47
Qishloq xo’jaligida sug’oruv suvidan foydalanish yerdan foydalanish bilan uzviy
bog’liqdir. Suvning iste’mol qiymati sug’orma dehqonchilikning
pirovard natijalari hisobga
olingan holdagina ko’rib chiqilishi mumkin. Ishlab chiqarish vositasi bo’lgan suvning qiymati
ishlab chiqarish jarayonidan ajratilsa yo’qoladi.
Sug’orish manbalaridan olingan sug’oruv suvi o’z xususiyatiga egadir. Bu suv
belgilangan muddatda va kerakli miqdorda muayyan uchastkaga yuborilishi kerak. Bu
shartlarni bajarmaslik qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Sug’oruv suvidan foydalanish samaradorligini oshirish davlat ahamiyatiga molik vazifa
hisoblanadi. Suv resurslaridan samarali foydalanishning mohiyati kam xarajatlar bilan sug’oruv
suvi burligiga eng ko’p mahsulot olishdadir. Bunga turli xil texnologik, tashkiliy va iqtisodiy
tadbirlarni amalga oshirish yo’li bilan erishiladi.
Sug’orma dehqonchilikda suvdan foydalanish samaradorligini quyidagi ko’rsatkichlar
xarakterlab beradi.
- sug’orish tizimining foydali ishlashi koeffitsiyenti
- sug’orish tizimida suvdan
foydalanish koeffitsiyenti
- sug’oruv suvining unumdorligi
Qishloq xo’jaligida suvning ko’pgina qismi qaytmas tarzda sarflanishi qayd qilib o’tildi.
Suvning qaytmas tarzda iste’mol qilinishi sabablaridan biri uning irrigatsiya tizimlarida
shimilishi va bug’lanishi natijasida yo’qotilishidir. Bu yo’qotilishlar iste’mol
qilinadigan
hamma suvning 20-25%ni, goho esa 40% ni tashkil etadi.
Suvning yo’qotilishi sug’orish tizimi foydali ishlashi koeffitsiyenti (KPD)da aks etadiki,
bu maydonga oqib boradigan suvning (Wn-t) muayyan davr (dekada, oy, o’sish davri) ichida
sug’orish manbalaridan (Wbr) olingan suv miqdoriga nisbatidir.
KPDs Wnt
/
Wbr
Suv olish hajmi bilanberilgan suv o’rtasidagi farq shimilishi va bug’lanishga ketgan
yo’qotishlarni tashkil etadi. [(1-KPD)*100] ifodasi bo’yicha tizimdagi suv yo’qotishlar
foizi
aniqlanadi.
Sug’orish tizimi foydali ishlashi koeffitsiyentiga xo’jaliklararo shaxobcha (KPD m.x.)
va xo’jalik ichidagi shaxobcha (KPDvx) kiradi va bu ifoda quyidagicha aniqlanadi.
КPDvх
КPDmх
КPD
*
Foydali ishlash koeffitsiyenti sug’orish tizimining texnika darajasi,
tuproq xarakteri,
relef va hokazolarga bog’liq bo’ladi. U har bir tizim uchun yil davomida o’zagarib turadi.
48
Bunda u yerli o’zanlarda kanallari bo’lgan va gidrotexnik ishnootlar bilan kam
jihozlangan sug’orish tizimlarida ancha ko’p tebranib turadi.
Respublika viloyatlari bo’yicha sug’orish tizimlari xo’jaliklararo
shaxobchasining
haqiqatdagi k.p.d. si ko’rsatkichlari 2.3-jadvalda keltirilgan.
2.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: