114
Pasayish foizi
Рв
Рв
Тр
100
100
Bunda:
Рт
- mahsulot (ish) sermehnatligining bazis
davridagiga nisbatan pasayishi,
%;
Рв
- ishlab chiqarishning bazis davridagiga nisbatan o’sishi %;
Mehnat unumdorligi o’sishining foizi sermehnatlilik pasayishi foiziga to’g’ri kelmaydi:
birinchisi doimo ikkinchisidan ortiq bo’ladi.
Ish vaqtini rejalashtirish va uchetga olish amaliyetida mehnatning, ya’ni bevosita
texnologiya jarayonida (Ttx) band bo’lgan xodimlar mehnatining to’ppa–to’g’ri sarflari
to’g’risidagi ma’lumotlar qabul qilinadi. Xizmat ko’rsatish (Tob)
va ishlab chiqarishni
boshqarish (Tun) xodimlarining mehnat sarflari bevosita sarflarga kiritiladi. Shuning uchun
mahsulot (ish) ishlab chiqarish to’la sermehnatligi Tpol tarkibiga barcha ishlab chiqarish
xodimlari mehnat sarflarining summasi qo’shiladi.
Туп
Тоб
Ттх
Тпол
Mahsulot (ish) to’la sermehnatligi jonli mehnat unumdorligi darajasini eng aniq bilib
olish
imkonini beradi, chunki u to’ppa-to’g’ri va bevosita sarflarni o’z ichiga oladi. Shuning
uchun to’la sermehnatlikni pasaytirish mehnat sarflarini ishlab chiqarish jarayonidagina emas,
balki boshqarish sohasida ham qisqartirishni nazarda tutadi.
Mehnat unumdorligini hisoblashda ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ishning miqdori
o’lchashning ishlab chiqarish dasturi belgilanadigan birliklarida ifodalanadi. Suv va qishloq
xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish) hajmi o’lchashning tabiiy birliklarida (t; ga; Mz;
dona va xokozo) o’lchashning shartli tabiiy birliklarida (shartli mahsulot,
etalon yumshoq
haydov ozuqa birliklari va hokazo) hamda qiymat ko’rinishida belgilanadi.
Mehnat unumdorligini tabiiy ko’rinishida o’lchash usuli eng oddiy va puxta usuldir.
Tabiiy ko’rsatkichlardan mehnat unumdorligi, mahsulot yoki ishlar ayrim turlarini belgilashda
keng foydalaniladi. Tabiiy shaklda mahsulot chiqarish hajmi bir turli mahsulot ishlab
chiqaradigan korxonalar uchun belgilanadi. Xo’jaliklararo sug’orish tizimlarini ishlatish
boshqarmalarida asosiy ishlab chiqarish faoliyati bo’yicha mehnat unumdorligining faqat tabiiy
ko’rsatkichlarigina hisoblanadi: suv olish hajmi va suv berish hajmi xodim hisobidagi kub
metrlarda, sug’oriladigan maydon yuklamasi xodim boshiga hisoblanadi.
Nasos
stantsiyalaridagi mehnat unumdorligi ham bir xodim hisobidagi kub metrlarda berilgan suv
hajmi bilan o’lchanadi. Suv xo’jaligi qurilishi tashkilotlarida yer ishlari hajmi xodim hisobidagi
115
kub metrlarda belgilanadi. Sug’oriladigan va zahi qochirilgan yerlardagi dehqonchilikda
mehnat sarflari mahsulot sentneriga kishi-soatlarda hisoblanadi. Korxona ichida ish joylarida,
brigadalar va ayrim uchastkalarda mehnat unumdorligini o’lchashda natural usul keng tarqaldi.
Yerlarni melioratsiyalash qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining
sermehnatligini ancha
oshiradi. Sug’orish tizimlarini ishlatishda mehnatning anchagina sarfi kanallarni loyqalar va
o’simliklardan tozalash hamda suv chiqarish ishlari xissasiga to’g’ri keladi.
Sug’orishdagi mehnat unumdorligi sug’orish usuli va texnikasiga bog’liq bo’ladi.
Yuzaki sug’orishda ishlab chiqarish ko’p darajali bir sug’oruvchiga beriladigan suv sug’orish
oqimi bilan belgilanadi. Sug’oruvchi smenali ish unumdorligi quyidagi bog’liq holda
belgilanadi.
Vsm
Do'stlaringiz bilan baham: