T. Officinale - Dorivor qoqio’t (momoqaymoq). Ko’p yillik o’simlik.O’q ildiz tizimli, shoxlangan, kalta. 10-15sm, qalinligi 0.3-1.5sm, ildizi hidsiz,achchiq tamli.Poyasi tik o’suvchi, yumaloq ko’ndalang kesimli, bo’yi 10-40sm o’t poya.Barglari ildiz boʻgʻzidan chiqqan, lansetsimon, koʻpincha toʻpbarg hosil qiladiÍda joylashgan .Tilsimon gullardan tashkil topgan.Gullari sariq rangli, savatchada yig’ilgan.Uchma popukchali mevasi pistacha. Apreldan iyulgacha gullab, meva tugadi. Anemaxoriya. Zooxoriya. Gemikriptofit.Ildizida inulin toʻplanadi. Barglari sabzavot sifatida ishlatiladi. Qoqio’tning ildizidan tayyorlangan ekstrakt yoki poroshok ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilishni yaxshilovchi hamda oʻt haydovchi dori sifatida ishlatiladi.
Alhagi pseudalhagi; Fabaceae; Alhagi- Yantoq; Hayotiy shakli yarim buta. Ildizi o’q ildiz tizimli.Poyasi yashil rangda uzunligi 40—110 sm bo’lgan ingichka tikanli o’simlik. Barglari oddiy, navbatma-navbat, ellipssimon, uzunligi 0,5 dan 1,0 sm gacha va eni 0,2 dan 0,5 sm gacha, cho’zinchoq, pastki qismi o’simtasimon, tukli. Gullari 1-8 dona, qizil, uzunligi taxminan 7-9 mm, gulbandi kalta.Urug’i yordamida tarqaladi.Kserofit, Mezofit.Gimekroptafit .Uning diaforetik, siydik haydovchi, ekspektoran sifatida va oshqozon yarasini davolashda qo’llaniladi. O’simlik odatda xalq tabobatida revmatik og’riqlar, oshqozon-ichak kasaliklari siydik yo’llari va jigar kasalliklarida davolashda ishlatiladi. O’simlikning barglaridan olingan moy revmatizmni davolashda, o’simlik gullari esa qoziqlarni davolash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, laksatif sifatida ishlatiladi. An’anaviy yo’tal siroplarida uyquchanlikka olib keladigan sedativlar, antiallergik nervlarni tinchlantiruvchi dorilar mavjud. Ular yurak muammolari bo’lgan odamlarga tavsiya etilmaydi.
.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,O`zbekiston hududida uchraydigan ushbu o`simliklar asosan begona o`tlar sifatida uchrab,ekinzorlardan tozalab tashlanadi.Dorivorlik xususiyatlarini to`liq anglab,oqilona foydalanishimiz zarurdur.Buning uchun esa avvalo ekologik madaniyatni shakllantirishimiz zarur.
Adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.05.2022 yildagi PF-139-son https://lex.uz/uz/docs/-6027102
To’xtayev B., E. Axmedov B., Yodgorov Z. ―Dorivor o’simliklar: introduksiya va plantatsiyalar tashkil etish
Belolipov I.V., To’xtayev B.Y., Qarshibyoev H.Q. O’simliklar introduksiyasi fanidan ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazishga oid metodik ko’rsatmalar.- Guliston, 2015. - 32 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |