Brutsellyoz:
28
brutsellyozning klinik yoki patologoanatomik belgilari aniqlangan barcha turdagi hayvonlarni so‘yishdan olingan go‘sht qaynatilgandan so‘ng chiqariladi. Brutsellyozga reaksiya beruvchi, biroq ularda brutsellyozning klinik belgilari yoki go‘shti va organlarida patologoanatomik o‘zgarishlar topilmaganda, yirik shoxli mollar va cho‘chqalardan olingan go‘sht cheklovlarsiz chiqariladi.
Brutsellyozga reaksiya beruvchi va brutsellyozning qo‘y-echkilarga xos turi (melitenzis) bo‘yicha nosog‘lom xo‘jalikdan (fermadan) keltirilgan yirik shoxli mollar va cho‘chqalarning go‘shti, qaynatilgan kolbasa yoki konserva uchun qayta ishlatiladi;
brutsellyozning klinik yoki patologoanatomik belgilari bo‘lgan barcha turdagi hayvonlarning, shuningdek brutsellyozga reaksiya beruvchi qo‘y va echkilarning tana go‘shtlaridan olingan suyaklar yog‘ini eritib olishga yoki hayvonlarga quruq ozuqa ishlab chiqarishga ishlatiladi;
brutsellyozga reaksiya beruvchi yoki brutsellyozning klinik belgilari bo‘lgan barcha turdagi hayvonlarni so‘yishdan olingan kalla, jigar, yurak, o‘pka, buyraklar, oshqozon va boshqa ichki organlarni xom holicha sotishga ruxsat etilmaydi, ular qaynatilgandan so‘ng ishlatiladi yoki kolbasa va boshqa qaynatib pishirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi;
qoramol va cho‘chqalarning quloq va oyoqlari, qoramollarning lablari va cho‘chqalarning dumlari dastavval sanoatda qayta ishlanishidan yoki qaynatib pishirishdan oldin part qilinishi yoki kuydirilishi, qo‘y va cho‘chqa kallalari-kuydirilishi, oshqozonlari part qilinishi shart;
brutsellyozga reaksiya beruvchi, biroq brutsellyozning klinik belgilari va tana go‘shti hamda organlarida patologoanatomik o‘zgarishlari bo‘lmagan sigir, qo‘y va echkilarning elinlari qaynatilgandan so‘ng chiqariladi, brutsellyozning klinik belgilari yoki patologoanatomik o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda esa utilizatsiya qilinadi;
brutsellyozga reaksiya bergan hayvonlardan olingan ichak, qizilo‘ngach va siydik pufaklari 0,5 foizli xlorid kislotasini saqlovchi 1 foizli tuz eritmasida 15 - 20°S haroratda 48 soat davomida va suyuqlik koeffitsienti 1:2 nisbatda saqlanadi.
29
Klinik kasal hayvonlardan olingan ichak, qizilo‘ngach va siydik pufaklari utilizatsiya qilinadi;
klinik kasal va tekshirganda reaksiya beruvchi hayvonlardan olingan qon quruq hayvon ozuqasi yoki texnik mahsulotlar tayyorlash uchun ishlatiladi;
klinik kasal va qo‘y-echki brutsellyoziga (melitenzis) reaksiya beruvchi barcha turdagi hayvonlarni so‘yishdan olingan teri, shox, tuyoqlar dezinfeksiya qilingandan so‘ng chiqariladi.
Leptospiroz, Ku-isitmasi, hayvonlarning xlamidiozli (enzootik) aborti,
Leptospiroz kasalligi aniqlanib muskulaturada degenerativ o‘zgarishlar yoki ikki sutkada ham yo‘qolmaydigan sariq rangga bo‘yalish mavjud bo‘lganda tana go‘shti va ichki organlari utilizatsiyaga jo‘natiladi. Muskulaturada degenerativ o‘zgarishlar bo‘lmay, ikki sutka davomida yo‘qoladigan sariq rangga bo‘yalish mavjud bo‘lganda tana go‘shti, shuningdek patologoanatomik o‘zgarishlar mavjud bo‘lmagan ichki organlar qaynatilgandan so‘ng ishlatiladi. Ichak va patologoanatomik o‘zgarishlar mavjud bo‘lgan organlar utilizatsiya qilinadi.
Hayvonlarda Ku-isitmasi, xlamidiyali (enzootik) abort aniqlanganda tana go‘shti va o‘zgarishga uchramagan organlar qaynatilgandan so‘ng chiqariladi, o‘zgarishga uchragan organlar va qon utilizatsiya qilinadi.
Hayvonlar xlamidiozida ichak, qizilo‘ngach, siydik pufagi, ularda patologoanatomik o‘zgarishlar mavjud bo‘lmaganda, 0,5 foizli formaldegid eritmasi bilan 30 daqiqa davomida ishlov berilgandan keyin ishlatiladi. Suyaklar 2,5 soat davomida qaynatiladi.
Leptospiroz, xlamidiozli (enzootik) abort, Ku-isitmasiga ijobiy reaksiya bergan, klinik belgilar yoki mushak to‘qimasi va organlarda patologoanatomik o‘zgarishlar mavjud bo‘lmagan hayvonlarni so‘yishdan olingan tana go‘shtlari va boshqa mahsulotlari cheklovlarsiz chiqariladi.
Leptospiroz, xlamidiozli (enzootik) abort, Ku-isitmasi bilan klinik kasal hayvonlarni so‘yishdan olingan teri, jun, shox va tuyoqlar dezinfeksiyadan so‘ng chiqariladi.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |