АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
-
mustaqil yechishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi;
-
ilgarilab ketib yechish imkonining mavjudligi va «aytib berish», luqma
tashlash jarayonida erkinlik, qo’rqinch hissining yo’qligi;
-
yuksak nafosat va ma’naviy did timsoli hamda namunasini yaratishga
nisbatan qobiliyatlilik, ularni baholash va o’lchash funktsiyasining tug’ilishi, uning
boshqaruvchanligi.
Insonniyatning tarxiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish fenomenni
o’rganish borasida ko’pgina ishlar qilingan. SHulardan biri intellektni o’rganish
testlaridir. Ko’pgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim
rol o’ynab kelmoqda. Bular qatoriga Stenford-Bine shkalasini keltirib o’tish mumkin.
Stenford-Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan bo’lib, ular
tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana shu intellekt test
so’rovnomalaridan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab berishga harakat qilamiz.
I.
4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy):
-
har xil uzunlikda kesilgan shakllar va narsalarni taqqoslash;
-
turli turdagi shakllar o’rtasidagi farqlarni aniqlash;
-
4ta tanga pulni sanab chiqish;
-
kvadrat chiz va uni izohlab, tushuntir;
-
berilgan savollarga to’g’ri, aniq va tushunarli qilib javob qaytarish talab
etiladi, tashqaridan yordam berish man qilinadi;
-
to’rtta raqamni to’g’ri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi.
II.
9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida):
-
bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish;
-
5ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga qarab);
-
xariddan keyin qaytim berilishini izohlash;
-
4ta raqamni teskarisiga takrorlash;
-
berilgan 3 ta so’zdan gap tuzish (bola, daryo, koptok);
-
uchta har xil so’zga qofiya tanlash;
-
ma’lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning bir
qancha umumiy talablarni qoniqtirishga bog’liqdir, jumladan, standartlashtirish,
ishonchlilik, validlik. Ana shu talablarga suyangan holda Stenford-Bine shkalasini ham
tahlil qilib chiqamiz.
Ushbu shkala tadqiqotchilar uchun har tomonlama yaxshi, qulay va ixcham qilib
tayyorlangan. U barcha uchun tushunarli bo’lgan ko’rsatmaga va miqdoriy jihatdan
natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlanmasiga ega. Stenford-Bine testi kattalar
hamda uncha yoshi yuqori bo’lmagan sinaluvchilar uchun ishonchilidir. Lekin bolalik
davridan tortib to o’spirinlik yoshigacha o’zgarib boradi. Masalan, ikki yarim yoshdan
besh yoshgacha ishonchlilik koffitsiyentlari 0,33 (140-149 ball bo’lganligi uchun)dan
0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun)gacha; 6 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar va
o’quvchilarda ishonchlilik koefitsentlari 0,91 (140-149 gacha ball to’plaganligi
uchun)dan 0,98 (60-69 ball olganligi uchun)gacha o’zgarib turadi. SHuni alohida
ta’kidlab o’tish joizki, Stenford-Bine testiga kiritilgan har bir savol, topshiriq testning
oldindan belgilangan maqsadni ochishga yo’naltirilgan bo’lib, pirovard natijada
mazkur savollar oldindan ko’zlangan maqsadni darhol aniqlab bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |