15-mavzu. Moddiy resurslar bilan ta,minlanish va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili
Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, xo’jalikning moddiy resurslar bilan ta,minlanish va ulardan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlarini hisoblash hamda tahlil etish usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar.. Moddiy resurslar. Moddiy resurslar bilan ta’minlanish. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi. Moddiy resurslar qaytimi. Moddiy resurslar sig’imi. Moddiy resurslar rentabelligi.
Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi
Asosiy savollar:
1 Moddiy resurslar bilan ta,minlanish daralasini hisobi va tahlili
2. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlari va ularni hisoblash usullari
3.Moddiy resurslardan foydalanish samaradorliginining tahlili
15.1 Moddiy resurslar bilan ta,minlanish daralasini hisobi va tahlili
Moddiy resurslar deganda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan turli hil xom ashe va materiallar qiymatlarining yig’indisi tushuniladi..
Moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasi qanday aniqlanadi? Mavjud bo’lgan moddiy resurslarning haqiqiy miqdorini (hajmin)me’yor bo’yicha talab qilinadigan miqdoriga (hajmiga) bo’lish orqali aniqlanadi. Ushbu ko’rsatkich xo’jalik bo’yicha ham, ularning har bir turi bo’yicha ham aniqlanadi.
Hisobot yilidagi ta’minlanish darajasini me’yordagi darajasiga yoki bazis yilidagi darajasiga solishtirib, o’zgarish aniqlanadi. So’ngra ushbu o’zgarishga omillar tasiri hisoblanib, baho beriladi.
15.2. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlari va ularni hisoblash usullari
Moddiy resurslardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
1.moddiy resurslar qaytimi koeffisiyenti;
2.moddiy resurslar sig’imi koeffisiyenti;
3.moddiy resurslar rentabelligi koeffisiyenti;
4.moddiy resurslar xarajati koeffisiyenti;
5.sarflangan moddiy resurslarning tannarxdagi hissasi.
Moddiy resurslar qaytimi koeffisiyenti(MRQ). Bu ko’rsatkich yalpi mahsulot hajmini (Yam) sarf bo’lgan moddiy xarajatlar hajmiga(Mx)bo’lish orqali aniqlanadi:
Moddiy resurslar sig’imi koeffisiyenti qanday aniqlanadi? Moddiy harajatlar hajmini ishlab chiqilgan yalpi mahsulot hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi:
Moddiy resurslar rentabelligi. Buni hisoblash uchun sof foyda summasini moddiy xarajatlarga bo’lish kerak.
Moddiy resurslar xarajati koeffisiyenti qanday aniqlanadi?
Hisobot davridagi sarf bo’lgan moddiy xarajatlar summasini shartli moddiy xarajatlar summasiga bo’lish orqali aniqlanadi:
Shartli moddiy harajatlar summasini aniqlash uchun hisobot yilida yetishtirilgan mahsulot miqdorini bir birlik mahsulot uchun belgilangan xarajat ma’yori darajasiga ko’paytirish kerak.
Sarflangan moddiy resurslarning tannarxdagi hissasi qanday aniqlanadi?. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun moddiy xarajatlar summasini tannarx hajmiga bo’lish kerak:
15.3.Moddiy resurslardan foydalanish samaradorliginining tahlili
Hisobot yilidagi resurslar qaytimi ko’rsatkichini bazis yilidagi (yoki rejadagi) ko’rsatkichiga solishtirib, o’zgarish aniqlanadi:
Ushbu o’zgarishga omillar tsirini Zanjirli bog’lanish usuli orqali aniqladik
1moddiy xarajatlar hajmi o’zgarishini tasiri
2.Yalpi mahsulot hajmi o’zgarishini tasiri
Nazorat savol va topshiriqlar
1.Moddiy resurslar bilan ta’minlanish deganda nima tushuniladi?
2.Moddiy resurslardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash tartibini tushuntiring
3. Moddiy resurslar qaytimi dinamikasining o’zgarishini Zanjirli bog’lanish usuli orqali tahlil qiling
Mustaqil ish topshiriqlari
1.Moddiy resurslar qaytimini aniqlang:
a) Yalpi mahsulot hajmini sarf bo’lgan moddiy xarajatlar hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi:
b) Yalpi mahsulot hajmini sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi
v) Yalpi mahsulot hajmini mehnat sarfi xarajatlari hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi
g) ) Yalpi mahsulot hajmini moliyaviy faoliyatxarajatlari hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Qudratov T.K., Qudratova O., Fayziyeva N. Qudratova I. «Qishloq xo’jalik korxonilari faoliyatining taxlili» O’quv qo’llanma. Samarqand 2008 yil.
2..Qudratov T.,Fayziyeva N. Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik. Samarkand-2010yil.
3 Korxonalari faoliyatining tahlili va nazorati.. Darslik. T.:”Voris” nashriyoti,2012 yil
16-mavzu. Qishloq xo’jalik korxonalarida asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalaishni tahlili
Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, xo’jalikning vositalar bilan ta,minlanish va ulardan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlarini hisoblash hamda tahlil etish usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar. Asosiy fondlar, fond kaytimi, fond sigimi, fond rentabelligi, shartli fond kaytimi, shartli fond sigimi, rentabellik, fondlar bilan ta’minlanish, fond bilan kurollanish koeffisiyenti
Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi
Asosiy savollar:
1. Asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalaishni tahlilining ahamiyati va vazifalari
2.Asosiy ishlab chiqarish vositalari bilan ta,minlanish va qurollanich ko,satkichlarining tahlili
3.Asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalaish ko,satkichlarining tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |