to’rtdan
uch qismi, qishloq xo’jalik xom ashyosining anchagina qismi moddiy-texnika
ta’minoti sohasi orqali o’tadi. Moddiy sarflar xozirgi vaqtda jami ijtimoiy mahsulotning
yarmidan ko’pini tashkil etadi.
Moddiy-texnika ta’minoti xalq xujaligidagi tovar-pul munosabatlarining asosiy shakli
hisoblanadi. Bu jarayonning xarakterli belgilari rejali va umumdavlat miqyosida tashkil
etilishidir.
Qishloq va suv xo’jaligi korxonalari sanoat
ishlab chiqarishi moddiy
mablag’larining yirik iste’molchilari hisoblanadi. Bunga: mashinalar, o’g’itlar, yonilg’i-
moylash materiallari kiradi. Gidromelioratsiya tizimlarini qurish ko’p miqdorda qurilish
materiallari konstruktsiyalar va metal sarflarini talab qiladi. Ekspluatatsion va ta’mirlash suv
xo’jaligi tashkilotlari xom ashyo, yonilg’i va boshqa materiallar bilan uzluksiz ta’minlab turishni
taqozo etadi.
Moddiy texnika ta’minoti jarayoni ishlab chiqarishga muhim ta’sir ko’rsatadi.
Korxonalarni zarur moddiy resurslar bilan uzluksiz ta’minlab turish ishlab chiqarish
maromiyligiga va oborot mablag’larni aylanishi jadallashishiga yordam beradi.
Moddiy texnika ta’minotining to’g’ri tashkil etilishi ishlab chiqarishning texnika
darajasi
oshishiga yordam beradi, korxonalar ishining iqtisodiy ko’rsatgichlari va moliyaviy
xolati yaxshilanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, moddiy-texnika ta’minotining yaxshi
yo’lga qo’yilgan ishi ishlab chiqarish samaradorligi oshishining shartidir.
Agrosanoat kompleksi moddiy-texnika ta’minoti
Avtomobillar,
transport, qG’x
mashinalari va ishlab
chiqarish
yo’nalishidagi
tovarlar
savdosi uyushmasi
Ehtiyot
qismlar
savdosi
uyushma-
lari
O’g’itlar, zaharli
ximikatlar va
boshqa ximiya
mahsulotlari
savdo
uyushmalari
Ombor
xo’jaligida
savdoni tashkil
qilish uyushmasi
Qishloq xo’jalik
ob’ektlarini uskuna
bilan
komplektlash
birlashmalari
Moddiy texnika ta’minoti organlari yetkazib beruvchi korxonalar bilan
iste’molchilar o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi. Ta’minot organlarining asosiy
vazifasi — korxonalar va tashkilotlarni barcha zarur moddiy resurslar bilan o’z vaqtida
uzluksiz va komplektli tarzda ta’minlab turishdir.
Ta’minot organlarining asosiy vazifalari quyidagilardir:
korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish vositalariga ehtiyojlarini to’g’ri
aniqlash;
moddiy resurslarni ayrim iste’molchilar o’rtasida oqilona taqsimlash;
ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazib
berishni har ikkala tomonlama jadallashtirish;
mehnat va mablag’larni
juda kam sarflab, korxonalarni o’z vaqtida uzluksiz va
kompleksli ta’minlab turish;
qurilish va ishlab chiqarish uzluksizligini hamda maromiyligini ta’minlash uchun
zarur davlat rezervlari va ishlab chiqarish zapaslarini yig’ish;
materiallar xarajatini ilg’or me’yorlarini belgilash yo’li bilan ishlab chiqarish
vositalarini tejash rejimiga yordam berish.
Moddiy-texnika ta’minotiga rahbarlik qilishda moddiy-texnika ta’minoti bosh
boshqarmalari va sotish bo’limlariga ega bo’lgan respublika vazirliklari katta rol o’ynaydi.
Qishloq va suv xыjaligi vazirligi ishlab chiqarish texnika ta’minoti birlashmalari
Qishloq va suv xыjaligi vazirligi ishlab chiqarish texnika ta’minoti viloyat (o’lka) birlashmalari.
Viloyat (o’lka)
tayyorlash bazasi
Тumanlararo
birlashmalar
Ixtisoslashgan
birlashmalar
Qishloq va suv xo’jaligi
korxonalari
Vazirliklar tarmoqni rivojlantirishga ajratilgan moddiy resurslarni boshqaruvchilar
hisoblanadi. Ular quyidagi rejali funktsiyalarni bajaradilar: korxonalar va tashkilotlardan
moddiy resurslarga buyurtmalar oladilar, ularni to’g’riligini tekshiradilar va tarmoq
bo’yicha qo’shma
buyurtmalar tayyorlaydilar, ajratilgan fondlarni idoraga bo’ysinuvchi
korxonalar va tashkilotlarga taqsimlaydilar. Materiallar yetkazib berish hamda ulardan
foydalanishni nazorat qilishni ta’minlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: