Disbalans- nomutanosiblik
Oila, ishlab chiqarish brigadasi, samolyot yoki kosmik kema ekipaji, oquvchilar sinfi kichik guruh sifatida qarashi mumkin. Bazi kichik guruh ichida birlamchi guruhlar mavjud bolishi mumkin. Bunday guruh unchalik katta bolmay, uning azolari 2-7 kishini tashkil etadi. Uning azolari kichik guruhning azolari bolish bilan birga, mustaqil uyushma bolishi mumkin.
Shartli guruh - faqatgina nom jihatdan mavjud bolgan kishilarning uyushmasidir. Shartli guruhga kiruvchi kishilar bir-birlari bilan hech vaqt uchrashmasliklari ham mumkin, lekin shu bilan birga guruhga ajratish boyicha umumiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlarga ega boladi. Masalan, osmirlar mamlakatimizning qaysi shahar va qishlogida yashashidan, hech qachon bir yerga toplanmasliklaridan qatiy nazar shartli guruhga birlashtirilishi mumkin.
Real guruh - haqiqatdan mavjud bolgan kishilarning uyushmasidir. Bu guruhdagi kishilar real aloqa va munosabatlar maqsad va vazifalar bilan ozaro boglangan boladilar. Real guruh qisqa vaqt davomida yoki uzoq muddat davomida mavjud bolishi, son jihatdan kop yoki kam bolishi ham mumkin.
Rasmiy guruh - rasmiy hujjatlar asosida toplangan guruh (ustav, shtat), ishlab chikarishdagi taminot bolimi, oliy oquv yurtidagi talabalar ish yuzasidan rasmiy guruhlardir. Bunday guruh azolari ortasida ish yuzasidan boladigan aloqalar ornatiladi. bu aloqalar ham hujjatda kozda tutilgan boladi. Ular boysunish yoki teng huquqlikni, topshiriq bajarishdagi javobgarlikning kop yoki kam bolishini kozda tutadi.
Norasmiy guruh - psixologik motivatsiyaning yagona yonalishi asosida simpatiya, qarashlarning yaqinligi, etiqod asosida vujudga keladi. Bunda rasmiy hujjatlar hech qanday kuchga ega emas. Agar simpatiya va ozaro bogliqlik yoqolsa, guruh ham tarqab ketadi.
Referent guruh (etalon guruh) bu real yoki xayolan mavjud bolgan guruh bolib, uning qarashlari, qonun-qoidalari namuna bolib hisoblanadi. Guruh normalarini tan oluvchi ularni eng yaxshi deb hisoblovchi va ularga qoshiluvchi shaxs shu guruhga kirishi mumkin. .Bunda shaxs bu normalarga qoshilibgina qolmay, ularni himoya qiladi va zarur bolsa, tashviqot qilishi mumkin.
Odamlar ijtimoiy birlashmasi rivojlanishining yuqori shakli jamoadir.
Boshqa jamoalar tizimida tutgan orni va alokalariga qarab; birlamchi va asosiy jamoalar ajratiladi.
Guruhlar va jamoa. Shaxs ikki xil munosabatda - xizmat yuzasidan boladigan va shaxsiy munosabatlarda boladi.
Xizmat yuzasidan boladigan munosabatlar guruh tarkibi bilam birga hujjatlarda qayd etiladi. Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bogliqlik, dostlik, ortoqlik, antipatiya asosida vujudga keladi.
Xizmat yuzasidan boladigan va shaxsiy munosabatlar shaxslararo tizimini tashkil etadi.
Guruh azolari bir-birlariga nisbatan bir xil holatda bola oladilar. Guruhning har bir azosi ozining shaxsiy va ishga taaluqli bolgan sifatlariga, ozining mavqeiga kora guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida muayyan holatni egallaydi. otkazilgan tadqiqotlarning korsatishicha, ayrim kishilar boshqalariga nisbatan koproq obroga ega boladilar.
Eksperiment malumotlariga kora, sinf jamoasida, yani 30-40 oquvchi ichida eng mashhur, obro`lisi 3-4 oquvchi bolishi mumkin. Ularning mashhurligi quyidagi omillarga bog`liq bo`ladi:
Birinchidan, buning sababi bu oquvchilarning guruhning boshqa azolari bilan aloqa ornata olish malakalaridir.
Ikkinchidan, shaxs ozining bilim va malakalari tufayli, bu bilimlar bilan ortoqlashish, boshqa kishilarga begaraz yordam korsatishga intilishi sababli mashhur bolishi mumkin.
Uchinchidan, tashqi korinishi omili tufayli ham shaxs guruhda avtoritet qozonishi mumkin. Bu omilga jismoniy kuch korsatkichini ham kiritish mumkin.
Guruh yoki jamoadagi bazi azolar shaxsiy o`zaro munosabatlardan chetda qoladilar. Ular bunday aloqalar ornatish uchun ozlariga sherik tanlaydilar. Biroq bu ushbu shaxs jamoa tomonidan xohlanmaydi, degan soz emas. Bu shaxs ish yuzasidan boladigan munosabatlarga kirishadilar, unga berilgan rolni yaxshi bajaradilar. Jamoa bu azosining shaxsiy ozaro munosabatlarini jamoadan tashqarida yaxshi ornatiladi.
Guruhda shaxs yana shunday holatda ham bolishi mumkin, bunda uni guruhdoshlari dostlikda, shaxsiy munosabatlarda rad etadilar. Guruhdagi yakkalab qoyish (izolyatsiya) va rad etish sabablari ham turlicha bolishi mumkin.
Birinchidan, rad etiluvchi oquvchilarning oqishga befarq munosabatda bolishi.
Ikkinchidan, bazi oquvchilarning sinfdoshlarn tomonidan rad ztilishi ular bilan boladigan muloqotning qiziqarli emasligi bilan ham tushuntiriladi.
Guruhlar yoki jamoalarda o`ziga boshchilik rolini oluvchi shaxs farqlanadi. Psixologiyada bunday shaxs lider deyiladi.
Lider guruhni tashkil etish va boshqarish uchun tayinlanishi yoki belgilanishi mumkin.
Uchinchidan ajralib qolganlik guruhdoshlari bilan aloqa o`rnata olmaslikka ham bogliq bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |