Qishloq xo’jaligi moddiy-texnika ta’minoti muomala chiqimlarining ancha yuqori
darajasi xo’jaliklarni yetkazib beruvchi sanoat korxonalari va temir yo’llarda juda uzoqligi,
mamlakat territoriyasi bo’yicha savdo omborlari hamda bozorlarning keng shahobchasini
saqlash zarurati bilan aniqlanadi.
Ta’minot-sotish tashkilotlari muomala chiqimlarining strukturasi,
sarflarning
harajatlar mayda moddalaridan tashkil topadigan quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Omborlar, bazalar va magazinlar xarajatlari
Transport xarajatlari;
Ombor xarajatlari;
Noishlab chiqarish xarajatlari;
Boshqa xarajatlar.
Birlashma va boshqarma xarajatlari.
Bosh boshqarmalar va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi xarajatlari.
Franko - stantsiya yo’nalishi korxonalari belgilangan tovarlarni tashib berish
xarajatlari.
Ta’minot sotish tashkilotlari ta’minot ombor shaklida ishlab chiqarish vositalari
muomalasi chiqimlarini qoplash uchun korxonalar narxlariga ustamalar belgilaydilar,
tranzit shaklida ulgurji korxonalardan skidka oladilar. Bu ustama va skidkalar ta’minot
tashkilotlariga foydani ta’minlab beradi. Ombor ustamalari
ishlab chiqarish texnika
yo’nalishidagi realizatsiya qilinadigan tovarlar qiymatining esa 0,15 dan 0,5% gachasini
tashkil etadi.
Muomala chiqimlarini kamaytirish ta’minot - sotish tashkilotlari rentabelligini
oshirishning muxim omili hisoblanadi.
Muomala chiqimlari kamayishiga ta’sir o’tkazadigan omillar orasida katta ulush
transport harajatlarini kamaytirish bilan bog’liqdir.
Shuning uchun buyurtmalarni
korxonalar bo’yicha to’g’ri joylashtirish va transport tashkilotlarini oqilona tanlash
muomala chiqimlarini kamaytirishga yordam beradi.
Tovarlarni baza va omborlarda qayta yuklash - tushirishlarini har tomonlama
kamaytirish harajatlar kamayishiga olib keladi. Ta’minotning tranzit shakli mahsulot
muomalasi jarayonini jadallashtirishi va muomala chiqimlarini kamaytirishi shubhasizdir.
Ta’minot organlari ombor shaxobchasidagi yuklash-tushirish
ishlarini kompleks
mexanizatsiyalash, saqlash va realizatsiya qilish, shuningdek unumsiz xarajatlar sarflarini
kamaytirish muomala chiqimlarini kamaytirishning muhim rezervi hisoblanadi. Tovar
oboroti hajmini ko’paytirish moddiy-texnika ta’minoti
soxasida muomala chiqimlari
darajasini pasaytirishning asosiy rezervlaridan biridir.
Moddiy-texnika ta’minoti tarkibini yanada takomillashtirish, paralel ishlaydigan
tashkilotlarni tugatish, ma’muriy boshqarish xodimlarini
sonini va ularni saqlash
xarajatlarini kamaytirish muomala chiqimlarini kamaytirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: