bir oy muddatda Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritsin;
ikki oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonov belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.SH. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021 yil 1 iyul va 2022 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti SH.M.Mirziyoev
Toshkent shahri
|