Guruhlar va ularning shaxs rivojlanishiga tasiri.
Har-bir bola yashaydigan ijtimoiy muhit bir emas , balki bir necha qavatdan (zonadan) iborat. Eng yaqin va birinchi qavat oilaviy muhitdir.Oilaga qaraganda kengroq qavatni bolaning tashqari, yani bir qavatni bolanig qarindoshlari tashkil etadi. Va nihoyat, eng keng qavat- ijtimoiy muhit hisoblanadi. Undan tashqari bevosita xatti-harakat namunalari, alohida kishilarning mulohazalari orqali emas, balki kitob va gazeta, radio, kino, televideniye, jamiyatda ornatilgan qonun-qoidalar, odamlar, axloq talablar, manaviyat, milliy qadriyatlar orqali amalga oshiriladi.
Biroq, agar bolaning shaxsiy faolligi mavjud bolsa, muhit uning taraqqiyotiga tasir korsata olmaydi. Faqat ozining shaxsiy faolligini korsatgandagina bola atrof-muhitning tasirini his qilishi, shundagina uning rasmiy xususiyatlari namoyon bolishi mumkin.
Demak, inson - faol mavjudod. U tarbiyaviy tasirlar, muhit tasirining passiv obekti emas. Shuning uchun hayotning tashqi sharoitlari, tashqi tasirlar inson shaxsini bevosita emas, balki uning muhit bilan ozoro tasiri jarayoni orqali, uning shu muhitdagi faoliyati yordamida belgilaydilar. Shu tuufayli muhit, tarbiyaviy tasir haqida gapirganda uni ya`ni insoning tashqi muhit bilan faol ta`sir jarayoni, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchining faol ozaro aloqasi sifatida tushunish zarur.
Inson faol mavjudod sifatida oz shaxsini ongli ravishda ozgartirishi mumkin. Shaxsning shakllanishida oz-ozini tarbiyalash, yani kishining shaxsiy sifatlarini takomillashtirishga qaratilgan ongli ishi katta ahamiyatga ega bola boradi.
Shaxs guruhda, yani mana shu guruhda ornatilmagan ozaro munosabatlar va muloqat tasirida rivojlanadi. Demak, guruhning taraqqiyoti shaxsning guruhda rivojlanishi omili sifatida namoyon boladi.
Individ oziga xos ehtiyoj, yani shaxs bolishi ehtiyoji hamda shaxs bolish qobiliyatiga ega. Bu qobiliyat, yani individual xususiyatlar.
Shaxs bo`lish ehtiyoji qondirilishini taminladi va turli ishlarni amalga oshirishga imkon yaratadi.
Ushbu ehtiyojning amalga oshirishda yuqori rivojlanish darajasiga ega bo`lgan guruh jamoalar katta ahamiyatga ega.
Shaxs rivojlanishi yangi ijtimoiy muhitga kushilish va u bilan birlashish sifatida tasavvur qilish mumkin. Shartli ravishda bu muhitni doimiy, o`zgarmas deb qaraladi. (masalan, maktabning birinchi sinfi, ishlab chiqarish brigadasi, harbiy qism va hokozo). Nisbatan barqaror bo`lgan muhitda shaxsning rivojlanishi 3 ta bosqichni bosib o`tadi. Bular adaptatsiya, individualizatsiya va integratsiya bosqichlaridir.
Demak, inson shaxs sifatida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi tasiri ostida shakllanadi. Tajribalarda korsatishicha, insoniyat jamiyatdan tashqarida haqiqiy taraqqiy etgan inson, shaxs bola olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |