Asosiy adabiyotlar.
1. A.S.Sultonov, S.Xo’jayev, D.Minin. «Sug’oriladigan yerlar suv xo’jaligi
ekonomikasi». Toshkent «Mehnat», 1999.
2. A.Abdug’aniyev, A.A.Abdug’aniyev. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti». O’zbekiston
yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent. 2004.
3. F.K.Kayumov. Effektivnost APK v usloviyax perexoda k ro’nku. Moskva, IPO.
«Poligron», 1992.
106
V Bob
.
Suv xo’jaligida kadrlar, mehnat unumdorligi va ish haqi
5.1. Suv xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlash
Kishilar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi kuchlar asosini tashkil etadi.
Bunda kishilar ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng aktiv qismi hisoblanadi. Ular ishlab
chiqarish taraqqiyotiga hal qiluvchi ta’sir o’tkazadilar, tabiiy boyliklarni o’zlashtiradilar, yangi
texnika yaratadilar va ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtiradilar.
Faqat jonli mehnatgina moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqaraoladi va mahsulot
ishlab chiqarishni ko’paytirishning asosiy manbai hisoblanadi. Kishilarning mehnat faoliyatiga
qarab chiqilayotganda asosiy narsa mehnatning o’zi emas, balki uning natijaliligi yoki
unumdorligidir.
Mehnat xarakterini ishlab chiqarish munosabatlari belgilaydi, uning mazmuni esa
moddiy-texnika bazasi taraqqiyoti darajasiga bog’liq bo’ladi. Suv va qishloq xo’jaligidagi
mashina texnikasining muttasil takomillashtirilishi va ishlab chiqarish texnologiyasining
industriyalashtirilishi kadrlar tegishli tarkibi hamda malakasini shartlaydi.
Melioratsiya va suv xo’jaligining yuqori mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish
sharoitida kadrlarning roli ancha o’sadi. Birinchidan, suv xo’jaligidagi hozirgi ishlab chiqarish
vositalari kadrlar mahsus tayyorlangandagina o’zlashtirilishi mumkin. Ikkinchidan, murakkab
gidrotexnika inshootlari yaratilishi hamda mashinalar birligi quvvatining oshishi ishlatish
jarayonini murakkablashtiradi. Bu esa xodimlar malakasi darajasini oshirishni talab etadi.
Uchinchidan, mehnat vositalaridan foydalanish kadrlar malakasi darajasi va ularni to’g’ri
joylashtirilishiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari qishloq xo’jalik korxonalaridagi melioratsiya
ishlarida ko’plab injener-gidrotexniklar, texnik-melioratorlar, agronomlar, mexanizatorlar,
sug’oruvchilar va boshqa xodimlar ishlamoqda. Qishloq xo’jalik korxonalarining melioratsiya
ishlarida band bo’lgan xodimlar soni davlat ekspluatatsion tashkilotlari xodimlari sonidan bir
necha baravar ko’pdir.
Suv xo’jaligi ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalari kadrlari quyidagi ikki
guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish xodimlari va noishlab chiqarish xodimlari. Ishlab chiqarish
xodimlari bajariladigan ishlar xarakteriga ko’ra, o’z navbatida, quyidagi kategoriyalarga
bo’linadi: ishchilar, injener-texnik xodimlari (ITR), xizmatchilar, kichik xizmatchi xodimlar va
soqchilik xodimlari (MOP).
107
Ishchilar kategoriyasiga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvchi xodimlar
kiradi. ITR boshqarish, ishlab chiqarishga tashkiliy-rejali rahbarlik funktsiyalarini bajaradi.
Xizmatchilarga uchyot, ta’minot, sotish kadrlar tanlash va hokazo funktsiyalarni bajaruvchi
xodimlar kiradi. MOP boshqarishga maishiy va texnika xizmati ko’rsatish bilan shug’ullanadi.
Noishlab chiqarish sohasi xodimlari uy-joy kommunal xo’jaligi, bolalar bog’chalari,
klublar, yordamchi xo’jaliklarga xizmat ko’rsatadi. Ular ishlab chiqarish faoliyatiga taaluqli
bo’lmagan ishlarni bajaradi.
Texnika taraqqiyoti rivojlanib borgani sari suv-melioratsiya xo’jaligida ishlab chiqarish
xodimlari tarkibi o’zgarmoqda. Ekspluatatsion melioratsiya tizimlari xodimlarining xususiyati
shundan iboratki, ITRning ulushi ancha yuqori, ular ùissasi sanoat va qurilishda 9% bo’lgani
ùolda bu yerda 17% ni tashkil etadi.
Ekspluatatsion suv xo’jaligi tashkilotlari malakali xodimlarining soni doimo o’sib
bormoqda. Ishchi kadrlarning sifat tarkibi ham o’zgarmoqdaki, bu ularning malakasi o’sishi
bilan birga bormoqda. Ishchi mexanizatorlar, operatorlar va boshqa xodimlar ulushi darajasi
ko’tarildi.
Ishlab chiqarish jamoasi tarkibi, malakasi va aktivligi quyi darajada mehnat va ishlab
chiqarishni tashkil qilish usullari hamda shakllariga bog’liqdir. Suv melioratsiya ishlab
chiqarishidagi xodimlarning mehnat faoliyati o’z xususiyatlariga egadir:
-suv-melioratsiya xo’jaligidagi mehnat sharoiti ishlab chiqarish vositalarining xudud
bo’yicha tarqoq joylashganligi bilan shartlangandir. Bu esa mehnat jarayonlarini ancha
murakkablashtiradi.
-suv-melioratsiya ishlab chiqarishida mehnatni fond bilan yuqori darajada
ta’minlanganligi bilan ajralib turadi. Bu esa xodimlarning melioratsiya fondlaridan oqilona
foydalanish uchun ma’suliyatini ancha oshiradi:
1. Suv-melioratsiya xo’jaligini ishlatish ancha murakkab mehnat jarayonidir, shuning
uchun bu yerda injener-texnik xodimlar ùissasi boshqa tarmoqlardagiga nisbatan ancha
yuqoridir:
-Davlat sug’orish tizimlari suv xo’jaligi ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligi tabiiy
ko’rsatkichlardagina o’lchanadi. Bu narsa sug’orish suvi suvdan foydalanadigan xo’jaliklarga
tekin berilishini bildiradi.
2. Xo’jaliklararo sug’orish tizimlari ishlatish xodimlari mehnatni rag’batlantirish
(mukofatlar) qishloq va suv xo’jaligining jami ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi.
108
Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlash va joy-joyiga
qo’yish suv xo’jaligini tashkil etish hamda boshqarish ishlarining eng muhim qismidir.
Suv xo’jaligi va yeralarni melioratsiyalash korxonalari uchun o’rta malakali xodimlar
gidromelioratsiya kollejlarida, shuningdek gidromelioratsiya bo’limlari bo’lgan qurilish va
qishloq xo’jalik kollejlarida tayyorlanadi.
Melioratsiya va suv xo’jaligi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar TIMIda va
gidromelioratsiya fakulteti bo’lgan Andijon qishloq xo’jaligi institutida tayyorlanadi.
Yosh mutaxassislar tayyorlash bilan birga melioratsiya institutida suv xo’jaligi injener-
texnik va rahbar xodimlari malakasini oshirish fakultetlari ham tashkil etilgan.
Qishloq va suv xo’jaligi korxonalarini kadrlar bilan ta’minlash, xodimlar tayyorlash va
ular malakasini oshirish mehnat resurslaridan rejali foydalanishga asoslanadi. Bunda suv
xo’jaligi tashkilotlarini ish kuchi bilan to’ldirish asosan qishloq xo’jaligi mehnat resurslarini
qayta taqsimlash evaziga amalga oshirilmoqda.
Prezident I.A. Karimov O’zbekiston kadrlar tayyorlashda yuqori natijalarga erishgan
bo’lsada, haqiqatda o’z kasbini yaxshi egallagan kadrlarni topish qiyinligini ta’kidlab o’tdi.
Bunga sabab turg’unlik davrida kadrlar tayyorlashning asosiy ko’rsatkichi ―yalpi mahsulot‖
rejasini bajarish bo’lganligidir. Hozirgi vaqtda mamlakatda kadrlar tayyorlash sifatini yanada
oshirish maqsadida ―milliy kadrlarni tayyorlash‖ dasturi ishlab chiqildi. Bu dastur asosida kadr
tayyorlash, ayniqsa chet el o’quv yurtlarida ta’lim olayetgan yoshlar mamlakatimizda ishlab
chiqarishni bozor iqtisodi qonunlari asosida rivojlantirishni tashkil qiladilar. Hamma joyda
ishlab turgan xodimlarni kadrlar siyosatini qayta qurish ruhida qayta tayyorlash lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |