O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Mashinalar unumdorligi oshishi omillari va mexanizatsiyalashgan ishlar



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/112
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#495394
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112
Bog'liq
сув

9.4. Mashinalar unumdorligi oshishi omillari va mexanizatsiyalashgan ishlar 
tannarxini kamaytirish 
 
Suv xo’jaligi va qishloq xo’jaligi korxonalaridagi texnikadan yuqori unum bilan 
samarali foydalanish katta xalq xo’jalik ahamiyatiga egadir. Melioratsiya-qurilish 
mashinalari parkidan foydalanishni yaxshilash asosiy ishlab chiqarish fondlarini 
samaradorligini oshirishning, qishloq xo’jalik yalpi mahsulotini ko’paytirishning muhim 
vositasidir. Melioratsiya mashinalaridan qancha unumli foydalanilsa suv xo’jaligi va 
melioratsiya ishlari shuncha tez bajariladi, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar tannarxi 
shuncha kam hamda ularni amalga oshirish rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi. 
Mashinalardan oqilona foydalanish ko’p omillarning birgalikda amal qilishiga 
bog’liq bo’ladi. Bu barcha omillarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin. 
Birinchi omil-mashinalarning texnik va konstruktiv parametrlaridir. Hozirgi 
sharoitda mashinalar sifatini oshirish eng muhim va xal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. 
Unumdorlik, puxtalik, chidamlilik singari texnik parametrlarning oshishi birgalikda katta 
iqtisodiy samara beradi. Masalan, dvigatelning motoresursini 15% oshirish xalq xo’jaligi 
nuqtai nazaridan dvigatellar parkini qo’shimcha mehnat sarflarisiz va dvigatellar ishlab 
chiqaruvchi korxonalarini kengaytirishga qo’shimcha kapital qo’yilmalarsiz yana shuncha 
oshirishga tengdir. 
Melioratsiya mashinalarining ayrim quvvatini oshirish unumdorlik o’sishiga va 
mexanizatorlar soni kamayishiga, mashinalar metall sig’imi pasayishiga yordam beradi. 
Bu parametrlarning o’zgarishi katta iqtisodiy samara bilan yakunlanadi. 
Sug’orish kanallari qurilishida maxsus rotor ekskovatorlarning qo’llanishi mehnat 
unumdorligini 3-4 baravar oshirish, ulushli metall sig’imi va energiya sig’imini 1.5-2 


baravar, tuproq ishlov berish tannarxini 1.2 baravar kamaytirish hamda ishlar madaniyati 
va sifatini o’stirish imkonini beradi. 
Melioratsiya mashinalarining sifati oshganda iste’molchilarning ekspluatatsion 
sarflari, kamayadi. Mashinalarning puxtaligi oshishi natijasida ta’mir xarajatlari tejaladi, 
texnik nosozliklar tufayli to’xtab turishlar qisqaradi. Bu texnikadan foydalanish 
samaradorligini oshiradi. 
2005 yilgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlarda chiqariladigan 
mahsulot barcha turlar sifatini qat’iyan yaxshilash, hozirgi davr talablariga javob 
beradigan buyumlar assortimentini kengaytirish va ishlab chiqarishni ko’paytirish, oliy 
kategoriyali mahsulotning uni chiqarishning umumiy miqdoridagi ulushini o’stirish 
zarurligi ko’rsatib o’tilgan. 
Melioratsiya mashinalaridan samarali foydalanishga ta’sir ko’rsatadigan omillarning 
ikkinchi guruhiga ularni ishlatishning tashkiliy–iqtisodiy shart-sharoitlari kiradi. Ular 
texnikadan yuqori unumli foydalanishning xal qiluvchi va belgilab beruvchi shartlaridir. 
Quyidagilarni shulardan eng muhimlari deb xisoblash kerak: 
Korxonalarni yuqori malakali mexanizator kadrlar bilan ta’minlash darajasi; 
Mashinalarni ishlatishning oqilona tashkiliy shakllari; 
Ishlab chiqarish jarayonlari va mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish natijasida 
mashina ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash; 
Mashinalarga texnika xizmati ko’rsatish va ularni ta’mirlashni oqilona tashkil qilish. 
Melioratsiya texnikasini ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda to’plash shu texnika 
unumdorligini 
oshirishning 
muhim 
shartidir. 
Melioratsiya 
qurilish 
texnikasini 
ixtisoslashtirilgan trestlarda va mexanizatsiya boshqarmalarida to’plash ishlarini bajarishni 
uyushtirishni yaxshilashga, qurilish sifatini yaxshilash va muddatlarini qisqartirishga
texnika xizmati ko’rsatishni hamda mashinalar va uskuna ta’mirini yaxshilashga yordam 
beradi. 
Mashinalardan foydalanishning uchinchi omili ishlab chiqarish jarayoni kechadigan 
tabiy sharoitlardir. Melioratsiya mashinalarining unumdorligi tuproqlar, yer uchastkasining 
shakli va boshqa tabiy sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Melioratsiya mashinalari unumdorligini belgilaydigan barcha omillar ish birligi 
tannarxiga ham ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun mexanizatsiyalangan ishlarning 


haqiqatdagi ekspluatatsion chiqimlari va tannarxining pasayishiga mashinalarni texnik 
smenalari sonini ko’paytirish, smena ichida to’xtab turishlarni kamaytirish, texnikadan 
foydalanish unumdorligini oshirishga ta’sir o’tkazadigan barcha omillardan foydalanish 
qoidalariga rioya qilish natijasida erishiladi.



Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish