga kerakli o’quv vositalari:
rangli plakatlar,
jadvallar, kanakunjutning ko’sakchasi, urug’lardan namunalar,
slaydlar, kadoskop.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Abdukarimov D.T. – «Dala ekinlar xususiy seleksiyasi»
Toshkent. 2007
2. Yormatova D, Xushvaktova X.S. – «Moyli ekinlar» «Zarafshon nashriyoti» 2008.
3. Moshkina V.A. – M. Kolos. 1980. 352 s.
4. Texnichiskiy kulturi. – M. Agropromizdat 1986.
5. Oripov R., Xalilov N.X. – O`simlikshunoslik. Toshkent 2007.
6. www.VNIIMK@mail.ru – Sorta kleshevini.
Asosiy tushunchalar
1 savol.
Kanakunjut urug’ida 47 -59 % qurimaydigan moy saqlaydi. Urug’ida
moy ikki xil usulda issiq va sovuq preslash yo`li bilan ajratib olinadi.
Kanakunjut
urug’lari avval qizdirilib keyin shuvalansa, texnika maqsadlarida ishlatiladigan moy
olinadi. Urug’ni sovuq holda zichlab siqish yo`li bilan kastor moy olinadi.
Bugungi
kunda texnika taraqqiy etgan mamlakatlarda kastor moyi qimmatbaho xom ashyo
hisoblanadi. Uning moyi boshqa o’simlik moylaridan tarkibi va hossalari bo’yicha
katta farq qiladi. U benzinda kam eriydi. 12-18 C0 haroratda ham qotib qolmaydi.
Kanakunjutning moyidan olif tayyorlansa, u olifning saqlanish muddati 4 yilga boradi.
Oddiy oliflar esa bor yoьg’i bir yarim yilda saqlanuvchanligini yoьqotadi.
Bundan
tashqari undan plasmasa buyumlar olishda foydalaniladi. Kanakunjut Shimoliy
Kavkaz va Ukrainaning janubiy viloyatlarida yaxshi hosil beradi. Janubiy Qozog’iston
va Markaziy Osiyo Respublikalarida ham yuqori hosil beradi. Bu o’simlik issiq
joylarda yaxshi o’sib, sug’oriladigan mintaqalarida undan gektariga 18-33
sentnergacha hosil olsa bo’ladi. Kankunjutning kelib
chiqish va tarqalishiga oid
maьlumotlar quyidagilardan iborat. O’simliklarning kelib chiqishini markazlarini ko’p
o’rgangan olim Dekandolning fikricha “Mestoproizxojdeniye kulturi rasteniye”
kitobida kanakunjut Afrikada kelib chiqqan. Afrika qitьasida bu o’simlikning turli
xillarini uchratish mumkin. Masalan, Hind okeani qirg’oqlarida uning daraxsimon (5-
10 m balandlikdagi) yirik mevali turlari o’sadi. Kanakunjut Afrikadan Osiyoga, undan
30
Yevropaga va undan Amerika qitasiga tarqaladi. Hozirgi kunda kanakunjut yer yuzida
hamma joyda uchraydi. I.A.Minkeyyevichning 1952- yil kitobida Turkistonda
mahalliy tabiblar uning urug’idan juda oldindan dori-darmonlar tayyorlashganlar.
Kanakunjut O’zbekistonda 1930-1935 yillarda ekilgan. Bundan tashqari 1974-1975
yillarda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida Butun
Rossiya moyli ekinlar ilmiy
tadqiqot institutining navlari ekilgan bo’lib, bizning sharoitda yuqori hosil berishi
isbotlangan. Biroq, hosilni yig’ishtirish uchun kombaynlarning bo’lmaganliklari
tufayli
keyingi
yilarda
ekilmagan.
Kanakunjut
moyi
raketasozlikda,
samoliyotsozlikda, kemasozlikda eng yaxshi surkovchi moy hisoblanadi. Dunyoning
barcha mamlakatlarining farmasevtika sanoati va texnikada kastor moyiga talab katta.
Kanakunjut urug’larining moy miqdori ko’p, moyni urug’dan
ajratish oson, ammo,
moy tarkibida zaxarli ritunus alkaloid bo’lganligi sababli u isьtemol qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: