O’zaro munosabatlarning yaqinligi va chuqurligiga qarab
kichik
katta
shartli
real
norasmiy
rasmiy
Guruhning azolarga tasiri Konformizm - moslashish
Negativizm guruh fikriga qarshi turish
Asosida birikadi va uyushadi.
Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar tasirida amalga oshiriladi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo`shilmaydigan individning ozi yoq, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, ozaro tasirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida roy beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni organish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik manoda guruh - bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, olimlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar kop (o`quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (ospirin yoshlar), malum o`quv yurtida talim olish istagi va hokazo. Kochada biror tasodif roy berganligi uchun toplangan kishilar uchun ham umumiy bo`lgan narsa bor - bu qiziquvchanlik bo`lib otgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va oziga xos qonuniyatlarga boysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari kop, hozir biz katta guruhlar psixologiyasiga to`xtalib o`tamiz:
Katta guruhlar. Bu umumiy fazo va makonda mavjud bolgan kop sonli kishilar uyushmasidir. Bunday katta guruhlarga korxonaning mehnat jamoasini, maktab pedagogik jamoasini misol qilish mumkin. Biroq bu jamoadagi kishilar, masalan, kopchilik oqituvchilar bir-birlari bilan bevosita ozaro aloqalarda bolmasligi ham mumkin, lekin shu bilan bir vaqtda ularning azosi hisoblanadi hamda maktab ichki hayotining barcha qoidalariga amal qiladi.
K a t t a g u r u h l a r kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo kopchilikni tashkil etib, malum sinfiy, ilmiy, irqiy, profesional belgilar ularning shu guruhga mansubligini taminlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar kop sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning oziga xosligi tufayli bolsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar kopincha kichik guruhlarda ish olib borishini afzal koradilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatiga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib otilganidek, kopchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bolsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini organishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi organilishi kerak, deylik. Avvalo osha ishchilarning soni kop, qolaversa, ishchilarning ozi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni qoyadi. Shuning uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo`lgan asosiy yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini organish hozircha ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik yollanma bo`lib kelmoqda. Qolaversa katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo`lgani uchun ham har qanday guruhni organishdan oldin, hoh bu sinflar bolsin, hoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bolsin, uning hayot tarzi, unga xos bo`lgan odatlar, udumlar, ananalar o`rganiladi. Ijtimoiy psixologik manoda, hayot tarzini organish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo`lgan kishilar ortasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, ozaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, extiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, yani u yoki bu katta guruhga mansub bo`lgan shaxsda t i p i k xislatlar shakllanadi. Masalan, 90 yillarning yoshlariga xos bo`lgan tipik sifatlar ana shu yoshlar ortasida keng tarkalgan urf- odatlar, modda, so`zlashish xususiyatlari, qadriyatlar, qiziqishlar va xokazolar tufayli shakllanadi. Shuning uchun ham 20 yoshli kishining psixologiyasini tulik ravishda o`rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o`ziga xosligi, shaxsi, xarakteri va individual psixologik xususi yatlaridan tashqari, yana unga oxshash yoshlarda ustun bo`lgan psixologik xislatlarining qanchalik namoyon bo`lishini, u mansub bo`lgan va asosan vaqtini o`tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni o`rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi millat, elat sinfiga mansubligi singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir va uni ilmiy tadqiqotchi inkor etmasligi kerak.
Etnik guruhlar
Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, yani etnopsixologiya bo`yicha ko`proq tadqiqotlar o`tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir jumhuriyatlar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin boshqa tomondan qaraganda, hamdustlik mamlakatlari ittifoqi sharoitida millatlar o`rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida qo`yilmoqda. Katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko`proq etibor berishni lozim, bunday etiborning yana bir boisi - O`zbekistonda bu sohada ayrim tadqiqotlarning o`tkazilganligi, lekin ular ko`p hollarda milliy psixologiya darajasiga olib chiqilmaganligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |