Yerlar melioratsiyasi iqtisodiy samaradorligining o’sishi bu maqsadlarga eng kam
sarflar qilib, eng ko’p qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni olishga
erishishdan iboratdir.
Kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan asosiy maqsad
mehnat va mablag’larni eng kam sarflar, eng ko’p samara olishni ta’minlaydigan kapital
qo’yilmalarning eng tejamli variantlarini tanlab olishdir. Bu narsa investitsion
jarayonlarining barcha bosqichlari kapital qo’yilmalarni loyihalash va rejalashtirish,
gidromelioratsiya tizimlarini ishga tushirish bosqichlarida
melioratsiya iqtisodiy
samaradorligi asosini tashkil etadi.
Melioratsiyaga kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini
yanada takomillashtirish muammosi iqtisod fanidagi muhim muammolardan biridir.
Melioratsiya qurilish ko’lamlari ortib borgani sari uning ahamiyati oshadi.
Melioratsiyaga kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qishloq
xo’jalik ishlab chiqarishi va melioratsiya fondlarining xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Birinchi xususiyat shundan iboratki, melioratsiyaga kapital qo’yilmalarning
samaradorligi melioratsiyalangan yerlardagi qishloq xo’jaligi natijalariga ko’ra aniqlanadi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining samaradorligi, o’z navbatida, xo’jalik va moliya
faoliyatining ko’p tomonlari orqali namoyon bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayoniga va uning natijalariga iqtisodiy hamda tabiiy omillar ta’sir
ko’rsatadi.
Takror ishlab chiqarishning iqtisodiy jarayoni tabiiy
jarayon bilan chambarchas
tutashib ketadigan qishloq xo’jaligida yer o’z xususiyatlariga ega bo’lib, kapital
qo’yilmalar samaradorligi muammosi boshqa tarmoqdagilarga nisbatan ancha murakkabroq
hal etiladi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari yerdan, ish kuchi va moddiy
mablag’lardan foydalanish samaradorligini xarakterlovchi o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar
belgilanishini talab qiladi. Ancha yuqori samaradorlikka mehnat unumdorligi oshishi
bilan
birga yer gektari hisobida mahsulot chiqishi ham ko’payib borgandagina erishiladi. Yerlar
melioratsiyasi samaradorligi o’sishining xususiyatlari shundan iboratdir.
Yerlar melioratsiyasi iqtisodiy samaradorligi mohiyatini aniqlashni maydon birligidan
mahsulot birligiga eng kam moddiy va mehnat sarflari bilan sifati yaxshilangan qishloq
xo’jalik mahsulotini eng ko’p ishlab chiqarish sifatida ta’riflash mumkin.
Melioratsiyaga
kapital qo’yilmalar iqtisodiy samarasi asosiy fondlar boshqa turlariga bir yo’la sarflar bilan
o’zaro harakatda namoyon bo’lishi ikkinchi xususiyatdir. Melioratsiya fondlari
dehqonchilikning hosil taqdiri birinchi galda bog’liq bo’lgan omillariga ta’sir o’tkazsada,
lekin ular boshqa ishlab chiqarish fondlaridan alohida ajratib olingan holda dehqonchilik
mahsulotini yaratish jarayonida qatnasha olmaydi. Melioratsiya fondlari yer bilan qo’shilib
ketib, qishloq xo’jalik jarayonida yer, suv va boshqa ishlab chiqarish fondlari bilan
birgalikda amal qiladi.
Samara melioratsiya tizimi yerlar o’zlashtirish va ishlab chiqarish yo’nalishidagi
qishloq xo’jaligi fondlari bilan ta’minlashga bir yo’la sarflar jami harajatiga ko’ra
aniqlanadi. Sof suv-melioratsiya tadbirlarining agrotexnika tadbirlaridan ajratilgan holda
hosildorlikka ta’sirini alohida ajratib bo’lmaydi.
Melioratsiyalashni o’tkazishga kompleks yondashish qishloq xo’jalik
ishlab
chiqarishi samaradorligining o’sishiga olib keladi. Agromelioratsiya kompleksining eng
ko’p samaradorligi barcha ishlab chiqarish omillarining optimal nisbatidagi yig’indisida
namoyon bo’ladi. Ob’ektiv baholashni melioratsiyalangan yerlardan foydalanishga
kompleks yondashishgina ta’minlaydi.
Melioratsiyaga kapital qo’yilmalar erishiladigan natijalarga darhol ta’sir etmasligi,
sarflar bilan samara o’rtasidagi vaqt mobaynida uzilish bo’lishi uchinchi xususiyatdir. Suv
xo’jaligi ob’ektlari, odatda, bir necha yil ichida quriladi hamda melioratsiyalanadigan
yerlar ham bir qancha yillar mobaynida o’zlashtiriladi. Melioratsiya samaradorligini
oshirish uchun qurilishni va yerlarni qishloq xo’jalik yo’li bilan o’zlashtirishni
jadallashtirish katta ahamiyatga ega bo’ladi. Shuning uchun
iqtisodiy samaradorlikni
aniqlashda muvakkat laglarni-qurilish lagi va o’zlashtirish lagini xisobga olish zarur.
Qurilish lagi-asosiy fondlarga avanslangan kapital sarflar muddati bilan ulardan
olingan samara o’rtasida bo’ladigan vaqtdagi uzilishdir. U tugallanmagan ishlab
chiqarishda qurilish davridagi kapital qo’yilmalarni «ishga solmay turish» bilan aniqlanadi.
Qurilish lagining kattaligi ob’ekt qurilishi davomiyligiga va qurilish yillari bo’yicha kapital
qo’yilmalar o’zlashtirilishi summalariga bog’liq bo’ladi.
O’zlashtirish lagi-asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi bilan
melioratsiyadan to’la (loyihali) samara olinishi o’rtasida bo’ladigan vaqtdagi uzilishdir.
Yerlarni o’zlashtirish qurilishni tugallamasdan avval boshlash mumkinligiga
qaramay, dastlabki yillarda loyihadagi hosilni qariyb olib bo’lmaydi. Gidromelioratsiya
tizimlarini ilgari qishloq xo’jalik oborotidan ishlatilgan yerlarda qurilish dehqonchilik
tizimining texnologik va tashkiliy xo’jalik asoslarini ancha qayta qurishga olib keladi.
Bunga esa muayyan vaqt talab qilinadi.
O’zlashtirish lagining davomiyligi ishga tushirilgan maydonlarni o’zlashtirish
intensivligiga, tuproqlar tipi va qishloq xo’jalik korxonalari ixtisoslashuviga bog’liq
bo’ladi. Lekin gidromelioratsiya tizimlari va maydonlarni qishloq xo’jaligi yo’li bilan
o’zlashtirish ishlarini bir vaqtda olib borishda kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligini
oshirish uchun ancha ko’p sharoitlar yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: