Suv resurslari tanqisligi sharoitida suvdan foydalanishning tez ortib borishi suv
iste’molchilarini zarur miqdorda sifatli suv bilan ta’minlashga ancha sarflarni talab qiladi.
Shunga qaramay suv iste’molchilari suv xo’jaligi tashkilotlari
sarflarini hamma vaqt ham
qoplayvermaydi.
Suv xo’jaligida bozor iqtisodi munosabatlarini joriy etish suv xo’jaligi chiqimlarini
bevosita suv iste’molchilariga o’tkazishni: suv xo’jaligi korxonalari chiqimlarini qoplashni
suv xo’jaligi korxonalarining foyda olishini ko’zda tutadi.
Suv iste’moli tariflari o’z iqtisodiy tabiatiga ko’ra narx turi bo’lib, narx hosil qilish
asoslari sifatida qabul qilingan umumiy nazariy qoidalar bo’yicha belgilanishi kerak. Lekin
bu borada suv tarifini hisoblash uslubiyoti bo’yicha ham, uni olish printsiplari bo’yicha
ham yagona fikr yo’q.
Suv iste’mol qilish tarifi (Sv) suv resurslarini o’rganish, baholash va saqlash
xarajatlari (Zno), dare oqimini tartibga solish va qayta taqsimlash sarflari (Zrech) hamda
suv xo’jaligi tizimlarini (Zsis) o’z ichiga oluvchi jami sarflariga ko’ra belgilanadi:
SvqZioQZrechQZsis
Jami sarflarining dastlabki ikkitasi suv manbai bo’yicha xarajatlarga taalluqlidir. Suv
balansi yetarli rayonlarda tartibga solingan oqim bo’lganida
tarifga suv resurslarini
o’rganish va saqlash xarajatlarigina kiritiladi. Suv resurslari tanqis bo’lgan mintaqalarda
oqim tartibga solinadigan bo’lsa, suv manbai bo’yicha barcha xarajatlar tarifga kiritiladi.
Suv xo’jaligi tizimlarining yillik ekspluatatsion chiqimlari manbadan suv olish va
uni tizim boshidan istemolchi xo’jalik nuqtasigacha yetkazib berish bilan bog’liqdir. Suvga
tarif belgilashda ekspluatatsion sarflarni moddiy xarajatlar, amortizatsiya ajratmalari va ish
haqiga bo’lish lozim.
Suv narxi rejali narxlar hisobining qabul qilingan formulasiga ko’ra belgilaniladi.
Sug’oruv suvi tarifini belgilash uchun suv xo’jaligiga
nisbatan formulani quyidagi
ko’rinishda yozish mumkin.
SvqZnoQZrechQZmQZzn(1QR)QEnFem,
bunda Sv-sug’oruv suvining 1m
3
tarifi tiyinG’m3:
Zno-suv resurslarini o’rnatish, baholash va saqlash umumdavlat xarajatlari,
tiyinG’m
3
,
Zrech-daryo oqimini tartibga solish va qayta taqsimlashning me’yoriy sarflari, tiyinG’m
3
,
Zm-sug’orish tizimining me’yoriy moddiy sarflari tiyinG’m
3
,
Zzn-sug’orish tizimi ish haqining me’yoriy xarajatlari tiyinG’m
3
,
R-ish haqiga propotsional hisoblanadigan irrigatsiya tizimini foydasining me’yori:
Yen-ishlab chiqarish fondlariga proportsional hisoblanadigan RPUVX foydasining
me’yori,
Fem-sug’orish tizimi suvining fond sig’imi, tiyinG’ m
3
,
Oqimni tartibga solish xarajatlari suv manbalarining o’rtachalashtirilgan haqiqatdagi
ma’lumotlari bo’yicha olinadi. Moddiy va mehnat sarflari KG’SXT sug’oruv
suvini
kalkulatsiyalash asosida aniqlanadi. Bunda 3-5 yillik o’rtachalashtirilgan ma’lumotlar
olinadi.
Sug’oruv suvi ta’rifini belgilashda ish haqi fondi ishlab chiqarish fondlaridan
olinadigan me’yoriy foydalarni aniqlash, ayniqsa, murakkabdir. Suv xo’jaligi
tashkilotlarining me’yoriy foydasi (P)ishlab chiqarish fondlariga haq to’lash me’yorlari
(Ppf) korxona fondiga ajratmalari me’yorlari (Pfp), moddiy rag’batlantirish fondlari hosil
qilish me’yorlari (Pmp) va uy-joy hamda madaniy maishiy qurilish fondi me’yorlari (Pjk)
dan tarkib topadi:
PqPpfQPfpQPmpQPjk
Sug’oruv suvining fond sig’imi sug’orish tizimi ishlab chiqarish jami o’rtacha yillik
balans qiymatining suv berish rejali hajmiga nisbati tarzida aniqlanadi.
3
2
/
Q
Фоб
n
м
тийин
Фос
Фем
bunda:
Fosn-sug’orish tizimi asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha
yillik balans qiymati,
so’m:
Fob-sug’orish tizimi me’yorlanadigan asosiy mablag’larining o’rtacha yillik qiymati so’m,
Q
2
-suv berishning rejali miqdori, m
3
:
Shunday qilib, suv iste’mol qiluvchi xo’jaliklarga berilgan suv haqi KG’SXTning
sug’orish manbaidan suv olish, suvni tizim boshidan xo’jalik nuqtasigacha yetkazish bilan
bog’liq sarflarni qoplashi hamda me’yoriy foyda olishni ta’minlashi kerak.
Suv tariflarini belgilashda suv xo’jaligining tabiiy va geografik omillarini,
shuningdek yuqori fond sig’imini hisobga olish lozim.
Tabiiy va geografik sharoitlar ta’siri suvning mamlakat havzalari hamda mintaqalari
bo’yicha moddiy va mehnat sarflarini ancha farqlanishida namoyon bo’ladi. Bu narsa
narxlar mintaqalar bo’yicha tabaqalanishini belgilash zaruratini tug’diradi.
Tariflar tizimi puxta bo’lishi va suvdan oqilona foydalanishni rag’batlantirish
vazifasini bajarishi kerak. Tariflar suv tejalganligi uchun narxdan imtiyozli skidkalarni va
suv resurslaridan ular tanqisligi sharoitida oqilona foydalanganlik
uchun ustamalarni
ko’zda tutishi lozim.
Iqlim mintaqalari xilma-xilligi va ekinlarining sug’orish mintaqalari bo’yicha suv
iste’moli keskin tebranib turishi tufayli suv berish haqini to’lashning asosiy shakllari
sifatida bir stavkali va ikki stavkali tariflar qabul qilinishi mumkin.
Qishloq xo’jalik ekinlarining suv iste’moli yillar bo’yicha o’zgarmaydigan O’rta
Osiyo uchun xo’jalik nuqtasida berilgan kub metr suv haqi to’lanadigan bir stavkali tarif
belgilash maqsadga muvofiqdir. Sug’orish me’yorlari tushgan yeg’inlar miqdoriga bog’liq
bo’lgan barqaror va kam namli mintaqalarda ikki stavkali tarif belgilash zarur bo’ladi.
Bunday shaklda haqining bir
qismi olingan suv miqdoriga, ikkinchi qismi esa
sug’oriladigan maydonga bog’liq bo’ladi. Gektarga ko’ra haq to’lash QG’SXT
ekspluatatsion chiqimlarining shartli barqaror qismiga asoslanadi. Suv miqdoriga haq
to’lash esa ishlab chiqarish chiqimlari shartli o’zgaruvchan qismi bilan belgilanadi.
Ikki stavkali tarif sug’oruv suvidan tejab foydalanishnita’minlaydi va suv xo’jaligi
tashkilotlarini pul bilan ta’minlash barqarorligini kafolatlaydi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki,
suvdan foydalanish uchun haq to’lash suv resurslarini ancha tejash
imkonini beradi va ishlab
chiqarish sarflari samaradorligi oshishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: