Tripitaka uch qismga (pitaka) bo’linadi va quyidagilardan iborat:
“Vinaya pitaka” beshta kitobdan tuzilgan bo’lib, unda sangalarni tashkil etish prinsiplari, jamoaga Yangi a’zolarni qabul qilish tartibi, rohiblarning turmushi va dindorlar bilan munosabatlari tartibga solingan;
“Sutta pitaka” (sutralar savati) hajmi bo’yicha eng katta qism bo’lib, diniy ta’limot masalalariga bag’ishlangan. Budda va uning shogirtlariga tegishli hikoyalar, pamd-nasihatlar, afsonalar to’plamidan iborat poemalar va ularga berilgan sharhlardan tuzilgan;
“Abxidxamma pitaka” (dxarma savati) ettita kitobdan iborat bo’lib, unda diniy- falsafiy va axloqiy muammolar bayon qilingan. U Budda vahiylari sifatida
9 Низомиддинов Н.Ғ. Жанубий Шарқий Осиё диний-фалсафий таълимотлари ва Ислом. Т., 2006, 66-бет
10 Кочетков А.Н. Буддизм. М., 1976 - С. 93.
11 Қуръони карим. Т., 1992, 198-бет.
talqin qilingan. Lekin u dastlabki ikki qismga nisbatan ancha keyin yaratilgan va ayrim buddaviylik mazhzblarida muqaddas bitik sifatida tan olinmagan.
Buddaviylik Hindistonda vujudga kelgan va u erda zafarli yurish davridan o’tib, butun Hindistonga yoyilgan. Lekin u diniy ta’limotlar o’rtasilagi kurashda hinduizm bilan raqobat qila olmagan. Natijada buddaviylik Hindistondan siqib chiqarilgan. Buning sababi quyidagilardan iborat:
Buddaviylik jamiyatning kastalarga bo’linishini inkor etadi. Hindistonda odamlar qadimdan tabaqalarga bo’linib yashagan. Har bir kasta o’zining an’analari va tasavvurlariga ega ijtimoiy guruh bo’lishi bilan birga, o’zining betakror madaniy qadriyatlarini yaratgan. Shuning uchun kastalarga bo’linish buddaviylik davrida ham saqlanib qolgan. Kasta tuzumiga asoslangan hind jamiyati buddaviylik yoki hinduiylikni tanlashga to’g’ri kelganda aholi jamiyatning kastalarga bo’linishini ilohiylashtiradigan hinduiylikni afzal ko’rgan;
Buddaviylik ta’limoti hind xalqi mentalitetiga ham mos kelmagan. Tabiatiga ko’ra, doimo umid va ishonch bilan yashaydigan, ehtirosli, quvnoq xalq tushkun g’oyalar ustuvorlik qiluvchi buddaviylikdan asta-sekinlik bilan voz kechgan;
Ma’lumki, buddaviylikda kuch ishlatmaslik g’oyasi tirik jonzodlarga zulm qilish va ularni o’ldirishni taqiqlaydi. Bu esa asosiy ishlab chiqaruvchi kuch bo’lgan dehqonlarning jamiyatdagi mavqei pasayishiga olib kelgan. Chunki dexqonchilikda chorva mollarining kuchidan keng foydalanilishi sababli, ular odatda og’ir mehnatdan nobud bo’lavergan.
Yuqorida qayd etilgan va boshqa sabablar ta’sirida buddaviylik uzoq davom etadigan siyosiy kurash va xarbiy to’qnashuvlarsiz, tinch yul bilan o’z o’rnini hinduiylikka bo’shatib bergan. Hinduiylikning siquvi natijasida miloddan avvalgi IV—P1 asrlarda dastlab u Osiyo qitasining janubi va janubi-sharqiga, milodiy I asrdan boshlab shimoli, shimoli-g’arbi va shimoli-sharqiga yoyilgan.
Talabalarga buddaviylik dinining oqimlari haqida ma’lumot berar ekanmiz, avvalo buddaviylikdagi bo’linishning ob’ektiv sabablarini ko’rsatib o’tmog’imiz darkor.
Buddaviylikdagi ilk vujudga kelgan oqimlar – hinayana va mahayana. Dastlab, Budda diniy e’tiqodida farz qilingan amallar individual ravishda bajarilgan. Keyinchalik, dunyo iztiroblaridan qutulish amallari faqat individual tarzda emas, sangh – jamoa shaklida ham ado etilgan. Avomni dinga jalb etish masalasida butparastlar ikki toifaga bo’linganlar: o’z nafsi ehtiyojlari – dushmanlari ustidan g’olib chiqqan sthaviravadalar ( keksalar ta’limoti) va mukammal diniy mushohada yuritish iqtidoriga ega bo’lgan rohiblar ortidan ergashgan mahasatlar (sanskrit tilida “ulug’ haqiqat” ma’nosida ishlatiladi). Ma’lum muddat o’tgach, bu bo’linish, rohiblar uchun nirvanaga erishishning maxsus tor yo’li “hinoyana” va rohiblikdan ozod holda barchani barobar dinga jalb etishga mo’ljallangan keng yo’l “mahayana” kabi ikki mustaqil firqaga ajralish bilan tugallangan. Demak, dindagi ilk parchalanishning sababi, dinning keng omma ichiga olib kirish va oddiy odamlar ham nirvanaga erishib, sansaradan qutilishi mumkinligi haqidagi ta’limot. II-asrning boshlarida Kashmirda bo’lib
o’tgan budparastlarning IV- anjumanida buddizmning parchalanganligi tan olingan. Asl e’tiqod tarafdorlari “hinayana”da birlashganlar, qolgan Yangi g’oya tarafdorlari “mahayana”da birlashgan.12
O’rta asrlarda buddaviylikni Xitoy va boshqa janubi-sharqiy mamlakatlarga tarqalishi natijasida chan-buddizm, lamaizm kabi Yangi oqimlar vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |